114
Savollar:
1. O‘yinchoq qanday predmet?
2. Qanday gazlama turlarini bilasiz?
3. Andoza nimadan tayyorlanadi?
4. O‘yinchoqlar nechta usulda tayyorlanadi?
Mavzu: Loyihalashtirish va modellashtirish
darslarini tashkil etish metodikasi
Texnik modellash mashg‘ulotlarida namuna rasm va chizmalar
berilgan o‘lcham konstruktor jamlanmasining detallari
yoki turli
mate riallarni qo‘llab og‘zaki tasvirlash bo‘yicha texnik o‘yin choqlar,
mo dellar va maketlar tayyorlash nazarda tutiladi. Bu mashg‘ulotlarda
o‘quv chilar texnik o‘yinchoqlar va modellarni ish latib namoyish
qilish lari, ularni boshqarishlari, shuningdek, namoyish jarayonida
kons truksiyaning detal va qismlari nomini aytishlari, ularning nimaga
mo‘l jallanganligini bilishlari kerak. Mashg‘ulotning bu turi o‘quv chi-
larda
konstruktor-texnik tafak kurni, mustaqil rejalashtirish va o‘ylab
qo‘ yi lgan texnik buyum (kema, avtomashina, samolyot, raketa va shu
kabilar) modelini amaliy bajara olish ko‘nikmalarini o‘stirishda juda
muhim o‘rin tutadi.
Modellash obyektlari ijtimoiy foydali yo‘nalishga ega bo‘lishi,
ta’lim jarayonini ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlashga yordam beri-
shi kerak. O‘qituvchi chizmachilikka doir ishlarni asta-sekin ki ritib
bora di.Texnik modellashda metall konstruktor bilan ishlash katta aha-
miyatga ega. 1-sinfdagi texnik modellash bo‘yicha ishni bajarish jara-
yonida:
1. O‘quvchilar mashina, uning modeli va
maketi haqida tasav vurga
ega bo‘ladilar;
2. Qo‘l asboblari va moslamalarning tuzilishi bilan tanishadilar,
chun ki ularning har ikkalasi bir izchilikka asos qilib olingan;
3. Qo‘l asboblarining tuzilishi va nimalarga mo‘ljallanganligini
bilishi bolalarning politexnik bilim doiralarini kengaytiradi;
4. O‘quvchilar avval o‘qituvchi yordamida, so‘ngra
mustaqil tarzda
modelni ko‘ra bilishlari: ularning xususiyatlarini, ayrim qismlarini,
qismlar o‘lchovining bir-biriga munosabatlarini ajrata bilishlari;
115
5. Modelni tayyorlash uchun qanday material zarurligini aniq lay
olishlari;
6. Ish joyini jihozlashlari;
7.
Belgilash, o‘lchash, ishlov berish, montaj va pardozlash bosqich-
larini bajarishlari;
8. Modelni sozlash va
boshqarishni bilishlari lozim;
9. O‘zini-o‘zi nazorat qilish va o‘z mehnatini hisobga olishlari ke rak.
Dostları ilə paylaş: