57
To‘garak mashg‘uloti odatda yangi ish usullarini ko‘rsatishdan
boshlanib, to‘garak a’zolari bu
harakatni takrorlaydilar, asosiy ishga
esa ular bu ish usullarini yaxshi egallab olganlaridan so‘ng kirishiladi.
To‘garak a’zolarini ishlarni bajarish
jarayonida oddiy jadvallar,
chizmalardan foydalanishga, materiallarga tartibli, tejamkorlik bilan
munosabatda bo‘lishga, asboblar hamda ish
joyini toza va tartibli
saqlashga albatta odatlantirish zarur. To‘ga rak ning har bir a’zosi
“O‘zing bilim oldingmi – o‘rtog‘inga ham o‘rgat” degan qoidani
doimo yodida saqlashi kerak.
Dostları ilə paylaş: