7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103
7 - maruza (4)

Qon aylanish sistemasi.
Umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasi
tutash bo`ladigan chin qon aylanish sistemasidan va tutash bo`lmagan limfa
sistemasidan tashkil topgan. Chin qon aylanish sistemasida qon – oq va qizil qon
hujayralari qalqib yuradigan rangsiz suyuqlik – qon plazmasi, limfa sistemasida
esa faqat oq qon hujayralari qalqib yuradigan rangsiz limfa bo`ladi. Qizil qon
hujayralari yumaloq bo`lib, ichida maxsus pigment - gemoglobin bor, qonning
qizil bo`lishi ana 
shu gemoglobinga bog’liq.
Chin qon aylanish sistemasiga markaziy qon aylanish organi – yurak bilan
periferik sistema – qon tomirlari kiradi.
Yurak, bu qorin qon tomirining (qorin aortasining) devorlari qalin tortib,
kengaygan bir qismi bo`lib, devorida ko`ndalang yo`l-yo`l muskullar borligi bilan
ajralib turadi va bir nechta bo`limlarga (kameralarga) bo`linadi. Eng muhim
kameralari yurak bo`lmasi va 
yurak qorinchasidir.
Qon tomirlari ham ichidagi qonning qaysi tomonga oqishiga qarab,
arteriyalar va venalarga bo`linadi. Bunda arteriyalarda yurakdan chiqqan qon oqsa,
venalarda esa yurakka keladigan qon oqadi.
Asosan suvda yashovchi umurtqalilar (to`garak og’izlilar va baliqlar)ning
yuragi ikki kamerali, ya`ni bitta yurak bo`lmasi va bitta yurak qorinchasi bor,
ularning yuragida 
venoz qon bo`ladi. Qon aylanish doirasi ham bitta, bunda arterial
qon venoz qonga aralashmaydi, bu qon aylanish doirasi 2 funktsiyani bajaradi:
organizmning barcha hujayralarini ovqat va kislorod bilan ta`minlaydi; venoz
qonni qaytadan tiklaydi. Bu jarayon quyidagicha boradi, ya`ni arteriyalar orqali
yurakdan venoz qon chiqib, jabralarga boradi, jabralarda oksidlanib arterial qonga
aylanadi va arteriyalardan butun gavdaga tarqaladi, u yerda venoz qon bo`lib,
venalar 
orqali yurakka 
keladi.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilar sinflarining
yuragi 3 kamerali, ya`ni ikkita yurak bo`lmasi va bitta yurak qorinchasidan iborat.
Quruqlikda yashovchi yuksak darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarda
(qushlar va sutemizuvchilarda) yuragi to`rt kamerali, ya`ni ikkita yurak bo`lmasi
va ikkita yurak qorinchasi bo`ladi. Qon aylanishi ham aralash emas. Ularda 2 ta
qon aylanish doirasi, ya`ni katta va kichik qon aylanish doirasi bor 
(15-rasm). 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin