Page 1747
kuchliroq shakllanadigan darajaga yetdi.
Bu davrdagi va sharoitdagi jismoniy tarbiyani tashkil etishning ilmiy- pedagogik
asoslarini ishlab chiqishda A.D.Novikov, L.P.Matveev, V.A.Ashmarin, Ch.T.Ivankov,
N.I.PonomarEv,
V.V.Popechenko,
B.M.Shiyan,
A.Abdullaev,
A.Akramov,
F.Nasriddinov, F.Kerimov, F.Xo`jaev, va boshqa olimlar faol ishtirok
etdilar.
Maktab va maktabdan keyin o`quvchilarini harakatga o`rgatish va jismoniy sifatlarning rivojlantirish prinsiplari Maktab yoshi harakatga o`rgatish uchun eng qulay yoshdir. Huddi mana shu
yillarda bolalar yuqori egiluvchanlikga, kuchli va tez nerv qo`zg`alishiga ega va shunga
ko`ra harakatlarning shartli reflekslarini yengil hosil bo`lishi bilan ajralib turadilar. 14-
15 yoshda harakat analizatorlarining rivojlanganligi me’yoriga yetadi. Maktabni
tugallash davriga kelib o`quvchilar xilma-xil darajadagi harakat malakalariga ega
bo`ladigan. Bu o`z navbatida jismoniy mashqlarni, mehnat faoliyatida va ijtimoiy
hayotda turmushda, o`zlarining sog`ligini mustahkamlashda, jismoniy tayyorgarlikni
oshirishda qo`llay oladilar. Harakat o`rgatish shug`ullanuvchini jismoniy rivojlanganligi
va jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy sifatlarini darajasiga qarab amalga oshiriladi.
Katta, o`rta, kichik yoshdagi o`quvchilarni harakatga o`rgatishda umumiy metodik
prinsiplarni qo`llashga alohida e’tibor beriladi.
Onglilik va faollilik prinsipiga muvofiq yildan yilga bolalar o`rgatilgan harakat
faoliyati haqida bilimlarga ega bo`la borishlari, bajarilgan harakat nimaga faqat aynan
shunday bajarilishi kerakligi, boshqacha bajarilsa qanday xatolar sodir bo`lishi
mumkinligi haqida fikr yurita oladigan bo`lishlari lozim. Bu bilan ularning
fikrlash doirasi kengayadi. Kichik yoshdagi jismlarni ko`rish orqali fikrlaydiganlarda
hayotiy misollar bilan, jismoniy mashqning ahamiyati uni kundalik turmushda
qo`llanilishi shug`ullanuvchini sog`ligi uchun ahamiyati va
boshqalar haqida hayotiy misollar keltirilsa bas.
Bu jarayon o`rganilgan materiallarni ko`p marotaba qaytarish orqaligina amalga
oshirilishi, shundagina yuqori natijalar uchun ko`p ter va og`ir mashaqqatlar tortish
kerakligi ularning ongiga singdiriladi. Bu yoshdagilar psixikasiga e’tibor borish muhim
ahamiyatga ega. Ular o`rganilayotgan harakat faoliyatini tezdagina egallab olishga
urinadilar. Bu bilan ular xatolarga yo`l qo`yadilar. Shuning uchun harakat texnikasi
ustida ishlash og`ir ekanligini alohida tushuntirish muhim ahamiyatga ega. Ularni
harakatlarni o`zlashtirishda bir-biridan xatolar topishga majbur qilish, xatolarni ko`ra
bilish, tahlilga o`rgatish va bo`lajak xatolarni oldini olishga zamin yaratadi. Qolaversa
o`qitilgan mavzularni qaytarishda ularni guruhchalarga rahbarlik qilishga o`rgatishni
hayotiy ahamiyati katta. Mustaqil fikrlashga e’tibor berish muhim ahamiyatga ega.
Sport taktikasi haqida tushunchalar, mustaqil shug`ullanishlari uchun maslahatlar
borish maqsadga muvofiq bo`ladi.