Insonning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlari turlari. Insonning ruhiy
zo‘riqish holatidagi xulqiga uning o‘z-o‘ziga munosabatlari turlari ta’sir qiladi.
Ruhiy zo‘riqish holatida insonning o‘z-o‘ziga munosabatlarining 3 turlari mavjud:
-
Ekstremal holatda o‘ziga qurbondek munosabatda bo‘lish, bunday
munosabat stessni oshiradi, bunday munosabat “oddiy-egoistik” deyiladi;
-
O‘ziga qurbondek va qimmatlidek munosabatda bo‘lish, bunday
munosabat ob’ektiv-individual va u shaxsni o‘z-o‘zini himoya qilishga yordam
beradi.
-
O‘ziga qator odamlardek munosabatda bo‘lish, bu munosabat ruhiy
zo‘riqish vaqtida samarali faoliyatni saqlashga yordam beradi.
Vaziyatga munosabat, uning xavflilik bo‘yicha differentsiallashuvi.
Travmatik ruhiy zo‘riqish ta’siri vaziyatda tajribali harakat.
Insonning travmatik vaziyatdagi hulk-atvori, insonning uni qanday qabul qabul
qilishiga va u jamoaga xavfliligi qandayligiga bog‘liq bo‘ladi. Xavfli vaziyatga
munosabat berilgan vaziyatga jamoa tomonidan xavflilik ahamiyatidan va o‘zida
emotsional va aqliy og‘irlikni olgan individ uchun shaxsiy ma’nosidan iborat.
SHaxsiy resurslar –
har xil vaziyatlarda va har xil vaqtda individning stabillik va yaxlitlikni tuta bilishiga imkon beradigan xususiyatlar :
-
Kuchli ta’sirni boshidan kechirmoq va integrirlash xususiyati;
-
Hayot kuchlarini his qilish, ya’ni kayfiyatni saqlash, sevilishga loyiq
ekanligini his qilishni saqlash xususiyati;
-
Boshqa odamlar bilan bog‘lanish hissini, Ego resurslarini tutib bilish
xususiyati;
-
O‘zini anglash ko‘nikmalari: salohiyat, introspektsiyaga qobiliyati,
iroda kuchi va tashabbuskorlik; maqsad sari shaxsiy o‘sishga yo‘lamoq, shaxsiy
talablarni anglash, uzoqni ko‘ra bilish xususiyati;
-
SHaxslar orasidagi munosabat va o‘z-o‘ziga yordam berish malakasi:
oqibatlarni ko‘rib bilish xususiyati, shaxslararo munosatalar chegarasini o‘rnatish.