7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103
7 - maruza (4)

Muskul sistemasi. 
Lantsetnik muskullari tasmaga o`xshab tanasining ikki
yoni bo`ylab joylashgan. Muskul tasmalari biriktiruvchi to`qimadan iborat yupqa
to`siqlar – mioseptalar yordamida qator bo`lib joylashgan miomerlar
(segmentlar)ga ajralgan. Muskullar qorin tomonida va suzgich burmalari asosida
ham bo`ladi. Lantsetnik ana shunday muskullari yordamida tanasini to`lqinsimon
harakatlantirib yonboshida suzadi, tanasini egib turli harakatlar qiladi yoki qumga
ko`milib oladi. Hayvon bezovta qilinganida qumdan chiqib biroz suzib yuradi va
darrov qumga yana 
ko`milib oladi.
Skeleti. 
Lantsetniklarning skeleti, asosan xordadan iborat. Uning ikkala uchi ham 
ingichkalashgan 
bo`lib, 
lantsetnik 
gavdasining 
bosh 
qismidan 
eng 
oxirgi uchigacha boradi. Xorda bosh qismida nerv nayidan ham uzunroq, shuning 
uchun
ham bu sinf xordaboshlilar (Cephalochordata) deb ataladi. Xordani qalin
biriktiruvchi to`qimali qavat – miosepta o`rab olgan, uning bir qancha o`simtalari
mioseptalar va teri ostidagi biriktiruvchi to`qimali qavat bilan bog’langan.
Ayniqsa, jabra apparatining skeleti murakkab, u hujayrasiz tolali gorizontal va
vertikal to`sinlardan iborat bo`lib, nozik panjaraga o`xshaydi. Zich, dirildoq
to`qimadan tashkil topgan ustunchalar suzgich qanotlarda tayanch vazifasini
bajaradi. O`simta qamragichlarni va og’iz oldi voronkasini ham shunday
ustunchalar tutib turadi, ammo ular 
uzun va 
ingichkaroq bo`ladi.
Nerv sistemasi. 
Markaziy nerv sistemasi tananing orqa tomonida xorda
ustida joylashgan uzun naydan iborat. Nerv nayining oldingi tomoni biroz
kengaygan, uning ichki qismi bo`ylab tor tirqish o`tadi. Naydan juda ko`p nervlar
chiqadi. Ulardan ikki jufti tananing oldingi qismiga ketganidan bosh nervlar deb


58 
ataladi. Sezgi organlari juda sodda tuzilgan. Haqiqiy ko`zlari bo`lmaydi. Nerv nayi
bo`ylab tarqoq joylashgan juda ko`p qora pigmentlar – Gesse ko`zchalari orqali
hayvon yorug’likni sezadi, lekin narsalarni farqlay olmaydi. Shaffof teri orqali
yorug’lik pigment «ko`zchalar»ga oson yetib keladi. Lantsetniklar yorug’likni
yoqtirmaydi. Tanasining oldingi qismida hid bilish chuqurchasi joylashgan. Og’iz
atrofidagi paypaslagichlari tuyg’u funktsiyasini bajaradi. Bundan tashqari
tanasining butun yuzasi bo`ylab tuyg’u funktsiyasiga ega bo`lgan hujayralar
joylashgan.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin