Savollar
1. Plastilin qanday massa?
2. Plastilin qanday xususiyatlarga ega?
3. Plastilin qo‘lda qanday tayyorlanadi?
4. Loy qanday turlarga ega?
5. Loyning xususiyatlari qanday?
Mavzu: Gazlama va ip bilan ishlash
darslarini tashkil etish metodikasi
Tikish darslarida beriladigan politexnik bilim bolalarning bilim
doiralarini kengaytiradi. Bolalarning tasavvurlarini insoniyat ha yo-
tida muhim o‘rinni egallovchi hamda keng tarqalgan mate rial lar va
ularning xususiyatlari, sanoatning gazlama va tolali materiallar ishlab
chiqaruvchi tarmoqlari, materiallardan texnika va insonning madaniy
hamda maishiy ehtiyojlarini qondiruvchi ishlab chiqarish kabilar bilan
boyitadi.
Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilar turli asboblar hamda
moslamalar, asosan qaychi, igna va o‘lchov asboblari bilan ishlash
malakalarini egallaydilar. Ular bu asbob va moslama lar ning har xil
turlari bilan tanishadilar.
Gazlama bilan ishlaganda mehnat madaniyati, o‘z ishini reja-
lashtirish hamda tashkil etish ko‘nikmasi rivojlanadi va takomillashadi.
Bolalar ning didlari ham jiddiy o‘sadi va takomil lashadi. Dazmol,
ip va boshqa materiallarni bir-biriga moslab tanlash, o‘quvchilarni
ranglarning birikishi, Gazlama va ipning rangi bir-biriga muvofiq
kelishiga e’tibor berishga o‘rgatadi.
O‘qituvchi o‘quv materiallarini darsda o‘quvchilarni politexnik bi-
lim bilan qurollantirish amaliy ishlar jarayonida amalga oshiriladi.
U darsda ta’limning o‘quvchilarning faolliklarini, aqliy qobiliyatlarini
o‘sti radigan metod va usullardan foydalanadi.
1-sinf o‘quvchilari quyidagi ko‘nikma, bilim va malakalarni egal-
lab olishlari kerak:
109
1. Gazlama haqidagi umumiy tushunchalar bilan tanishtirish.
O‘sim lik (paxta, zig‘ir)dan tayyorlanadigan gazlamalar haqida dast-
labki ma’lumotlar beriladi. Gazlamaning tuzilishi, ulardagi iplarning
to‘ qilishi haqidagi ilk ma’lumotlar beriladi.
2. Gazlamalar asosan nimalarga mo‘ljallanganligi bilan tanish-
tirish: ki yim-kechak, turmush narsalariga va shu kabilar.
3. Ishlatilishi (tikish, yamash, to‘qish iplari) va yo‘g‘on-ingich kali-
giga ko‘ra farqlanadigan iplar bilan tanishtirish.
4.Tikish va to‘qishda ishlatiladigan asosiy asboblar hamda mos la-
malar (nina, qaychi, angishvona, to‘g‘nog‘ich) va ularni saq lash ning
asosiy qoidalari bilan tanishtirish.
5. Sanchiluvchan asbob va moslamalarni ishlatganda texnika
xav fsizligi qoidalari bilan tanishtirish. Tikish vaqtida to‘g‘ri o‘tirish
qoida lari, gigiyena talablari.
6. Kerakli uzunlikdagi ipni o‘lchash, uni qirqish yo‘llari bilan ta-
nishtirish (ularni tishlab, tortib uzishga yo‘l qo‘ymaslik), lentani o‘l-
chash va qirqish.
7. Ip va tolaga ishlov berish usullari bilan tanishtirish.
8. Yo‘g‘on ip va toladan to‘qishga o‘rgatish.
9. Ignaga ip o‘tkazish, tugun solish, ipni mustahkamlashni o‘rgatish.
10. “Bahya chok” (biriktiruvchi va bezovchi) tushunchalari bilan
tu s huntirish.
11. Oddiy andоzalar tayyorlash. O‘qituvchi chizmasiga muvofiq
to‘g‘ ri burchak shaklidagi andоzalar qilish.
12.
Gazlamani andоzaga ko‘ra chamalash.
13. Gazlamani qaychi bilan qirqish usullarini tanishtirish.
14. Gazlamani qalam yoki bo‘r bilan belgilangan to‘g‘ri yoki egri
chiziq bo‘ylab qaychida qirqishni o‘rgatish.
15. Gazlamadan narsalar tikishni o‘rgatish.
16. Tugma qadash usullarini o‘rgatish.
Bu mashg‘ulotda o‘quvchilar natural ipak va jun tolali materiallari,
to‘qimachilik sanoati mahsulotlari bilan tanishadilar. Namuna, rasm,
chizma va berilgan o‘lchamlar bo‘yicha andоza olishni va gazlamaning
xususiyatlarini (pishiqligi, egiluvchanligi, tuzilishi) ni o‘rganadilar.
|