4.1.1. Moddiy nuqta harakatining differensial tenglamalari. A. DINAMIK KUCHLARNING TURLARI. Kinematika qismida moddiy
nuqtaning harakatini yuzaki, ya’ni uning massasi va ta’sir etuvchi kuchlarini
e’tiborga olmasdan oʻrganildi. Dinamika esa bu kattaliklarni asosiy-hal qiluvchi
kattalik deb qaraydi. Ayniqsa kuch tushunchasi dinamikada asosiy kattalik boʻlib,
uning qanday kattaliklarga bogʻliqligi juda muhim. Ogʻirlik kuchi, ishqalanish
kuchi va jismlarning oʻzaro tortishish kuchlari haqida I va II-boblarda ma’lumot
berilgan. Shuning uchun dinamikada uchraydigan oʻzgaruvchan kuchlar haqida
ma’lumot beramiz:
E l a s t i k l i k k u c h i . Bu kuch masofaga bog‘liq holda o‘zgaradi.
Uning miqdori Guk
16
qonuniga binoan aniqlanadi, y’ani kuchlanish (kuchning
yuza birligiga nisbati) deformatsiyaga to‘g‘ri
proportsional bo‘ladi. Masalan,
prujina elastiklik kuchining qiymati quyidagicha aniqlanadi:
F=c
x
(4.1)
bu yerda x-prujinaning choʻzilishi (yoki siqilishi); c -prujinaning bikrligi (qattiqlik
koeffitsienti, SI sistemasida N/m bilan o‘lchanadi). Aslida elastiklik kuchi juda
murakkab boʻlib, choʻzilish (yoki siqilish) ning x
2
, x
3
va boshqa darajalariga
bogʻliq. Nazariy mexanikada elastiklik kuchi faqat chiziqli funksiya koʻrinishida
olinadi. Bunga sabab, mashina-mexanizmlarda foydalanilgan prujinalar chiziqlilik
chegarasigacha ishlaydi.
Y o p i s h q o q i s h q a l a n i s h k u c h i . Bu kuch jismning
tezligiga bog‘liq bo‘lib, yopishqoq suyuq (yoki gazsimon) muhitdagi harakatlarda
paydo bo‘ladi va quyidagicha ifodalanadi
R=
V ,
(4.2)
193
bu yerda
V- jismning tezligi,
- qarshilik koeffitsienti. Qarshilik koeffitsiyenti
muhit yopishqoqligiga bogʻliq boʻlib, havo, suv va shunga oʻxshash yopishqoqligi
kam muhitlar uchun (4.2) ifoda oʻrinli boʻladi.