Jismoniy tarbiyaning rivojlanish tarixi va bugungi kundagi



Yüklə 450,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü450,29 Kb.
#180607
1   2   3   4
jismoniy-tarbiyaning-rivojlanish-tarixi-va-bugungi-kundagi-ahamiyati

ǀ
ISSUE 6 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1746
va madaniyatga aylantirish kerakligi ta’kidlangan. P.F.Lesgaft ommaviy jismoniy 
ta’limning tarafdori sifatida barcha turdagi o`quv muassasalarida jismoniy 
mashg`ulotlarni ilmiy asoslangan reja va dasturlar asosida olib borishning targ`ibotchisi 
bo`lgan va o`zining barcha bilim va tajribalarini shunga qaratgan. Nafaqat Rossiyada, 
balki butun dunyo miqyosida uning jismoniy tarbiya tizimi haqidagi ta’limoti ijobiy 
ahamiyat kasb etadi va hozirgi davrgacha dolzarbligini yo`qotmasdan kelmoqda.
Jismoniy tarbiya darslarini ilmiy tashkil etishning pedagogik asoslari 
Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini tashkil etishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan 
bo`lib, XX asrda dunyo miqyosida e’tiborga loyiq ta’limotlar paydo bo`ldi. Bu 
ta’limotlar insonning jismoniy kamolotini va imkoniyatlarining chegarasini ancha 
kengaytirdi. Jismoniy tarbiya, sport musobaqalari, xalq o`yinlari dunyo miqyosida keng 
yoyilib boshladi. Turli xalqlarning jismoniy tarbiya va sport 
o`yinlari xalqaro miqyosda tarqalib, baynalminalchilik va vatanparvarlik tuyg`ulari 
kuchliroq shakllanadigan darajaga yetdi. Bu davrdagi va sharoitdagi jismoniy tarbiyani 
tashkil etishning ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqishda A.D.Novikov, 
L.P.Matveev, V.A.Ashmarin, Ch.T.Ivankov, N.I.Ponomarev, V.V.Popchenko, 
B.M.Shiyan, A.Abdullaev, A.Akramov, F.Nasriddinov, F.Karimov, F.Xo`jayev, va 
boshqa olimlar faol ishtirok etdilar. A.D.Novikov va L.P.Matveevlar jismoniy 
tarbiyaning nazariyasi va o`qitish pedagogikasiga doir ko`pgina asarlar yozgan. Ular 
olib borgan tadqiqotlarning asosiy mavzusi jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi 
muammolari bo`lib, fan sifatida shakllanishi, jismoniy tarbiyaning maqsadi, vazifalari, 
vositalari, asosiy prinsiplari, jismoniy tarbiyaning boshqa tarbiya yo`nalishlari bilan 
uzviy bog`liqligi va jismoniy ta’limning qonun-qoidalarini o`rganishga qaratilgan. 
Jismoniy ta’limning didaktik asoslari pedagogika fani qonuniyatlariga chuqur 
bog`langan holda bayon etilgan. Ba’zi hollarda ayrim didaktik masalalar jismoniy 
tarbiya borish muammolari bilan aralash holda talqin etilgan. Masalan, jismoniy 
mashg`ulotlarning shakllari, sport trinirovkasi, amaliy jismoniy tayyorgarlik jismoniy 
ta’lim sifatida o`rganilishi, didaktik muammo sifatida tadqiq etilsa ma’qul bo`lar edi. 
O`zbekistonlik olimlar sho`rolar tuzumi davrida jismoniy tarbiyaning ilmiy-nazariy 
asoslari va uni o`qitish metodikasi bo`yicha olib borgan tadqiqotlari to`laligicha rus 
olimlarining g`oyalariga aynan mos kelar edi. Mustaqillikka erishgandan keyin milliy 
jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi muammolarini ishlab chiqishga jadallik bilan 
kirishildi va e’tiborga loyiq natijalarga erishildi. 
O`zbekistonlik olimlar bu yo`nalishda samarali ilmiy faoliyat yuritishmoqdalar. 
A.Akramovning 
“O`zbekistonda 
jismoniy 
madaniyat 
va 
sport 
tarixi”, 
K.Nurmuhammodovning 
“Jismoniy 
tarbiya 
va sportning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolari”, Nasriddinov F. va E.Shoternikovlarning “Inson omilini dunyo miqyosida 
keng yoyilib boshladi. Turli xalqlarning jismoniy tarbiya va sport o`yinlari xalqaro 
miqyosda tarqalib, baynalminalchilik va vatanparvarlik tuyg`ulari 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 450,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin