Ko‘p rangli applikatsiyalar. Ko‘p rangli applikatsiyalarni qirqish
ancha murakkab ish bo‘lib, tasvirni qismlarga ajratish bilan aloqadordir.
Bu turdagi applikatsiyalarni bajarishda fonni tanlash juda muhimdir.
Fon ifodalangan predmetlar rangidan ochroq bo‘lishi kerak. Ana
shunda predmet xuddi bo‘rtib turgandek yorqin ko‘rinadi. Hammasi
o‘ylagan asarga bog‘liq. Fonda joylashgan detallar rangi ham shunga
qarab tanlanadi, detallarining tabiiy joylashishi va o‘lchamlarining
uyg‘unligiga e’tibor berish kerak. Bu ishlarni bajarishning bir necha
usullari mavjud: ayrim detallar oldindan belgilanmay qirqiladi, ayrim
detallar esa belgilangan eskizlar bo‘yicha qirqiladi.
Ko‘p rangli applikatsiyalardan biri dekorativ applikatsiyalardir.
Dekorativ applikatsiya naqsh gullardan tashkil topib, alohida-alo hi-
da tasvirlangan hodisa harakatlar uyg‘unligini aks ettiruvchi manzara-
lardan iborat bo‘lishi mumkin.
Dekorativ applikatsiyalarni bolalar kitob, oynoma va boshqa mate-
rillardan olishlari, ayrim elementlarni qo‘lda yaratishlari mumkin.
Sharq naqshi applikatsiyasining bu turi uchun boy material hisoblanadi.
Dekorativ applikatsiya bir va ko‘p rangli bo‘lishi mumkin.
Badiiy applikatsiyalar. Mavzuli ishlarni yaratish faqat meh natni
emas, balki badiiy tayyorgarlikni ham talab qiladi. Mehnat ta’limi
darslarida applikatsiya ishlarining bajarilish texnikasi o‘rganiladi.
Rangdor surat applikatsiya mavzusining elementlarini, o‘quv chilar
turli bayramlarga bag‘ishlangan ishlarni (tabriknomalarni, maktub va
faxriy yorliqlar muqovasini, yo‘l belgilarini) baja radilar. Ish mavzu va
fikr tanlashdan boshlanadi. Applikatsiya ishi da ochiq tondagi qog‘oz
fon tarzida tanlanadi. Applikatsiyaga qaratilgan asarning yaratilishi
va elementlar miqdori qog‘ozni tanlashni belgilaydi. Asarni yaratish
ustida ishlagan asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli
materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarni tanlashga qaratiladi. Asar
hajmiga ko‘ra eng katta detal mavzuli detal bo‘lishi kerak.