63
14-rasm. Umurtqali hayvonlar skeletining sxemasi:
I-baliqlar skeleti;
II-quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar skeleti.
Bosh skeleti bosh miya va sezgi organlari (hid bilish, ko`rish, eshitish,
muvozanat saqlash), hazm qilish sistemasining oldingi qismi va u bilan bog’langan
jabralarni mustahkamlab turish funktsiyasini bajaradi. Bosh skeleti ikki qismdan –
miya qutisi (bosh miya va sezgi organlarini himoya qilib turuvchi)
va vistseral
(hazm qilish va jabralar bilan bog’langan) qismlardan iborat.
O`q skeleti tuban umurtqali hayvonlarda (to`garak og’izlilar va ayrim tur
baliqlarda) hamda boshqa umurtqali hayvonlarning embrionlarida,
asosan
xordadan iborat bo`ladi.
Xordani biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan qin o`rab turadi, bu qin markaziy
nerv sistemasini ham qo`shib o`rab oladi va skeletogen qatlam, ya`ni tog’ay yoki
suyak umurtqa pog’onasini paydo qiladigan qatlam hisoblanadi. Shuni ta`kidlash
lozimki, suyak yoki tog’ay skelet hosil qilishda xordaning o`zi ishtirok etmaydi.
Umurtqali hayvonlarning umurtqa pog’onasi bir-biri bilan harakatchan
tarzda qo`shilgan bir qancha umurtqalardan iborat bo`ldi. Jag’sizlarning (to`garak
og’izlilar sinfi vakillarining) umurtqalari murtak holida bo`ladi, shunga ko`ra
umurtqa pog’onasi bo`limlarga bo`linmaydi. Baliqlarning umurtqa pog’onasi 2 ta
bo`limga – qovurg’alar o`rnashgan tana bo`limiga va qovurg’asiz dum bo`limiga
bo`linadi.
Quruqlikda
yashovchi
umurtqalilarning
tipik
umurtqa
pog’onasi
5
bo`limdan, ya`ni bo`yin, ko`krak, bel, dumg’aza va dum bo`limlaridan iborat.
Ko`krak bo`limining qovurg’alari to`sh bilan qo`shilib, ko`krak
qafasini hosil
qiladi. Umuman, taraqqiy etgan umurtqa pog’onasi bir tomondan, butun gavdaga
tayanch bo`lsa, ikkinchidan orqa miya va ichki organlar uchun saqlovchi g’ilof
bo`lib xizmat qiladi. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarda o`q skeleti oyoq
kamarlari bilan qo`shilib, juft oyoqlarga ham tayanch bo`ladi.
Oyoqlar skeleti toq va juft oyoq (suzgich qanot) skeletlariga bo`linadi. Toq
oyoqlar (suzgich qanot) skeleti faqat birlamchi suv hayvonlarida (to`garak
og’izlilar va baliqlarda) bo`ladi. Ular orqa, dum va anal suzgich qanot pardalarini
tutib turadigan tashqi skelet – shu`lalardan hamda gavda muskullariga o`rnashgan
va suzgich qanot shu`lalarini tutib turadigan ichki skelet – radial shu`lalardan
iborat. Juft oyoqlar (suzgich qanotlar) skeleti, oyoq kamarlari skeletiga va erkin
oyoq skeletlariga bo`linadi.
Harakat
organlari
kamarlari
hamma
vaqt
hayvon
tanasining
ichida
joylashgan bo`ladi. Ularning tuzilishi har xil guruhlarda turlicha bo`lganligi uchun
o`z joyida tushuntiriladi.
Baliqlarning suzgich qanot kamarlari birmuncha sodda tuzilgan bo`ladi va
umurtqa pog’onasiga qo`shilib turmaydi.
Quruqlikda
yashovchi
umurtqalilarning
juft
oyoqlari
baliqlarning
juft
suzgich qanotlaridan farq qiladi. Oldingi yoki yelka kamarining tipik elementlariga
64
kurak, korakoid va prokorakoid kiradi. Ularda qoplag’ich suyak -o`mrov ham
bo`ladi. Tos
yoki chanoq kamarida yonbosh, quymich va qov suyaklari bor.
Chanoq kamarida
qoplag’ich suyaklar
yo`q.
Erkin oyoq skeleti faqat ichki skeletdan iborat bo`lib, 3 bo`limga
bo`linadi.
Birinchi bo`lim bitta, ya`ni yelka yoki son suyagidan, ikkinchi bo`lim 2 ta
suyakdan, ya`ni tirsak va bilakdan hamda katta va kichik boldir suyaklaridan
iborat, uchinchi bo`lim esa 3 ta kichik bo`limlarga: oldingi oyoqda – bilaguzuk,
kaft
va barmoq suyaklariga, orqa oyoqda – tovon, oyoq kafti va barmoq
suyaklariga bo`linadi.
Dostları ilə paylaş: