103
Tabi iy materialdan buyum tayyorlash jarayonini kuzata di gan bo‘lsak,
boshida bolalar namunani ko‘rib chiqadilar, uning tarkibini,
tayyorlash
usulini tahlil qiladilar; bu jarayonni o‘zlash
tirgandan so‘ng ish
murakkablashadi. O‘quvchiga tayyorlanadigan o‘yinchoqning rasmi
yoki foto surati ko‘rsatiladi va ular topshiriq yoki o‘zining o‘ylagan
fikri asosida buyumni yasaydilar.
O‘yinchoqlarni tabiiy materiallardan tayyorlashning qiziqar liligi
bolalarning diqqatini rivojlantiradi, uning mustahkamligini oshiradi.
Erkin diqqat shakllanadi. Masalan, kuchukchani tayyo rlashda bolalar-
ga avval uning oyoqchalarini mahkamlash joylarini diqqat bilan ko‘rib
chiqib (ular simmetrik holda turishi, past ham, baland ham bo‘lmasligi,
haqiqiyga o‘xshashi kerak)
teshiklarini belgilash, boshi va boshqa
detallarini mahkamlash joylarini ko‘rib chiqish tavsiya etiladi.
Tabiiy materialdan qilingan buyumlar ko‘pincha bolalarning qi-
zi quvchanligini qoniqtiradi. Bu mehnatda har doim yangilik, ijo diy
izlanish, yanada yuqori natijalarga erishish imkoniyati bor. O‘yinchoq-
larni tayyorlashda bolalarni qulay emotsional yo‘nal tirish,
mehnatda
muloqat quvonchi, chiroyli o‘yinchoq yasash jara yonida rohatlanish
hissi umumiy rivojlanishi uchun juda muhimdir. Tabiiy materiallardan
o‘yinchoqlar yasash meh nati bola shaxsining rivojlanishiga yordam
beradi.
O‘yinchoqni yasash oson ish emas. Uni yasashda noaniqlikka duch
kelganda, o‘quvchilarga mustaqil ravishda uni bajarish yo‘llari o‘r ga-
tiladi. Ba’zan biron-bir ishni yasash uchun kerakli o‘lchamda eman
daraxtining g‘uddalarini tanlash, o‘yinchoq qismlarini o‘lchash yo‘l-
larini amalga oshirish va h.k.
Kattalar yordami bilan bola omadsizlik sababini, ularni yengish
yo‘l larini o‘rganadi. Shu
asnoda unda maqsadga intilish, qat i’yatlik,
bosh langan ishni oxiriga yetkazish kabi sifatlar shakl lanadi.
Ushbu mehnat turida o‘z faoliyatini baholash va nazorat qilish sifa-
tini shakllantirishning real imkoniyatlari bor.
Tabiiy materialdan o‘yinchoq yasash mehnati individual va jamoa-
viy bo‘lishi mumkin. Kattalar kabi bolalarga ham jamoaviy mehnat
ulkan quvonch olib keladi. Bu yerda shunisi muhimki, bolalar jamoa-
viy
mehnatning natijasini, foydasini tushunishlari kerak.