Geometrik shaklli applikatsiyalar. Bajarilish texnikasiga ko‘ra
applikatsiyalarning eng oddiy turlaridan biri geometrik shakl li ap-
ilikatsiyalardir. 1- va 3-sinf o‘quvchilari geometrik shaklli appli kat-
siyalar bajarishda quyidagi bilimlarni egallaydilar.
1. Geometrik shakllar: kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak,
aylananing qog‘oz bo‘lagidan va o‘lchov asboblari yordamida hosil
bo‘lishi haqidagi mavjud bilimlarni mustahkamlaydilar.
2. Badiiy didni o‘stiradi, rasm darslarida yo‘l-yo‘l chiziq, doira,
kvadratda ornamentlar tuzish bo‘yicha olingan bilimlarni chuqur -
lashtiradilar.
3. Ayrim predmetlarni detalma-detal tahlil qilib geometrik shakl lar-
ni to‘g‘ri idrok etishni o‘rganadilar.
4. Bolalarning “ko‘p, kam, uzunasiga, ko‘ndalangiga, qism va qat-
lam, ikki qismga qirqish, to‘rt qismga, teng qismlarga” kabi tushun-
cha lari mustahkamlanadi.
5. Bolalar ranglar uyg‘unligini to‘g‘ri tanlashni o‘rganadilar. Ular-
da estetik did tarbiyalanadi.
Geomterik shaklli applikatsiyalarni ham dekorativ-ornament, pred-
met, sujetli applikatsiyalarga ajratish mumkin.
Doira, kvadrat va ovaldan ornamentlar yasash. Ornament detallari:
turli o‘lchamdagi kvadrat, uchburchaklar tayyorlanadi. Kvadratda
naqsh diogonal bo‘yicha tuziladi – bunda shakllarni simmetrik joy-
lash tirish qulay. Doirada naqsh markazdan radiuslar bo‘ylab tuziladi.
Geometrik figuralardan predmetli applikatsiyalar. Bolalar-
ning predmetlarni fazoviy idrok etishini rivojlantirish kerak. Bunda
atrofimizni o‘rab turgan narsalar: uy, archa, daraxt, mashi na, idish-
tovoq, jonivorlar, gullar va shu kabilarni u yoki bu dara jada geometrik
shakllar bilan ifodalash mumkin.
O‘qituvchi istalgan predmetni tanlashi mumkin. Uni bolalar bilan
birgalikda ko‘rib, uning ayrim detallari qaysi geometrik shakllarga
o‘xshashligi, ularni qanday o‘lchamlarda, qaysilarini kattaroq, qaysi-
larini kichikroq olish, qanday izchillikda joylash tirish kerakligini
aniq laydilar.
Rangli qog‘ozlardan olingan doiralar va ularning qismlari bilan
61
ap pli katsiya bo‘yicha juda ko‘p geometrik ishlarni bajarish mumkin.
Doira larning har birini shunday joylashtirish kerakki, natijada talab
qilinadigan shakl paydo bo‘lsin.