76
Kasbni to‘g‘ri tanlash
– inson turmushida muhim qadamdir, yosh
avlodning butun hayotidagi muvofaqqiyati ko‘p
jihatdan kasbning
qanchalik to‘g‘ri tanlashiga bog‘liq.
Kasblar haqida ma’lumot
O‘qituvchi kasbi
O‘qituvchi kasbi sharafli kasb. O‘qituvchi bizga bilim beruvchi
inson. O‘qituvchidan olgan bilimi bilan inson kelajakda komillik yo‘-
li ni topadi. Buning uchun, albatta, o‘qituvchi berayotgan bilimni chu-
qur egallash lozim.
Bilim
olib chinakam,
O‘rganamiz harf, raqam.
Hammaga berar ta’lim,
O‘qituvchi-muallim.
Haydovchi kasbi
Haydovchi erta tongdan kun botgunga qadar odamlarni o‘z
manzillariga bexatar yetib olishlari uchun xizmat qiladi. Haydovchi
kasbi doim ziyraklik, hushyorlikni talab etadi. Haydovchi mashina,
avtobus, tramvay, yuk mashinalarini boshqaradi.
Mashinada, poezdda,
Tramvayda – temir izda
Ziyrak, mohir haydovchi,
Tashir yuk va yo‘lovchi.
Quruvchi kasbi
Quruvchi – uy va binolar quradi. Quruvchi qurgan
uylarda
yashaymiz, binolarda o‘qiymiz, mehnat qilamiz. Quruvchilar qurgan
uylar mustahkamligi, shinamligi bilan shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk
qo‘shadi. Demak, quruvchilik sharafli kasb.
Suvoqchi, g‘isht teruvchi,
Tomni yorib beruvchi.
Ko‘p
ishlarni biluvchi,
Ular bari –quruvchi.
Dostları ilə paylaş: