55
xokazo) foydalanish negizida korxona faoliyatini boshqarish funktsiyalarini
bajarishni ta’minlaydi, ya’ni avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi (ABS) paydo
bo’ladi. ABSni joriy qilish tufayli katta xajmdagi axborotlarga tezkor ishlov beriladi:
axborotlar okimini tartibga solish va axborotlardan unumli foydalanish darajasini
oshirish, boshqarish hodimlarni serMehnat hisoblash operatsiyalaridan ijldiy Mehnat
uchun bushatish; ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatiga rahbarlik bo’yicha qarorlarni
optimallashtirish va boshqarish Mehnatning umumiy
madaniyatini oshirish
ta’minlanadi. Barcha pogonalardagi rahbarlar va ijrochilarning mustakilligi va
ma’suliyatliligi usgan sharoitda menejment kerak. Korxonani menejmentning
avtomatlashtirilgan sistemasini vujudga keltirishda dastlabki kadam uning iqtisodiy-
tashkiliy andozasini ishlab chiqish hisoblanadi. Iqtisodiy-tashkiliy andoza deganda
bo’lajak boshqarish sistemasining qoidalarida, talabalarda bajariladigan ish tartibida,
mezonlar to’plamida va xokazolarda tashkiliy tuzilishi tushuniladi. Korxonani
avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasining iqtisodiy-tashkiliy andozasini ishlab
chiqish ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etishning
mavjud tizimini tartibga
solish va takomillashtirish maqsadida uni tekshirish va tahil qilishdan boshlanadi.
Birinchi navbatda korxonaning mavjud ishlab chiqarish tuzilishi, Ya’ni ishlab
chiqarish va xizmat ko’rsatish bo’linmalari hamda xizmatlarning tarkibi va o’zaro
aloqasi chuqur tahil qilinishi lozim. Tashkiliy tuzilmani tahil etishda tuzilishli
bo’linmalarda ayrim menejarlar bajaradigan boshqarish funktsiyalarini puxta
o’rganish lozim. Tahildan maqsad-ishning xajmi va mazmuni korxonaning
extiyojlariga va extiyojlarni bajarish bilan band bo’lgan hodimlarning miqdoriga
qanchalik mos kelishini aniqlashdir. SHu asosda ayrim boshqarish hodimlari
vazifalarini kushish hisobiga mayda boshqaruv bo’linmalarini
yiriklashtirish va
ortiqcha tuzilmali boshqaruv bo’linmalarini tugatish bo’yicha tavsiyalar ishlab
chiqiladi. Korxonani avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasini axborot bilan
ta’minlashga: me’yorlash-ma’lumotnoma bazasi: kodlashtirish va tsif tizimi; axborot
tashuvchi tizim; xujjat aylanma tizimi kiradi. Axborot okimlarini o’rganishning turli
usullari: tarmok andozasi asosida, kolipli andozalashtirish, grafa analitik va boshqa
usullar bilan o’rganish mavjud. Bularning eng soddasi har bir bo’limda tuziladigan
56
tuzilish-axborot sxemasi asosida bo’linmalar o’rtasidagi xujjat aylanmasi va o’zaro
aloqani o’rganishdir. Korxonadagi xujjat okimlari umumiy axborot andozasida biron-
bir kichiq tizim o’rnini aniqlash, boshqarish jarayonini matematik ta’minlash va
uning texnika majmui uchun talablar bildirish imkonyatini yaratadi.
Matematik
ta’minlash deganda ushbu korxonada avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi hal
qiladigan barcha majmui vazifalar bo’yicha axborotlarni mashinada ishlashning
algoritmlari va dasturlari tizimi tushuniladi. Xozirgi EXM ko’p dasturli rejimda
ishlashi mumkin. Bunda bir qancha masala bir vaqtni o’zida hisoblash mashinasida
bo’ladi va ikkinchi bir masalani bajarishga o’tish uchun masalalardan birinchi
yechishni to’xtatish hamda keyinchalik to’xtatilgan dasturga kaytish mumkin. ABSni
texnika jihatdan ta’minlash kurilmalar va mashinalarning uch asosiy guruhini o’z
ichiga oladigan texnika vositalari majmuidan iborat: axborotni ishlash tizimiga
ma’lumotlarni kiritadigan vositalar; axborotni tuppa-to’g’ri EXM ga beradigan aloqa
kurilmalari va kanallari; axborot kiritish va berish maslamalari
bilan jixozlangan
EXM. Iqtisodiy axborot-bu moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, almashtirish,
taksimlash, jamgarish va iste’mol qilishning ijtimoiy jarayonlari xaqidagi axborotlar.
U iqtisodiy ma’lumotlardan olinadi. Mamlakatimizdagi axborot tizimi boshqaruv
axborotini ham, xabar beruvchi tezkor ishlab chiqarishni hisobga olish, buxgalteriya
hisobi, bank axboroti, statistikani ham o’z ichiga oladi. Bu barcha sohalarda
ma’lumotlarni kayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimi va avtomatlashtirilgan
boshqarish sistemasi rivojlanganligini ko’rsatadi.
Har bir boshqaruv organining, har
bir boshqaruv tizimining, shu jumladan, avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasining
vazifasi bu ko’rsatkichlardan mamlakatning oliy bosqichida boshqarishning barcha
darajalarida yechim yoki qaror qabul qilish uchun eng ko’p foydali axborot olishdan
iboratdir. Xulosa qilib aytish mumkinki, korxona faoliyatini boshqarish jarayonida
iqtisodiy kibernetika usullaridan foydalanish shart.
Dostları ilə paylaş: