Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi BOSHSKELETSIZLAR (ACRANIA) KENJA TIPI Boshskeletsizlar kenja
tipining umumiy tavsifi. Boshskeletsizlar kenja
tipi vakillarining
tashqi va ichki tuzilishi, ko`payishi, rivojlanishi, sistematikasi va kelib chiqishi.
Boshskeletsizlar haqiqiy dengiz hayvonlari bo`lib, ko`pchilik turlari suv
tubida hayot kechiradi. Bu kenja tip vakillari butun hayoti davomida xordalilar
tipining tuzilishi xususiyatlarini saqlab qoladi. Ana shu sababdan boshskeletsizlar
xordalilarni kelib chiqishini tushuntirishda katta
ahamiyatga
ega.
Boshskeletsizlar
kenja
tipi
30-35
ga
yaqin
turdan
iborat
yagona
Xordaboshlilar (Cephalochordata) sinfini o`z ichiga oladi. Boshskeletsizlar kenja
tipining vakillaridan lantsetniklar Atlantika, Tinch va Hind okeanlari hamda ular
bilan bog’liq bo`lgan tropik va mo``tadil iqlimli dengizlarda, shu jumladan, Qora
dengizda
ham
tarqalgan. Lantsetniklar
odatda
sohil
yaqinida suv tubida hayot kechiradi.
Lantsetnikni birinchi marta P.S.Pallas 1774 yilda tasvirlab bergan. Lekin olim
uni
mollyuskalar
tipiga
kiritgan. Keyinchalik
ayrim zoolog olimlar lantsetnikni baliqlarga kiritishgan.
Faqat atoqli
rus
embriologi
A.O.Kovalevskiy
lantsetnikni
haqiqiy
xordali hayvon ekanligini va u lichinka xordalilar bilan umurtqalilar kenja tiplari
o`rtasida
turuvchi
oraliq forma
ekanligini ko`rsatib bergan.
Xordaboshlilar
sinfi
lantsetniklar
(Branchio-stoma)
va
simmetriyasizlar
(Asymmetron)
avlodlarini
o`z
ichiga
oladi. Keyingi avlod vakillarining tanasi assimmetrik tuzilishga
ega. Ularning
kattaligi 5 sm ga yaqin bo`lib, jinsiy bezlari tanasining o`ng tomonida
joylashganligi
va
suzgich
qanotlarining
tuzilishi
bilan
haqiqiy lantsetniklardan farq qiladi. Boshskeletsizlardan Qora dengizda tarqalgan
Yevropa
lantsetnigi
-
Branchiostoma lanceolatum yaxshi o`rganilgan. Quyida Yevropa lantsetnigining
tuzilishi va hayot kechirishiga tavsif beriladi.