SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 6
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1745
JISMONIY TARBIYANING RIVOJLANISH TARIXI VA BUGUNGI KUNDAGI
AHAMIYATI
Komiljon Imamnazarovich Bazarov
Jizzax davlat pedagogika instuti akademik litseyi jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Jismoniy tarbiya fanida rus va yurtimizning olimlari olib borgan
tadqiqotlar, maktabda jismoniy tarbiya fani va uni o’tilishi haqida fikrlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
P.F.Lesgaft, jismoniy tarbiya darslarini ilmiy tashkil etishning
pedagogik asoslari.
HISTORY OF DEVELOPMENT OF PHYSICAL EDUCATION AND ITS
IMPORTANCE TODAY
ABSTRACT
This article presents the research conducted by Russian and domestic scientists in
the field of physical education, the views on the subject of physical education at school
and its implementation.
Keywords:
P.F. Lesgaft, Pedagogical bases of scientific organization of physical
education lessons.
Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini tashkil etishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan
bo`lib, XX asrda dunyo miqyosida e’tiborga loyiq ta’limotlar paydo bo`ldi. Bu
ta’limotlar insonning jismoniy kamolotini va imkoniyatlarining chegarasini ancha
kengaytirdi. Jismoniy tarbiya,
sport musobaqalari, xalq o`yinlari qiladigan, ularni bir-
biri bilan taqqoslay olish hamda o`zicha
baholay oladigan, ya’ni tahlil qila olishni
jismoniy ta’limning eng muhim vazifalaridan biri deb hisoblagan. Uning fikricha har
taraflama kamil topishgina
juda oz kuch sarflab, juda qisqa vaqt orasida eng yaxshi
natijalarga erishib ishlash imkonini beradi. Jismoniy ta’lim shug`ullanuvchining
yoshiga, jinsiy va individual xususiyatlariga mos holda amalga oshirishning tarafdori
bo`lgan. Asta-sekin
murakkablashib borishi, ko`nikma va malakalarning mukammal
bo`lishi kerakligi qayd etilgan.
P.F.Lesgaft jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini o`qituvchi tushuntirishi orqali
tashkil etishning tarafdori bo`lgan. Shaxsiy namuna sifatida ko`rsatib
borishni
ma’qullamagan. Tarbiyalanuvchi fikr yuritmaydigan, mexanik tarzda bajaradigan
bo`lib qoladi deb sanagan.
Uning ta’limoti asosida jismoniy ta’lim aqlga suyanishi,
aqlni ishlatgan holda
jismoniy ko`nikma va malakalar hosil qilishi, takomillashtirib borib, jismoniy mahorat