Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


IX. 3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida iqtisodiy tarbiya



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

IX. 3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida iqtisodiy tarbiya 
berishning nazariy asoslari 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilimlarni berishda 
dastavval tarbiyachi-pedagog iqtisodiyotga oid ma’lum bilimi va 
maTumotlar bilan qurollangan bo‘lmog‘i zarur.
Tarbiyachi-pedagog quyidagi nazariy bilimlarni bilishlari zarur: 
– Iqtisodiyotning inson hayotida tutgan o‘rni va uning rivojlanish 
tamoyillari va nazariy asoslarini; 
– zaruriy hayotiy ehtiyojlar va bolalar faoliyatida oqilona qo‘llay 
olish;
– bolalarga iqtisodiy bilim berish orqali iqtisodiy ong, iqtisodiy 
madaniyatni tarbiyalash zarur. Iqtisodiy tushunchalardan bo‘lgan 
bozor tushunchasi bilan tanishtirishda tarbiyachi bolalarga “bozor” 
haqida ma’lumot beradi.
Bozor – bu xaridor bilan sotuvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, 
ularni bir-biri bilan bog‘laydigan mexanizmdir. Bozorga tovar egasi 
sotish uchun, xaridor narsa sotib olish uchun chiqadi. Bozordagi 
sotuvchi va xaridorlar kimlar?
Sotuvchilar bu tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar, fermalar, 
fermer xo‘jaliklari, yakka tartibda ishlab chiqaruvchi kishilardir.
Xaridor esa barcha aholi, davlat idoralari va iste’molchilardir. 
Bozorda tovarlarni pul vositasida ayirboshlash ya’ni oldi-sotdi 
munosabatlari paydo bo‘Iadi. Bir tovar pulga ayirboshlansa, shu pulga 
boshqa narsa sotib olinadi. Ya’ni, bog‘bon o‘z yetishtirgan ho‘l meva 
mahsulotlarini sotib, o‘rniga o‘ziga kerakli mahsulot sotib oladi. 
Bunda: tovar pulga sotiladi, yana boshqa tovar sotib olinadi.


162 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga bozor turlari va asosiy vazifalari 
haqida ma’lumot beriladi. 
Bozorlar mazmuni va ishlatilishiga qarab quyidagi turlarga 
bo‘linadi:
– iste’molchilar bozori - bunda iste’mol uchun zarur bo‘lgan barcha 
tovarlar sotiladi; 
– xizmat ko‘rsatish bozori bunda asosan zarur bo‘lgan xizmatlar 
ko‘rsatiladi. Bu bozorning rivojlanishi aholining iqtisodiy shart-
sharoitlarini yaxshilab berish bilan bog‘liqdir;
– uy-joy bozori bu bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan 
bo‘lib, asosan uy-joylarni xususiylashtirish va ularni sotib olish bilan 
bog‘liq bo‘lgan hujjatlardan tashkil topadi;
– innovatsion bozor-ilmiy yangiliklarni texnika va ishlab chiqarish 
texnologiyalarini, turli ixtirolarni o‘zida jalb etadi;
Shuningdek, mahalliy, milliy, asosiy, qo‘shimcha chakana, 
ulgurchi, mayda-ulgurchi davlatlararo, jahon bozor turlari mavjud.
Xaridor bozordan o‘ziga kerakli ehtiyoj narsalarni pulga sotib 
oladi. Xo‘sh, pulning o‘zi nima? Pul bozor aloqalarining hammabop 
va universal iqtisodiy vositasidir. 
Pul – bozor munosabatlarining asosiy vositasi, uning yordamida 
barcha iqtisodiy aloqalar amalga oshiriladi.
Ma’lumki, hamma kishilar puldan foydalanadilar. 
– Pulga xonadonlar’bozordan davlatga iste’mol tovarlarini sotib 
oladilar. 
– Pul - soliqlar, badal, qarz, stipendiya, pensiya kabi majburiyatlarni 
to‘lash uchun kerak 
Pul 3 ta asosiy funksiyani boshqaradi:
1 – hisob-kitob va iqtisodiy o‘lchov funksiyasi;
2 – muomala vositasi; 
3 – jamg‘arish vositasi. 1994-yil 2-iyundan boshlab “O‘zbekiston-
da milliy pul so‘m joriy etildi, Milliy pul – bu muayyan mamlakatda 
muomalada yuruvchi va tanho to‘lov vositasi deb qabul qilingan 
puldir. Bunda nechta mamlakat bo‘Isa, shuncha milliy pullar bor, 
Ularning nomida o‘xshashlik bo‘lsada, ular farqlanadi. AQSh, 
Kanada, Avstraliya, Gonkong pullari dollar bilan yuritiladi, lekin ular 
hamma jihatdan farqlanadi. Milliy pullar turlicha bo‘ladi. Ulardan biri 
tovar shaklidagi puldir, ya’ni bu oltindir.


163 
Qog‘oz pullar davlat tomonidan muayyan mamlakatdagi yagona 
to‘lov vositasi sifatida kiritiladi va bu tanga pulning o‘ziga yozib 
qo‘yiladi. Qog‘oz pullar kupyura shakliga ega. Ular har xil qiymatli 
bo‘lib chiqariladi. Masalan, O‘zbekiston milliy puli – so‘mni olsak, 
10, 25, 50,100,200,500,1000,5000,10000 va 50000 so‘mlik pullar 
shaklida chiqariladi.
Ular yirik va mayda pullarga ajraladi. Yirik pullar qog‘oz 
shaklida, mayda pullar tanga va chaqa shaklida chiqariladi.
Milliy pul quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: 
– u mamlakatdagi yagona to‘lov vositasi hisoblanadi. 
– u himoya belgilariga ega (bu belgi 12 tagacha bo‘ladi), uni 
qalbakilashtirish qiyin bo‘ladi. 
– milliy pulning o‘z ko‘rinishi bor, uni boshqa puldan farqlantirib 
topib olish mumkin. Milliy pul chidamli bo‘lib, uzoq davrga qadar 
xizmat qila oladi. Pul o‘z shakli jihatidan qog‘oz, tanga va chaqa 
pullardan tashkil topsa, muomala jihatidan naqd va naqd bo‘lmagan 
pullarga ajraladi. 
Naqd pullar – bu aholi qo‘lida aniq moddiy shaklidagi qog‘oz va 
tanga pullar bo‘lib, u qo‘ldan-qo‘lga o‘tib yuradi.
Bank – bu pul bozorda faoliyat yurituvchi moliyaviy institutdir. 
Biroq oldi-sotdi aloqalariga naqd bo‘lmagan pullar ham xizmat 
qiladi. Bu bankdagi ayrim kishilar, fermerlar yoki davlat tashkilotlari 
nomiga yozilgan puldir. Aholi naqd pul va bankdagi puldan tashqari 
plastik kartochkalardan ham foydalanadi. Biroq, ularning o‘zini pul 
deb bo‘lmaydi.
Plastik kartochka pul borligini tasdiqlovchi vositadir. Asl pul 
kartochkaning o‘zi emas, balki bankdagi pul egasi hisob varag‘i 
yozilgan puldir. Pul qanday shaklda bo‘lishidan qat’i nazar kishilar va 
jamiyatga xizmat qiladi. 
Narx – bozor aloqalarining asosiy iqtisodiy vositasi bo‘lib, tovar 
va xizmat birligini sotib olish uchun to‘lanadigan pul miqdorini 
bildiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga narx bozordagi oldi-sotdi 
aloqalarini ta’minlashi, pul bo‘lgandagina bozordan narsa yoki tovar 
sotib olish mumkinligi, xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi kelishuv, 
sotuvchi bozorda o‘z narxini taklif qilishi mumkinligi, savdolashuv 
asosida har ikki tomonga ma’qul narx paydo bo‘lishi to‘g‘risida 
tushuncha beriladi. Buning uchun “Bozorda” o‘yini hamkorlikda 
o‘ynaladi.


164 
Bolalarga xonadon byudjeti oilada jamg‘ariladigan va tejab 
qolingan pul, ya’ni oila daromadi va oila xarajati kabi tushunchalar 
berib boriladi.
Xarajat bu har qanday narxning umumiy asosi bo‘ladi, chunki 
xarajatsiz hech qanday tovar yoki xizmat yaratib bo‘lmaydi. Xarajat 
narx tarkibiga kiradi, chunki tovarlar sotilgach ular qoplanishi kerak. 
Narx hech bo‘lmaganda xarajatni qoplashga yetarli bo‘lishi kerak. 
Masalan, yosh tadbirkor milliy qo‘g‘irchoqni yasab uni bozorga olib 
chiqadi, har bir qo‘g‘irchoqning tannarxi ya’ni tadbirkor sarflagan 
xarajat taxminan 10.000 so‘m, unga bozor narxi 12.000 so‘m qilib 
belgilanadi. Tadbirkorning har bir qo‘g‘irchoqdan oladigan sof 
foydasi 2 000 so‘m. Talabga qarab, narx-navoni oshirish yoki 
tushurish mumkin. Bu bolalar bilan o‘ynaladigan “Biz bozorga 
boramiz” o‘yinida aks ettiriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga tadbirkorlik to‘g‘risidagi 
tushuncha berishda, tadbirkorlik mehnat faoliyatining bir turi ekanligi, 
bu g‘oyat mas’uliyatii mehnat turi ekanligi tushuntiriladi.
Tadbirkorlik bu bozor qonun-qoidalariga asoslangan faoliyat 
hisoblanadi. Tadbirkorlik bu intilish, qandaydir yangilikni 
boshqarishda qaror qilish, yaratishga intilishdir. Tadbirkorlik amaldagi 
qoidalarga muvofiq daromad olishga qaratilgan yuridik va jismoniy 
shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish yo‘li bilan tavakkal 
qilib o‘z mulkiy javobgarligi ostida amalga oshiriladigan 
tashabbuskorlik faoliyati hisoblanadi.
O‘zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikning taraqqiyoti 
tarixan 5 davrni bosib o‘tdi. Birinchi davr – XIX asr uchinchi 
choragidan 1917-yilgacha davom etdi. Bunda kosiblar, dehqonlar, 
kichik va o‘rta korxonalar bo‘lgan. Ikkinchi davr – 1918-1985 
(turg‘unlikj davri yakka tartibdagi hunarmardchilik -kosibchilik 1 % 
ga yetgan. Uchinchi davr – 1985-1991-yillar jonlashish davri. 
To‘rtinchi davr shakllanishi – 1991-2005-yillar. Beshinchi davr – 
barkamollik davri, 2005-yildan keyingi yillar.
Mamlakatimizda yaratilgan qonunlar, me’yoriy hujjatlar asosida 
iqtisodiyotning an’anaviy tadbirkorlikka moyil bo‘lgan tarmoqlar, 
xizmatlar tarmog‘i kengayadi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida 
tadbirkorlik faoliyati ijtimoiy va iqtisodiy amaliyotga ega. Bozor 
iqtisodiyotga asoslangan ishlab chiqarish jarayonida tadbirkorlikning 
roli kattadir.


165 
Tadbirkor bu shunday insonki, u o‘zida bo‘lgan pul 
mablag‘laridan, ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ishlab 263 
chiqarish qurollari, mahsulotlar bilan aholi uchun turli ijtimoiy 
xizmatlar ko‘rsatishni tashkil qiluvchi shaxsdir. Tadbirkor – bu tartib 
bilan puxta o‘ylab ish qiladigan, ya’ni ishbilarmon shaxs. Hamma 
ham tadbirkor bo‘lavermaydi. Tadbirkor doimo o‘zining fikr-
mulohazalari bilan yangilik yaratishga, ya’ni ishlab chiqarish tashkil 
etishga, yangi iste’mol mahsulotlarini yaratishga yangi texnika va 
texnologiyalarini yaratish orqali o‘z qo‘lida ishlayotgan xodimlarning 
mehnatlarini yengillashtirish, ishlab chiqarish harakatlarini kamay-
tirishga intiluvchi shaxs hisoblanadi. 
Firma – bu tovar ishlab chiqaruvchi korxona. U nafaqat moddiy 
tovarlarini, shuningdek xizmatlarni ham yaratadi va qimmat bozorga 
chiqaradi.
Firma iqtisodiyotimizning muhim boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘ib, 
unda ishlab chiqarish yuz beradi, ishlab chiqarish omillari harakatga 
keladi. Rivojlanayotgan tezkor davrda respublikamizda yashayotgan 
har bir fuqaro keksa-yu yosh “biznes” degan terminga duch kelmoqda. 
Xo‘sh, biznes so‘zini qanday tarzda tashkil etish mumkin?
Biznes so‘zi inglizchadan “tadbirkorlik harakati” deb tarjima 
qilinib, mulkka ega fuqarolarning daromad keltiruvchi faoliyatidir. 
Biznes bu harakat, ish demakdir. Bu oddiy va tekin ish bo‘lmasdan, 
balki kishilar o‘rtasidagi ishbilarmonlik munosabatlari orqali yuzaga 
keladigan harakatdir.
Biznes - o‘z ehtiyojini qondirishga qaratilgan faoliyatdir. Biznes 
uzoq davrni qamrab oluvchi taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. XX 
asrning o‘rtalarida tizim tasnifiga ega bo‘ldi. nBiznes bu ishlab 
chiqarishni tashki etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, pul ishlab 
topishdir.
Biznes bu tijorat, savdo, ferma, ishbilarmonlik, epchillik demak-
dir. Biznes tizimi iqtisodiy tizimning tarkibiy qismi hisoblanib, davlat 
tomonidan tartibga solinadi. Biznes ishi bilan shug‘ullanuvchilar 
biznesmenlar deb ataladi. Yaqin davrlargacha biznesmen degan 
ishbilarmon kapitalist, har qanday ishdan o‘zi uchun daromad 
qiluvchi, o‘zini boyitish uchun hech qanday yo‘ldan qaytmaydigan 
kishilar sanalardi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish natijasida bu kungacha boshqacha tus 
oldi va biznes deganda bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda olish 


166 
maqsadida mahsulot ishlab chiqarish va sotishga qaratilgan iqtisodiy 
faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar tushunila boshlandi. XVII asr oxirida 
“biznesmen” so‘zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida paydo 
bo‘lib, u “mulk egasi” ma’nosini bildiradi.
Biznesmen bu dadil, muhim va murakkab maqsadlarni ro‘yobga 
chiqarishga jazm etib, yangi g‘oyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq 
bo‘lgan mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan, tavakkal ish yurituvchi 
shaxsdir. 
Biznesmen bu doimo o‘z ishining fidoyisi, bilimdon kishidir. U, 
avvalo, biznes ishini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda 
amaliy harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to‘siqlarni hal 
qilish yo‘llari va qanday yutuqlarga erisha olishni bilishi kerak. U 
ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulotni sota bilish, bozor 
munosabatlari sharoitida vujudga keladigan sharoitlarni to‘g‘ri 
baholay bilishi, to‘g‘ri yo‘l tanlay olishi lozim. Har bir biznesmen 
faqat o‘z kuchiga, bilimiga ishonishi va suyanishi kerak. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi “Tadbir-
korlik to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq “balog‘at yoshiga yetgan har 
bir fuqaro o‘z mulkiga yoki mulk egasining vakolati asosida qonunga 
zid bo‘lmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin”. Biznes 
faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyati jihatidan 
davlat, jamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan ish bo‘lib, u erkin tanlangan 
faoliyatdir. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni vaqt tushunchasi bilan 
tanishtirish asosan matematika mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. 
Kattalar tomonidan ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi yuqori 
bo‘lsa, vaqtning qadri oshadi, chunki vaqt birligida shunchalik ko‘p 
mahsulot va xizmat yarataish shu tufayli ko‘proq pul topish 
imkoniyati yaratiladi. Vaqt bu pul demakdir, degan shiorning ham 
ma’nosi mana shunda.

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin