7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   103
7 - maruza (4)

Ayirish 
sistemasi.
Ayirish organlari metamer shaklidagi nefridiyalardan iborat bo
`lib, 90 juftga yaqin
qisqa naychalar halqum ustida joylashgan (10-rasm). Har bir naychaning bir
tomonida bir necha teshikchalar bo`lib, u nefrostomalar bilan selomga ochiladi,
 
ikkinchi tomoni bilan esa bir umumiy teshikcha orqali atrial bo`shliqqa ochiladi.
Bu teshiklar – nefrostomalar to`g’nag’ichsimon maxsus hujayralar – solenotsitlar
bilan qoplangan. Solenotsitlar ichida esa tebranuvchi kiprikchali naychalar bo`ladi. 
Shunday qilib, lantsetniklarning ayirish sistemasi metanefridiy tipida tuzilgan
oddiy sistemadan iborat. 
Ko`payishi. 
Boshskeletsizlar 
ayrim 
jinsli 
hayvonlar. Ko`payish 
organlari
jabraoldi bo`shlig’ining yon tomonida joylashgan ko`p sonli (25 juft) jinsiy
bezlardan iborat. Yetilgan jinsiy hujayralari jabraoldi bo`shlig’iga, undan esa suvga
tushadi. Tuxumlari suvda urug’lanadi.
Rivojlanishi. 
Lantsetnikning 
embrional 
rivojlanishini 
A.O.Kovalevskiy
batafsil o`rganib chiqqan. Embrional rivojlanishining dastlabki davrlari, xususan
tuxumning maydalanishi, blastula va gastrulaning hosil bo`lishi ignaterililar va
boshqa umurtqasiz hayvonlarnikiga o`xshash bo`ladi Og’iz teshigi ignaterililar
ichak bilan nafas oluvchilar va xordalilarniki singari ikkilamchi. Boshqa 
xordalilar 
singari 
lantsetnikda 
ham 
ikkilamchi 
tana
bo`shlig’i – selom
 
bo`ladi. Ikkilamchi tana bo`shlig’i –
selom birlamchi ichakdan
hosil bo`ladi. 
 
Biroq atrialning kuchli taraqqiy etganligi tufayli uning hajmi h alqum
atrofida juda qisqargan. U faqat halqumi yuqori bo`limining yon tomonlarida va
tananing pastki qismi hamda halqum tagida saqlanib qolgan. Tananing keyingi
qismida selom yaxshi taraqqiy etgan, ya`ni u tana devori bilan ichak orasidagi
bo`shliqning hammasini egallagan. Lekin embrionning bundan keyingi
rivojlanishi, ya`ni nerv nayi, muskullari, skeleti va 
boshqa 
bir qancha 
organlarining
shakllanishi umurqalilarnikiga o`xshash bo`ladi. Chunonchi, epiteliyning ostida
embrion orqa tomoni bo`ylab hosil bo`lgan egatchaning pushtachalari birlashib 
nerv 
nayi
shakllanadi. Birlamchi ichakning o`rta qismi orqa devori alohida ajralib chiqib, 


60 
xordani 
hosil
qiladi. Umuman olganda, lantsetniklarning mezodermasidan muskullari, qon 
tomirlari,
ayirish sistemasi, ichki sekretsiya bezlari va boshqa organlari hosil bo`ladi. 
Ektodermasidan
teri, sezgi organlari va ichakning oldingi qismi, entodermasidan esa xorda va 
ovqat 
hazm 
qilish
organlari vujudga keladi. Lantsetnikning lichinkalik davri 3 oygacha davom 
etadi. 
Lichinkalar 
avval 
suv
betida gavdasini qoplab olgan kiprikchalari bilan suzib yuradi, keyinchalik esa 
suvning 
tagiga
tushib rivojlanib jinsiy voyaga yetadi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin