106
loyda boshqa narsalar – tosh, qum va shu kabilar bo‘lmasligi kerak.
Chunki ish qo‘lda bajariladi. Shuning
uchun ish boshlashdan oldin
loyni tekshirib ko‘rish kerak.
Loy shirali va shirasiz bo‘ladi. Shirasiz
loyning tarkibida ko‘p qum bo‘lib, unda yopishqoqlik xususiyati
yomon bo‘ladi. Loyni aralashmalardan tozalab, ustiga suv qo‘yib, 5-6
soat saqlanadi. So‘ngra suvi to‘kib, qo‘lga yopishmaydigan quyuqroq
xamir holatiga kelguncha yaxshilab ishlanadi.
Loy va plastilin ham turli narsalar yasash uchun juda qulay bo‘lib,
ayrim xususiyatlariga ko‘ra, bir-biridan ajralib turadi. Masalan,
plastilin rang-barangligi va doimo ishga tayyor holda ekanligi bilan
ajralib turadi. Lekin
asosiy kamchilik shundaki, plastilin issiqda tez
erib ketadi va o‘zining qayishqoqlik xususiyatini yo‘qotadi. Bundan
tashqari plastilindan ishlangan haykalchalarni ochiq joyda saqlash
juda qiyin. Undan asosan kichik modellarni yasashda foydalaniladi.
U sun’iy plastik massa bo‘lib, loydan hech qachon qurimasligi bilan
farqlanadi. Plastilinning har xil: oddiy va murakkab turlari bo‘lib,
ularni tayyorlashning bir nechta variantlari bor.
Dostları ilə paylaş: