Karton qog‘oz – karton deb 1 kv m 250 grammdan ortiq bo‘l gan
qog‘ozga aytiladi.
Oq karton – uni qirqish oson, o‘zi unchalik pishiq emas, tez sina-
di. Bu karton yelimni ko‘p shimadi (ko‘pincha yelimdan shishadi).
Undan mayda narsalarni muqovalashda foydalanish mum kun.
Sariq karton – oq kartondan ko‘ra pishiqroq, egiluvchan, yaxshi
qirqiladi, yelimdan ko‘tarilmaydi. Turli ishlarda foyda laniladi.
Kulrang karton – oq va sariq kartondan pishiqroq, qirqish qi yin.
Pichoq karton massasidagi qumdan tez o‘tmaslashadi. Kar tonning bu
turidan o‘ta pishiqlikni talab qiluvchi narsalar tay yorlanadi.
Rangli karton – bu yupqa, egiluvchan, sathiga turli rangda jilo
berilgan, ishlov berish oson va ko‘rinishi chiroyli. Hajmi kichik narsalar,
papkalar, muqovalar tayyorlash uchun qulay bo‘lgan karton turidir.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar turli qog‘ozlarning asosiy jis moniy
xususiyatlari: rangi, qalinligi, zichligi, siyohni ishlatish xusu siyati,
sathining xarakteri silliq, g‘adur-budurligi bilan ta nishadilar. Ba’zi
narsalarni tayyorlashda bolalar yelimdan foyda lanadilar. Demak, bola-
lar 1-sinfdayoq tayyor yelimlarning asosiy xususiyatlari: yopishqoq-
ligi, saqlanishi, yelimlashni o‘rganishlari kerak.
Qog‘oz va kartonga ishlov berish usullari unchalik murakkab emas,
bolalar ularni osonlik bilan o‘zlashtirib oladilar. Qog‘oz va kartonga
ishlov berish yuzasidan egallangan malakalar keyin chalik barcha
mehnat turlari bo‘yicha mehnat ta’limida keng qo‘l laniladi.
Qog‘ozni buklash usullari. Qog‘ozni teng ikkiga buklash uchun
qog‘oz stol yoki parta ustiga qo‘yiladi va o‘ng hamda chap qo‘l bilan
qog‘ozni o‘ziga yaqin turgan tomonining ikki uchidan ushlab, uni
pastki uchlari bilan tenglashtiriladi. Bunda qog‘ozning uchlarining qir-
86
rasi bir-biriga to‘g‘ri tushishi kerak. Ana shundagina qog‘oz qo‘l bilan
tekislanib, uning bukilgan chizig‘i ustidan tirnoq bosib yurgiziladi.