www.ziyouz.com
kutubxonasi
189
Kesib dashtning rohu berohini,
Anga solg‘ucha soyai johini.
Biyik himmatu baxti bedoridin,
Base mulk fath o‘ldi har soridin.
Chu Kashmir haddig‘a qo‘ydi oyog‘,
Padid o‘ldi bir charxpayvand tog‘.
Ko‘kartib qamar orazin xorasi,
Solib bo‘rkni yerga nazzorasi.
Falakka degin, o‘yla raxshanda tosh
Ki, pardoxt qilg‘aylar aylab tarosh.
Iki jonibi har bir andoq yiroq
Ki, qat’ig‘a azm etmagan yaxshiroq.
Bu yanglig‘ biyik tog‘, aningdekki Qof,
Bo‘lub charxdin yerg‘a tegru shikof.
Bo‘lub oshkoro arosinda yo‘l,
Vale iki yilmon qayo iki qo‘l.
Bu yo‘lkim anga tog‘ o‘lub har sari,
Kelib arzi taxmin bila yuz qari.
Ani ahli Kashmir darband etib,
Iki tog‘ni bir-birga payvand etib.
Yuz ellik qari avji rif’at anga,
Yana muncha dog‘i zaxomat anga.
Aningdek qo‘yub gaj bila xora tosh
Ki, yerdin bo‘lub ko‘kka yakpora tosh.
Temurdin yasab anda darvozae,
Falak toqidin toqi andozae.
Bu darvozani o‘yla rust aylabon,
Kim ul iki juzvin durust aylabon.
Qo‘poribki yerdin madoro bila,
Kamargohig‘a tegru xoro bila.
Yasab ustida burju boru dog‘i,
Aduv daf’in etmakka ko‘shish chog‘i.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
190
Demay kimsa darbandu boru ani,
Tasavvur qilib aql jodu ani.
Ichinda iki ming kishi chorasoz,
Bori hiylapardozu afsuntiroz
Ki, darbandi oliy namudoridin,
Yaqin kelmagay kimsa ming qoridin.
Kishikim qadam qo‘yg‘ay ul yon nuxust,
Ayog‘i aning bo‘lg‘ay ul nav’ sust
Ki, topmay taharrukning imkonini,
Yomon vartada ko‘rgay o‘z jonini.
Takovar dog‘i qilsa ul yon shitob,
Ayog‘idin itgay tavon birla tob.
Sipah chun bu yerga yetib, lol o‘lub,
Tahayyurdin oshufta ahvol o‘lub.
Shah ollig‘a qaytib ayon ettilar,
Nekim bo‘lmish erdi bayon ettilar.
Shah etmay bu so‘zlarga hech iltifot,
Arastu bila yetti ul yerga bot.
Inonmay yiroqtin namoyish bila,
Yaqin ayladi ozmoyish bila.
Dedikim: «Bu nayrangi Kashmirdur,
Fusungar ishi, makru tazvirdur.
Kerak qilmoq andoq aning chorasi
Ki, bo‘lg‘ay nigun burj ila borasi».
Cherikni tushurdi keyinrak yonib,
Yurub hifz uchun davrig‘a aylonib.
Chu ko‘ngli bo‘lub jam’, aylab xirom
Tushub borgoh ichra, tutti maqom.
Bor erdi janobida besh yuz hakim,
Alardin o‘ni kecha-kunduz nadim:
Filotun, Arastu, Balinos ham,
Yana Arashmidus, Shaminos ham.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |