229
tashuvchi (teplonositel‘) vazifasini koksni mayda zarrachalari bajaradi.
Reaktorda koksni mayda zarrachalarini sirtida xomashyo yupqa qatlam shaklida
yopishadi. Zarrachaning issiqligi tufayli xomashyo tarkibidagi yengil uchuvchi
moddalar bug‗lanib navbatdagi o‗zgarishlarga uchraydi. Zarrachani sirti koks
bilan qoplanadi. Bu jarayon bir necha marotaba qaytariladi. Zarrachaning hajmi
kattalashgach reaktordan chiqib ketadi.
Uzluksiz kokslanishni 3 ta bosqichga bo‗lish mumkin:
1) zarrachani sirti xomashyo bilan qoplanishi, yengil moddalarni hosil
bo‗lishi (koks hosil bo‗lishi);
2) koksni quritish va qizdirish natijasida yengil moddalar ajralib chiqadi;
3) ajralib chiqqach moddalarni parchalanish va zichlanish reaksiyalari.
Reaktordagi yuqori harorat (500
0
С) va reaktorga suv bug‗ini berilishi
natijasida yengil moddalar tez bug‗lanadi va reaktordan tez olib chiqib ketadi.
Natijada ikkilamchi zichlanish moddalari hosil bo‗lmaydi. Shu sababli koksni
hosil bo‗lish miqdori, yarim uzluksiz jarayonga nisbatan kamroqdir. Uzluksiz
jarayon 50-chi yillarning o‗rtasida sanoatda joriy qilindi.
Dostları ilə paylaş: