61
uchun ham uni Osiyoning janubi-sharqiy qirg’oqlarida yashovchi aholi qadimdan
oziq-ovqat sifatida ov qilishadi. Buning uchun suv ostidagi qumning yuza qismini
g’alvirda elab lantsetniklarni terib oladilar. Bitta qayiqda kuniga 5 kg gacha
lantsetnik ovlash mumkin. Bir yilda esa 35 t gacha lantsetnik ovlanadi. Bu esa 280
million dona lantsetnik demakdir. Lantsetniklarni qaynatib,
dudlab yoki qovurib
iste`mol qilinadi. Bunday qaraganda lantsetniklarning amaliy ahamiyati katta
emasga o`xshaydi. Lekin ular dengiz biotsenozida ozuqa zanjirida ahamiyati bor.
Bundan tashqari, lantsetniklar ilmiy jihatdan umurtqali hayvonlarning kelib
chiqishini yoritishda ham qimmatli material hisoblanadi. Boshskeletsizlarning
ajdodlari
to`g’risida
aniq
ma`lumotlar
bizgacha
yetib
kelmagan, chunki ular nozik gavdali va mayda hayvonlar
bo`lib, qoldiqlari qazilma holda saqlanmagan. Shunga qaramasdan akademiklar
A.O.Kovalevskiy
va
A.N.Severtsovlarning solishtirma anatomiya va embriologiya sohasida olib borgan
tadqiqotlariga asoslanib lantsetniklarning qadimgi ajdodlari suvda erkin suzib
yuruvchi ikki tomonlama simmetriyali hayvonlar
bo`lgan, degan xulosaga
kelinadi.
Bu hayvonlarning muskullari gavdasining boshidan – dumining oxirigacha
segmentlashgan, jabraoldi bo`shlig’i bo`lmagan,
xordasi boshigacha yetib
bormagan, jabra yoriqlari kam sonda, ya`ni 17-20 tagacha bo`lgan va ular
to`g’ridan-to`g’ri tashqariga ochilib turgan, deb taxmin qilinadi.
A.N.Severtsovning fikriga ko`ra bu boshlang’ich
boshskeletsizlardan ikkita
shoxcha chiqqan. Bitta shoxcha suvda erkin suzib yuruvchi hayvonlar singari
taraqqiy etavergan va ulardan umurtqalilar kelib chiqqan. Ikkinchi shoxcha
vakillari esa suv tubida hayot kechirishga o`tib, chap tomoni bilan yonbosh
yotishga layoqatlangan. Ularning og’iz
va anal teshiklari pastga, ya`ni chap
tomonga, chap tomondagi jabra yoriqlari esa yuqoriga, ya`ni o`ng tomoniga o`tib
qolgan. Keyinchalik suv tubidagi qumga ko`milib yashashga moslashish orqasida
lantsetniklarning ajdodlari paydo bo`lgan. Ularda jabra yoriqlarini ifloslanishdan
saqlaydigan jabra oldi bo`shliq-atrial taraqqiy etgan va gavdasi assimetriya
holatidan ikkilamchi marta ikki tomonlama simmetriyali bo`lib qolgan. Demak,
ko`pchilik zoolog olimlarning fikriga ko`ra, boshskeletsizlarning
vakillari
lantsetniklarga o`xshash bo`lgan qadimgi tuban xordalilardan kelib chiqqan.
Dostları ilə paylaş: