Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
193
Fatila borurda kuyub sarbasar, 
Yetib maxfiy ashyog‘a o‘tdin asar. 
Chu yerga tegib rust go‘yi tilism, 
Necha pora bo‘lg‘ay anga salb jism. 
Usholg‘och, sado chiqqay andin g‘arib, 
Yana shu’lau rihu dudi ajib. 
Uni buzg‘ay ul sehr asbobini, 
O‘ti ochqay ul qal’aning bobini. 
Qaro aylagay dudi sohir yuzin, 
Qaroroq hamul fanda mohir yuzin. 
Isidin kim etsa muattar mashom, 
Unutqay fusun ilmini, vassalom. 
Chu zebo tilism o‘lg‘ach orosta, 
Hamul nav’kim mohi nokosta. 
Bo‘lub jam’ ul hikmatoyin guruh, 
Falakdin fuzun har biriga shukuh. 
Qo‘yub shohi Dorofar ollig‘a yuz, 
Ne Dorofar, Iskandar ollig‘a yuz. 
Tilismi nihonni ayon qildilar, 
Nihon barcha ramzin bayon qildilar. 
Shah ul turfa ishdin base shod o‘lub, 
Dedi uzrlar haddin afzun qo‘lub 
Ki: «Mundoq tilismeki soz ettingiz, 
Shuru’ida ne ishga mavquf sizg‘» 
Chu shah tab’ida toptilar bu havas, 
Dedilarki: «Hukmungg‘a mavqufu bas!» 
Qo‘pub shohu el ichra g‘avg‘o tushub, 
Ulusqa ul ishdin alolo tushub. 
Chu rokib bo‘lub qal’ag‘a qildi mayl, 
Ulus dog‘i yuzlandi andoqki sel. 
Yurub ollida olam ogahlari, 
Rikobida bori jahon shahlari. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
194
Sipahning qirog‘ig‘a chun yettilar, 
Ravon ra’d asbobi soz ettilar. 
Tilismi garonmoyani kelturub, 
Hamul ra’d yoyig‘a toshdek qurub. 
Chu doruga o‘t yetti, tutti havo, 
Qilurga ulus mehnatig‘a davo. 
Borib tushti a’do arosig‘a chust, 
Azim un chiqordi tegib yerga rust. 
Degan to‘rt ish tutti andin vujud: 
Sadou afan, is bila o‘tu dud. 
Sado botil etti fusunlarni pok, 
O‘ti kuydurub qal’ani qildi xok. 
Fusungar yuzin dudi etti qaro, 
Isi qo‘ymadi nukta xotir aro. 
Alar ichra chun tushti bu rustaxez, 
Topilmas edi chorae juz gurez. 
Qochib bo‘ldilar ozimi poytaxt, 
Anga tegrukim Malluyi tiyrabaxt. 
Parishonlig‘u benavolig‘ bila, 
Hamul duddin yuzqarolig‘ bila. 
Borur chog‘da ming joduyi sabzrang, 
Va lekin kelib barchasi ahli zang. 
Borib anda ko‘k qarg‘a – zog‘e kelib, 
Ketib to‘ti, ammo kalog‘e kelib. 
Hamul go‘y otilg‘och qochib yak-bayak, 
Masaldurki: «Ming qarg‘ag‘a bir kesak»
18

Kishi tonimay munda mingdin birin, 
Alar demaguncha ul ish sohirin. 
Chu Mallug‘a arz ettilar holni, 
Alar otqon ul turfa timsolni. 
Skandar ishidin ko‘tardi hisob, 
O‘z ahvolig‘a topti yo‘l iztirob. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin