223
sovutish apparatlari (8) orqali o‗tadi, keyin esa suvli sovutgichga (16)
qo‗shimcha sovutish uchun va suv-gaz-ajratgichga (17) to‗planadi, bu yerda
suvli kondensatga, nobarqaror benzinga va yog‗li gazga ajratiladi. Nobarqaror
benzinning bir qismi nasos yordamida (15) sug‗oruvchi sifatida kolonnaning (9)
yuqoridagi
likopchaga
beriladi.
Benzinning
balans
miqdori
issiqlik
almashgichdan (18) o‗tadi, u yerda yengil gazoylning issiqligi hisobiga
qizdiriladi va barqarorlashtirish seksiyasiga uzatiladi. Suv-gaz ajratgichdan (17)
chiqarilgan suvli kondensat nasos (14) yordamida issiqlik almashtirgich (20)
orqali konveksiya seksiyasida joylashtirilgan pechlarga (2 va 3) bug‗li
qizdirgichlarga beriladi.
Bug‗lantirish kolonnasidan (10 va 11) olib chiqiladigan yengil va og‗ir
gazoyllar nasoslar (13 va 12) yordamida issiqlik almashtirgich orqali nobarqaror
benzinni (18), suvli kondensatni (20) va havoli sovutish apparatlari (19 va 21)
orqali rezervuarga beriladi.
Jarayon davomida paydo bo‗lgan koksning hisobiga kamera to‗lgandan
keyin, kamera ajratiladi va qoldiq suyuq mahsulotlarni va neft bug‗larini
chiqarib yuborish uchun suv bug‗lari purkaladi. Chiqarib yuboriladigan
mahsulotlar dastlab kolonnada (9) to‗planadi, keyin esa koksning harorati
chiqarib yuborish uchun 400 - 405°С gacha pasaytiriladi, bug‗larning oqimi
qabul qilgichni (4) shamollatadi. Suvning bug‗ini berish koksning harorati
200°С gacha pasayguncha davom ettiriladi, keyin kameraga suv bug‗ini berish
yangi berilgan suvning porsiyasi bug‗lari atmosferaga chiqarilguncha davom
ettiriladi va bug‗lanish to‗xtaydi, qabul qilgichning to‗kuvchi quvurida (4) suv
paydo bo‗lmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: