Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


VIII. 6. Estetik tarbiya vositalari



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

 
VIII. 6. Estetik tarbiya vositalari 
Bolalarda go‘zallik haqidagi bilimlar atrof voqelikni uning 
butun xilma-xilligida, shuningdek go‘zallik eng ko‘p jamlangan holda 
aks etadigan san’atni estetik o‘zlashtirish jarayonida tarkib toptiriladi. 
Hayot xilma-xilligi san’at turlari va janrlarning xilma-xilligiga sabab 
bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning har biri o‘z janriga ega 
bo‘lgan grafika, rang-tasvir, haykaltaroshlik, manzarali amaliy san’at, 
adabiyot va musiqa bilan tanishadi. Bolalar shuningdek, bizni o‘rab 
turgan dunyoning eng muhim estetik tomonlari va xususiyatlarini ham 
egallaydilar. Maktabgacha yoshdagi davrida musiqa, vokal va cholg‘u, 
undagi mavzuni xilma-xilligi, ayrim asarlarning janri, tuzilishi, 
musiqali ifoda vositalari, musiqa asboblari haqida ham bilim beriladi. 
Bolalar xalq qo‘shiqlari va raqslari, doira bo‘lib qo‘shiq aytish, klassik 
va zamonaviy musiqa asarlari bilan tanishadilar. MTTni o‘rab turgan 
go‘zallik muhiti bolalarning har tomonlama kamol topishiga, estetik 
didlarining tarbiyalanishiga yordam beradi. 


152 
Maktabgacha ta’lim tizimiga xos bo‘lgan estetika va etikaning 
birligini oilada MTTlarda kichkintoylarni tarbiyalashda bemalol 
qo‘llash mumkin. Lekin haqiqiy turmush estetikasini yaratish uchun 
tarbiyachi va ota-onalarning yuqori madaniyatli, yaxshi xulqli, 
xushmuomala, badiiy didli bo‘lishlari talab etiladi. 
Ta’lim-tarbiya 
ishlarida o‘zbek xalq amaliy san’ati 
namunalaridan foydalanish katta ahamiyatga egadir. O‘zbek naqshlari 
tushirilgan chiroyli guldor matolar qo‘g‘irchoqlar uchun ko‘ylak, oyna 
pardalari, dasturxon kabilar uchun ishlatilishi mumkin. Musiqa 
bolalarning kayfiyatini ko‘tarib ertalabki badantarbiyada yangray 
boshlaydi.
Yilning quruq va issiq vaqtlarida ekskursiya, sayr va o‘yin 
vaqtlarida ashulalar ijro etilishi kerak, bu bolalarni yanada bir-biriga 
yaqinlashtiradi, ruhini ko‘taradi. Maydonchada mehnat qilish 
jarayonida ijro etilgan ashula harakat ritmini uyg‘unlashtiradi, 
bolalarga mehnat quvonchini bag‘ishlaydi. Bolalarda estetik idrokning 
rivojlanishi uchun ularni haqiqiy san’at asarlari bilan tanishtirish 
zarur. Radio, oynayi jahonda san’at ustalari va tengdoshlari ijro etgan 
asarlar bolalarning estetik rivojlanishida katta yordam beradi. Ashula 
aytib o‘yinga tushishda asosan xalq ijodi asarlaridan foydalaniladi, bu 
bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalash uchun g‘oyat qimmatli vositadir.
Bolalar xalq kuylari va obrazlarini ijro etayotib, xalq tili va 
ko‘yining hamohangligini, ravonligini bilib oladilar. Bu bolalarda 


153 
vatanparvarlik hislarini tarbiyalaydi, musiqaviy didini shakllantiradi, 
bolalarni zamonaviy va klassik kuylarni idrok eta olishga tayyorlaydi. 
Ashula va raqsga tushishga o‘rgatishda faqat to‘g‘ri aytish va to‘g‘ri 
harakat qilishni emas, balki ifodali aytish va yengil, chiroyli va latofat 
bilan raqsga tushishga o‘rgatiladi.
MTTda o‘tkaziladigan bayramlar bolalarga chuqur ta’sir etadi. 
Bayramning tarbiyaviy kuchi va o‘ziga xosligi uning g‘oyaviy va 
estetik mazmuni san’atning turli ko‘rinishlari bilan bog‘liq 
bo‘lishidadir. Har qaysi bayram o‘z g‘oyasiga ega bo‘lib, u bolalarga 
yorqin obrazlar orqali ta’sir ko‘rsatadi.
Estetik tarbiyaning vositalaridan biri qo‘g‘irchoq teatridir. Uning 
nihoyatda kuchli ta’sir etishi uning soddaligi, odatdan tashqari 
jo‘shqinligi va qo‘g‘irchoqligi (o‘yinchoqligi, shuningdek, badiiy 
so‘z, musiqa, ashula, raqs, tasviriy san’at kabi tarkibiy qismlarning 
uzviy jipslashib ketganligi kishi ko‘zi o‘ngida yaqqol namoyon 
bovlishidadir. Qo‘g‘irchoq teatrini bolalar faqat tomosha qilibgina 
qoimay, balki unda o‘zlari ham qatnashadilar. Bu bolaning dramatik 
qobiliyati, tashabbusi, nutqini o‘stiradi, hayotiga quvonch 
bag‘ishlaydi. Diafilm ko‘rsatish bolalarning estetik didlarini 
o‘stirishda muhim vositalardan biridir. Diafilmlar ko‘rsatishni adabiy 
matn o‘qib berish bilan qo‘shib olib borish bolaga filmning 
mazmunini yanada to‘g‘riroq va ta’sirchanroq tushunishga yordam 
beradi. 
Bundan tashqari, qo‘g‘irchoq teatri, soya teatri ko‘rsatish ham 
bolalarni estetik tomondan tarbiyalashda alohida o‘rin egallaydi. Bu 
o‘yinchoq, qo‘g‘irchoqlar bolalarga tanish bo‘lsada, ularni tarbiyachi 
qo‘li yordamida harakatga keltirib, badiiy so‘zlar bilan qo‘shib olib 
borishi natijasida ular bolaning ko‘z o‘ngida jonlanadi, boshqacha tus 
oladi va bolalar ertak mazmunini chuqur idrok eta boshlaydilar.
Badiiy didning shakllanishida kitoblar muhim rol o‘ynaydi. 
Kitoblar faqat bolalarning yoshiga mos, mavzu va mazmuni bilangina 
emas, balki shu bilan birga bayon qilish usuli hamda bezatilishi bilan 
ham ajralib turishi juda muhimdir. Kichkintoylar, ayniqsa 2-3 yoshli 
bolalar uchun chiqarilgan kitoblarda so‘zlardan ko‘ra rasmlarning 
ta’siri ayniqsa, katta bo‘ladi. Bola kitobdagi rasmlarni qayta-qayta o‘z 
o‘rtoqlariga, kattalarga, qo‘g‘irchog‘iga «o‘qib» berish bilan uning 
mazmunini o‘z xotirasida mustahkamlaydi. Kitobdagi chiroyli, yopqin 
rasmlar bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Kattalar mehnati, 


154 
qahramonlik shuningdek, ona Vatanga bo‘lgan muhabbat, do‘stlik, 
birodarlik, bolalarning ota-onalariga nisbatan mehribon bo‘lishlari 
kabi mavzularda yozilgan hikoyalar bolalarga tushunarlidir.
Bolalarning sevimli yozuvchilari Qudrat Hikmat, Mirmuxsin, 
Shukur Sa’dulla, Quddus Muhammadiyning bolalar uchun yozgan 
she’rlari ularda ijobiy his-tuyg‘ularni tarbiyalaydi, ularni yashashga 
o‘rgatadi, dunyoqarashini shakllantiradi, ona tilining boyligini, 
so‘zlarning ta’sirchanligini his qilishga yordam beradi. Kichkintoylar 
hammadan ham ertaklarni sevadilar. Ertakning yaxshi tomoni shuki, 
unda uzoq fikr yuritilmaydi. Ertak qahramonlari bolaga yaqin va 
tanish. Ertak tili hayotiy hamda jonli bo‘ladi. Eng muhimi, 
tarbiyachining o‘zi badiiy adabiyotni sevishi va tushunishi, nasriy asar 
va she’rlarni ifodali o‘qiy bilishi kerak.
MTTda kattalar rahbarligida bolalar tomonidan konsertlar, 
bayramlar, kichkintoylarning tug‘ilgan kunlarini nishonlash bolalarda 
quvonchli hislarni uyg‘otadigan, mazmunli va ularning xotiralarida 
uzoq vaqt saqlanib qoladigan qilib tashkil etilishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, estetik tarbiya bolalarni har tomonlama 
barkamol inson qilib tarbiyalashning muhim qismi bo‘lib, aqliy, 
axloqiy, jismoniy tarbiya bilan chambarchas bog‘langan holda amalga 
oshiriladi 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin