X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met
Geometrik figuralardan predmetli a pplikatsiya yasash texnologiyasi: •
i
sh mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi;
•
ochiq rangdagi qog‘oz va fon tanlanadi;
•
applikatsiya mo‘ljallangan tasvir va elementlar miqdori qog‘ozni
tanlashni belgilaydi;
•
tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning
mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarini tan-
lash ga qaratiladi;
•
tasvir hajmiga ko‘ra eng katta element asosiy mavzuga mos ele-
ment bo‘lishi kerak;;
•
t
asvirlash lozim bo‘lgan materiallar yordamida figura va pred-
metlarning holati aniqlanadi;
•
tasvirlangan hodisalarning uyg‘unligiga erishiladi;
•
tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham qog‘ozdan
qirqiladi, ularni chizmaslik kerak;
•
tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, ya’ni fonga joylash-
tiri ladi va o‘ylangan tasvir hosil qilinadi;
•
agarda bu tasvir ma’qul bo‘lmasa detallar boshqacha joylash-
tiriladi;
•
detallarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning
o‘rnini qalam bilan belgilab qo‘yiladi;
• misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl – kvadratni olib, uning
almashishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko‘ramiz;
• ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o‘qini o‘tkazish
va elementlarni shunga ko‘ra joylashtirish lozim.
Bu ishlar o‘quvchilarda ijodiy va atroflicha tasavvurni, badiiy
did ni o‘stirishga yordam beradi. Bolalarda qo‘yilgan maqsadga eri-
shish yo‘lida qat’iyatlilik, tartiblilik tarbiyalanadi. Uyushqoqlik
bilan ishlash ko‘rsatmalariga rioya qilish, tashabbuskorlik ko‘rsatish
ko‘nik malari shakllanadi. O‘quvchilar tayyorlagan ap plikat siyalar ona
tili va matematika darslari uchun ajoyib didak tik material, o‘quvchilar
62
nutqini o‘stirish vositasi bo‘lishi, ularning predmetlar shakli, rangi,
fazoda joylashishi haqidagi tushun chalarini boyitishga xizmat qilishi
mumkin.