O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Mirsaidov, T. M. Sobirjonov nazariy mexanika



Yüklə 6,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/177
tarix14.12.2023
ölçüsü6,14 Mb.
#177756
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   177
Nazariy Mexanika darslik

4.1.1.
 
Moddiy nuqta harakatining differensial tenglamalari. 
A. DINAMIK KUCHLARNING TURLARI. 
Kinematika qismida moddiy 
nuqtaning harakatini yuzaki, ya’ni uning massasi va ta’sir etuvchi kuchlarini 
e’tiborga olmasdan oʻrganildi. Dinamika esa bu kattaliklarni asosiy-hal qiluvchi 
kattalik deb qaraydi. Ayniqsa kuch tushunchasi dinamikada asosiy kattalik boʻlib, 
uning qanday kattaliklarga bogʻliqligi juda muhim. Ogʻirlik kuchi, ishqalanish 
kuchi va jismlarning oʻzaro tortishish kuchlari haqida I va II-boblarda ma’lumot 
berilgan. Shuning uchun dinamikada uchraydigan oʻzgaruvchan kuchlar haqida 
ma’lumot beramiz: 
E l a s t i k l i k k u c h i .
Bu kuch masofaga bog‘liq holda o‘zgaradi. 
Uning miqdori Guk
16
qonuniga binoan aniqlanadi, y’ani kuchlanish (kuchning 
yuza birligiga nisbati) deformatsiyaga to‘g‘ri
proportsional bo‘ladi. Masalan, 
prujina elastiklik kuchining qiymati quyidagicha aniqlanadi:
 
F=c

x
(4.1) 
bu yerda x-prujinaning choʻzilishi (yoki siqilishi); c -prujinaning bikrligi (qattiqlik 
koeffitsienti, SI sistemasida N/m bilan o‘lchanadi). Aslida elastiklik kuchi juda 
murakkab boʻlib, choʻzilish (yoki siqilish) ning x
2
, x
3
va boshqa darajalariga 
bogʻliq. Nazariy mexanikada elastiklik kuchi faqat chiziqli funksiya koʻrinishida 
olinadi. Bunga sabab, mashina-mexanizmlarda foydalanilgan prujinalar chiziqlilik 
chegarasigacha ishlaydi. 
Y o p i s h q o q i s h q a l a n i s h k u c h i .
Bu kuch jismning 
tezligiga bog‘liq bo‘lib, yopishqoq suyuq (yoki gazsimon) muhitdagi harakatlarda
paydo bo‘ladi va quyidagicha ifodalanadi 
R=

V

(4.2) 


193 
bu yerda 
V-
jismning tezligi, 

- qarshilik koeffitsienti. Qarshilik koeffitsiyenti 
muhit yopishqoqligiga bogʻliq boʻlib, havo, suv va shunga oʻxshash yopishqoqligi 
kam muhitlar uchun (4.2) ifoda oʻrinli boʻladi. 

Yüklə 6,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin