68
miya moddasi, tashqi qismi esa oq miya moddasidan tashkil topgan. Orqa miyadan
bir qancha
orqa
miya nervlari chiqadi.
Umurtqali hayvonlarda sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Sezgi organlariga
– teri sezgi organlari, yon chiziq organlari, eshitish organlari, ko`rish organlari va
hid bilish organlari kiradi.
Umurtqali hayvonlarda mexanik ta`sirlarni qabul qiladigan sezuv organlari
erkin holdagi nerv uchlaridan iborat. Ular terining butun yuzasiga va ichak hamda
boshqa organlarining shilimshiq pardalari yuzasiga ham tarqalgan.
Bundan tashqari, to`p-to`p bo`lib turadigan va biriktiruvchi to`qima pardasi
bilan o`ralgan maxsus uchli organlar – tuyg’u tanachalari ham bor.
Yon chiziq organlari birlamchi suv umurtqalilarigagina xos bo`lib, u ham
teri sezuv organi bo`lib hisoblanadi. Ular, asosan to`garak og’izlilar va baliqlarning
ikki yon tomonida bir qatordan uzunusiga ketgan va murakkab tarmoqlar hosil
qilib, bosh tomonga o`rnashgandir. Bu yon chiziq organlari suvning salgina
to`lqinlanib, gavdaning turli yeriga ko`rsatgan ta`sirlarni sezadi. Yon chiziq
organlari tufayli hayvonlar suvning qanday tezlik bilan qayoqqa qarab
oqayotganinigina sezibgina qolmay, balki u o`z gavdasining harakatlarini ham seza
Dostları ilə paylaş: