77
Baliqchi baliq tutar.
Baliq
tutish vaqti bor,
Bunga berar e’tibor.
Tashlar qarmoq yoki to‘r,
Ov bo‘lishi uchun zo‘r.
Bank xodimi
Bank xodimlari, davlat va nodavlat banklarining faoliyatini yo‘lga
qo‘yadilar. Bankda davlatning pul mablag‘lari aylanishi, fuqarolar
mablag‘ining saqlanishi tashkil etiladi.
Bankir
bankda ishlaydi,
U hisobni xushlaydi.
Kredit, lizing va foiz,
Joyida bo‘lmoq joiz.
Jurnalist kasbi
Jurnalist – biz sevib tomosha qiladigan televideniya ko‘rsa tuv larini
tayyorlab olib boradigan, qiziqib o‘qiydigan gazeta-jurnallarimizga
lavhalar tayyorlab beradigan kasb egalaridir. Jurnalistlarning
tayyorlagan ma’lumotlari tanlangan mavzu
mazmunini yoritib berishi
maqola yoki ko‘rsatuvning dolzarbligini belgilaydi. Jurnalist o‘z
kasbining ustasi bo‘lsa, xalqning ongi, bilimi oshadi.
Yurtimizda jurnalistlarning faoliyat yuritishi uchun barcha shart-
sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratilgan.
Mahoratli
jurnalist
Ma’lumotni juda tez –
Qilar bizga havola,
Yozar qiziq maqola.
O‘quvchilarni har
tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash
masalalarini muvaffaqiyatli hal etish,
ularda faol hayotiy mavqeni
shakllantirish, o‘zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko‘p jihatdan
kuni uzaytirilgan guruhlarning samarali ishlashiga bog‘liqdir.
Sinfdan
tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy
faoliyatini to‘ldiradi. Ularning dunyoqarashi to‘g‘ri shakllanishiga,
kasb-hunar tanlashiga, axloqiy kamol topishiga ko‘ maklashadi.