―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


Qurilmaning texnologik sxemasi va uskunalari



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

Qurilmaning texnologik sxemasi va uskunalari 
Issiqlik tashuvchi koks zarrachalari reaktor bilan koks isitgich orasida 
uzluksiz aylanib turadi. Koks zarrachalarning diametri 0,075 -0,3 mm. Ikkisida 
ham koks doimiy suyultirilgan holatda bo‗ladi. Bu holatga reaktorga suv bug‗i 
va koks isitgichga issiq havo berish bilan erishiladi. Koks isitgichida koks 
yonadi, asosiy qismi 600 - 620
0
С gacha isitilib reaktorga beriladi. Xomashyo 
300 - 350
0
С da reaktorga beriladi. Reaktor 510 - 540
0
С haroratni oladi. 
Koks zarrachalarini reaktor bilan isitgich orasidagi harakati suv bug‗i 
vositasida bajariladi. Koks olishdagi uzluksiz jarayonni afzalligi yuqori 
samaradorligidadir. Zamonaviy qurilmalar yiliga 2 mln.t xomashyoni ishlab, bir 
kunda 1600 t.gacha koks paroshogini beradi. 
Uzluksiz usulda koks olish qurilmasini AT bilan hamkorlikda ham 
ishlatiladi. Bunda, koks qurilmasida hosil bo‗ladigan issiqlik energiyasini AT ni 
ehtiyoji uchun ishlatiladi. Bu usulda AVT qurilmasini qurish shart emas 


230 
Xomashyo - mazut 300 - 350
0
С da kondesatorga keladi. Kondensatorda 
mazutni bir qismi bug‗lanadi, yonidan og‗ir gazoyl va retsirkulyat olinadi.
Retsirkulyat reaktorga beriladi. Mazutni qolgan qismi gudron retsirkulyat 
bilan birga reaktorga 510-540
0
С haroratdagi koks zarrachalari bilan uchrashadi. 
Og‗ir va yengil gazoyllar katalitik kreking jarayonlariga beriladi. 
Koks kukuni asosan yoqilg‗i sifatida ishlatiladi. Tarkibida oltingugurt bo‗lgani 
uchun yonganda oltingugurt oksidi beradi. Shu sababli ko‗pincha koks gazga 
aylantiriladi. Buning uchun koksni yuqori haroratda havo va suv bug‗i bilan 
ishlab koks gazi olinadi. Koks gazi: Н
2
, СО, СО

, H
2
S va suv bug‗idan iborat. 
Gaz H
2
S dan tozanadi va yoqilg‗i sifatida ishlatiladi. 
Koks distillyatidan olingan benzinni oktan soni past, tarkibida oltingugurt 
birikmasi mavjud. U gidrotozalash qilinadi va riforming qurilmasiga beriladi. 
Yengil gazoyl gidrotozalash qilinadi va dizel yoqilg‗isi sifatida ishlatiladi. Og‗ir 
gazoylni esa gidrotozalashdan so‗ng ignasimon koks olish uchun yoki katalitik 
kreking (gidrokreking) jarayonlari uchun xomashyo sifatida ishlatiladi. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin