225
5
.9-rasm. To‗g‗ri haydalgan (a) va kreking qoldiqni (b) kokslanishini material
balansi:
1-gaz; 2-benzin (С
5
- 200
0
Сdagi fraksiyasi); 3-koks; 4- 200
0
Сdan yuqori qoldiq;
yo‗qotilishning farqi (amaldagi, hamda yo‗qotilish, koksni bug‗lantirish uchun joy mavjud va
koksli kamerani progresi).
5.6. Kokslash jarayonining maqsadi, olinadigan mahsulotlar,
jarayonning turlari
Neftni qayta ishlash zavodlarida turli jarayonlardan hosil bo‗lgan qoldiq
fraksiyalar va ba‘zi bir og‗ir fraksiyalarni kokslash jarayoniga berib, bu
fraksiyalardan neft koksi va suyuq mahsulotlar olinadi.
Chiqindi sifatida
uglevodorodlardan iborat koks gazi olinadi.
Mazutni yuqori haroratli kreking yoki visbkreking jarayonlarida qayta
ishlaganimizda kam miqdorda yengil fraksiya (20-30% ) massalar hosil bo‗ladi
va qolgan asosiy qismi bug‗ qozonlari yoqilg‗isi sifatida ishlatiladi. Kokslash
jarayonida biz koks olish bilan bir vaqtda ko‗proq yengil fraksiyalar olamiz.
Oltingugurtli neftdan olingan gudronni qaynash harorati 460
0
С dan yuqori
bo‗lib, kokslash jarayonida qayta ishlaganda quyidagi mahsulotlar olinadi (%
mass.):
Koks - 24
226
Benzin 205
0
С gacha - 16
Kerosin-gazoyl‘ fraksiyasi - 26
Og‗ir gazoyl‘ ( 350
0
С dan yuqori ) -23
Qolgani gazsimon moddalar.
Olingan benzin fraksiyasi gidrotozalash jarayonida tozalanganda berilgan
xomashyoga nisbatan 80% katalizat olinadi:
16х0,8 = 12,8% mass.
Kerosin gazoyl‘ fraksiyasini tozalanganda 95% katalizat qoladi:
26х0,95=24,7% mass.
Og‗ir gazoylni katalitik kreking jarayoniga berilganda undan 60% yengil
fraksiyalar olinadi:
23х0,60=13,8% mass.
Demak gudronga nisbatan:
12,8+24,7+13,8=51,3% mass. yengil fraksiyalar olinadi.
Neftdan olingan koksni sifati ko‗mirdan olingan koksni sifatiga nisbatan
yuqoridir. Shu sababli neftdan olinadigan koks alyuminiy sanoatida ishlatiladi. 1
t. alyuminiy olish uchun 550-600 kg koks ishlatiladi.
Bundan tashqari
grafitlangan elektrod, kremniy va kal‘siy karbidlari va agressiv moddalarni
saqlash uchun ishlatiladigan maxsus idishlarni olishda po‗latdan foydalaniladi.
Sanoatda kokslashning quyidagi jarayonlari mavjud:
1. Uzlukli jarayon;
2. Yarim uzluksiz jarayon;
3. Uzluksiz jarayon;
Kublar yordamida olib boriladigan uzlukli jarayon
Bu jarayon past samaradorli bo‗lib, kam miqdordagi xomashyolarni qayta
ishlashda qo‗llaniladi - masalan piroliz smolasini qayta ishlashda. Kokslash
kubi vertikal ravishdagi silindrsimon apparat bo‗lib diametri 2 - 4,5 m,
balandligi 10 - 13 m.ni tashkil etadi.
Xomashyo kubga joylashtiriladi va tagidan qizdiriladi. Harorat 300
0
С ga
borganda xomashyodan bug‗lar chiqa boshlaydi
va sovutgich tizimiga
227
yuboriladi. 360 - 400
0
С larda bug‗larni ajralib chiqishi ko‗payadi va 450
0
С
gacha davom etib keyin kamayadi. Bundan so‗ng kubdagi qoldiq yana 2-3 soat
qizdiriladi, so‗ngra harorat pasaytiriladi. Buning uchun forsunka o‗chiriladi.
Kubga suv bug‗i beriladi. Harorat 300
0
С gacha pasaygandan so‗ng sovuq havo
beriladi. Hosil bo‗lgan koks maxsus lyuklar orqali tushiriladi (2-4 soat
sarflanadi).
Bu usulda olinadigan koksning tarkibidagi yengil uchuvchan moddalarni
miqdori kamligidadir. Bu usul piroliz smolasidan maxsus kokslar (elektrod va
konsturksion koks) olish uchun ishlatiladi. Xomashyo - piroliz smolasi, aromatik
uglevodorodlarga boy moddalardir. Oxirgi vaqtda sifatli koksga talab oshib
borayotganligi sababli, piroliz smolasi
yarim uzluksiz usulda qayta
ishlanmoqda.
Koks olishning kimyoviy jarayonida xomashyodagi moy va smolalar asta-
sekin asfaltenlarga o‗tib keyinchalik karbomidlarga aylanadilar. Jarayonni oxirgi
mahsuloti karboidlar va yuqori haroratga chidamli aromatik moddalarga boy
moylardir.
Uzluksiz usulda
- olinadigan koksni miqdori nisbatan ko‗p bo‗ladi.
Bitumdan 30% koks olinsa, yarim uzluksiz usulda shu bitumdan 21% koks
olinadi.
Uzlukli jarayon
- nisbatan pastroq haroratda olib boriladi, ammo koksni
qublardan qo‗l kuchi bilan tushirib olinadi.
Isitilmaydigan kameralarda olib boriladigan
yarim uzluksiz kokslash
jarayoni. Bu usul sanoatda keng qo‗llaniladi. Koksni kameradan tushirib olish
mexanizatsiyalashtirilgan. Koks donalari yirik bo‗ladi va odatda 25 mm va
undan kattaroq bo‗ladi.
Olinadigan koksning miqdori
uzlukli usulda
olingan
koksni miqdoridan kamroq,
uzluksiz usuldagidan
ko‗proq. Texnologik sxemada
xomashyoni og‗ir fraksiyasini serkulyatsiya qilish ko‗zda tutilgan. Sanoatda
yiliga 300, 600 va 1500 ming tonna xomashyo qayta ishlaydigan qurilmalar bor.
Dostları ilə paylaş: