386
qizdiriladi, keyin esa zmeyevikdagi quvurli pechlarda (2) qizdiriladi.
Ajratgichdan (5) chiqadigan yuqori-haroratli issiqlik almashtirgichda (6)
qizdirilgan muhit gazni va bug‗larning aralashmasi hisoblanadi,
issiqlik
almashtirgichdagi esa (12)-barqaror gidrotozalangan barqaror (qurilmani
maqsadli mahsuloti) hisoblanadi. Reaktorda (4) gidro-oltingugurtsizlashtirish
jarayoni qo‗zg‗almaydigan katalizatorning qatlamlari va chiqmaydigan
oqimning reaksiyalanadigan aralashmasi bilan olib boriladi. Reaktorning
balandligi bo‗yicha haroratni boshqarish uchun katalizator qatlamining bir yoki
bir nechta gaz aralashmalarini asosiy oqimidan
tarmoqlanuvchi zonasiga
vodorod-tarkibli (kvenching-gaz) sovutgich kiritiladi.
9.6-rasm. Yuqori haroratda qaynaydigan gidro-oltingugurtsizlashtirish
qurilmasining texnologik sxemasi (yuqori haroratli ajratish fazasi):
1-kompressor; 2-pech; 3,14,15-nasoslar; 4-reaktor; 5,9-ajratgichlar; 6,12,17-issiqlik
almashtigichlar; 7,13-havoli sovutish apparatlari; 8-sovutgich; 10,18-reduksion klapananlar;
11-bug‗lantirish kolonnasi; 16-qabul qilgich.
Reaktordan pastga chiquvchi gaz-mahsulot aralashmasi qaynoq
ajratgichda (5) ajratiladi. Keyin suyuqlik ajratgichdan
reduksiya klapani orqali
387
(10) bug‗lantirish kolonnasiga (11) yo‗naltiriladi. Gaz-bug‗ aralashmasi issiqlik
almashtirgichda (6) va havoli sovutish apparatida (7) sovutiladi; bunda hosil
bo‗lgan uglevodorod kondensati gaz bilan birgalikda suvli sovutgichda (8)
sovutiladi va keyin esa yuqori bosimli past haroratli ajratgichdan (9) o‗tadi
hamda ajratgichdan chiqib ketadigan (5) gidrotozalangan
yuqori haroratda
qaynaydigan gazoyl‘ fraksiyasi birlashadi.
Gidro-oltingugurtsizlashtirilgan
mahsulot aralashmasi bug‗lantirish
kolonnasida past haroratda qaynaydigan fraksiyani va meyoridagi alangalanish
haroratiga erishish uchun suv bug‗i yordamida shamollatiladi.
Vodorod-tarkibli gaz sovuq ajratgichdan chiqishda (9) tozalash seksiyasida
vodorod-sul‘fiddan etanol-aminning regeneratsiyalash
eritmasi yordamida
tozalanadi. Kompressor yordamida (1) tozalangan gaz xomashyo bilan
aralashtirish uchun sirkulyatsiya chizig‗iga qaytariladi. Qurilmadan tozalangan
gazni chiqarish esa klapan (18) orqali amalga oshiriladi.
Kompressorning
haydovchi tizimiga yangi vodorod-tarkibli gaz kiritiladi.
Issiqlik almashtirgichdan keyin (12) to‗liq sovitilmagan gidro-
oltingugurtsiz gazoyl nasos (14) yordamida issiqlik almashtirish (17) (sxemada
faqat bittasi ko‗rsatilgan) ortiqcha issiqlikdan foydalanish va talab qilingan
haroratgacha sovutish uchun uzatiladi. Bu holatda bug‗lantirish kolonnasi
barqarorlashtirish kolonnasi hisoblanadi va kondensator-sovutgich (13) xizmat
qiladi. Qabul qilgichda (16) to‗planadigan yengil fraksiyaning
bir qismi nasos
(15) yordamida kolonnaga (11) sug‗orishga beriladi, qolgan qismi esa-
qurilmadan
chiqariladi.
Qabul
qilgichning
(16)
yuqori
qismidan
barqarorlashtirish gazi chiqib ketadi.
Har xil turdagi xom-ashyolarni material balansi quyida keltirilgan.
Neftni pilot qurilmasida vakuum gazoylning
gidrotozalash material
balansi quyidagilar: harorat 380°С, bosim 5 MPa; xomashyoni hajmiy uzatish
tezligi 0,7 soat-1, sirkulyatsiya gazining nisbatlari: 850 m
3
/m
3
. ga teng [23]: