II bob. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MEHNAT TA’LIMI DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI Mavzu: Boshlang‘ich sinf mehnat darslarini tashkil etish texnologiyalari Dars rejasi o‘quv yilining boshida yillik kalendar reja bo‘yicha taq-
simlanadi. Dars rejasi 4 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bos qich
– tashkiliy qism, bunda qo‘ng‘iroq chalingandan boshlab yan gi dars
bayon etilgan vaqtgacha bo‘lgan davr hisoblanadi. Ikkinchi bosqich –
uy ishini tekshirish va baholash, uchinchi bosqich – yangi mav zuning
bayoni, to‘rtinchi bosqich – darsning yakuni, bunga baja rilgan ishlarni
baholash, uyga vazifa berish va ish joylarini toza lash lar kiradi. Bir
soatlik dars misolida ko‘rib chiqamiz.
Mavzu: Urug‘lardan mozaika yasash O‘qituvchiga tavsiya: Qo‘l mehnatiga o‘rgatishda ish tur larining
usullari. Mozaika monumental dekorativ sa’nat tur laridan biridir. Tur-
li davrlarda va turli mamlakatlarda mozaika qo‘l laniladigan mate rial-
lariga ko‘ra ham naqsh va rasmlarga ko‘ ra ham o‘ziga xos xusu siyat-
larga ega bo‘lgan. O‘rta Osiyoda mad rasalar, machitlar, saroylar mo-
zaika usulida bezatilgan.
Hozirgi kunda mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, devorlar
va xalq amaliy san’ati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna,
sopol, plita bo‘laklardan foydalaniladi.
Mozaikaga mos shaklni chizib olish. Maydalangan rangli qog‘oz
bo‘laklarini tayyorlash. Kerakli shaklning konturini tasvirlash. Kontur-
ga maydalangan qog‘oz bo‘laklarini bosqichma-bosqich yelim lash.
Qo‘shimcha ishlov berish.
O‘qituvchi quritilgan urug‘lardan tuzilgan naqsh namunalarini
ko‘rsatadi.
79
Darsning maqsad va
vazifalari
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga amaliy san’at ha-
qi da bilim va tasavvurlar berish. Mozaika usulida
qo‘ qongul shaklini yasashga o‘rgatish.