185
ziravorlardan tayyorlanadi. Inson tanasida birorta ortiqcha a’zo
bo‘lmaganday, tabiatda ham ortiqcha yaratilgan birorta narsa yo‘q.
Ularning hammasi hayot uchun zarur.
Yer yuzi ekologiyasi keskin buzilmoqda.
Daraxtlarning kesib
yuborilishi, qush va hayvonlarning shafqatsizlik bilan ovlab yo‘q
qilinishi tabiat muvozanati qonunlarining buzilishiga sabab bo‘ldi va
bo‘lmoqda.
Dengiz va daryolarga, okeanlarga neft qoldiqlari quyilib, yer
yuzidagi suv ekologiyasi tubdan izdan chiqarilmoqda. Inson uchun
quyosh nuri, toza havo, toza suv naqadar zarur bo‘lsa, ona zamin ham
shunday zarur, uni asrab-avaylash insonning o‘z qo‘lidadir.
Atrof-muhitning tozaligini ta’minlash o‘zimizga bog‘liq, biz
katta-yu yosh toza havodan bahramand bo‘lish uchun shahrimizga
ko‘chat ekib, ko‘kalamzorlashtirsak, uning ozodaligini saqlasak,
o‘zimizning sog‘lig‘imizni saqlagan bo‘lamiz.
Bahor faslida ko‘chat ekish oyligi o‘tkaziladi. Shunday ekan,
nihollarni yaxshi niyat bilan ekish, parvarishlash, gullar ekib o‘stirish
har bir o‘quvchi va kattalarning insoniy burchidir.
O‘zbek xalqi qadriyatlari orasida tabiatni saqlash, qadriga yetish,
chiroyiga chiroy, ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shishi odatlari bor.
Inson
tabiatdagi har bir giyoh, o‘t-alaf, dov-daraxt, parranda-darrandalarni,
olamda nimayiki kerakli bor narsani zarur deb biladi.
Ota-bobolarimiz zilol suvni, buloqlarni, so‘lim daraxtzorlarni,
qoya-g‘orlarni, xosiyatli o‘t-o‘lanlarni, gul-giyohlarni
muqaddas bilib
asrashga, niyati nорок kishilardan saqlashga, toptamaslikka, oyoqosti
qilmaslikka alohida e’tibor berib kelganlar. Avvalo, har bir inson yer
yuzidagi o‘simliklarni ko‘paytirishga hissa qo‘shishi, kamaytirishdan
o‘zini tiyishi lozim. O‘simliklarni ko‘paytirishning birdan bir yo‘li
mevali va manzarali daraxtlarni iloji boricha ko‘proq ekishdir. Ularni
parvarish qilish, bog‘-rog‘lar yaratish har bir inson uchun xayrli ish
bo‘lishi bilan birga, savobli ish hamdir. Xalqimiz bog‘ yaratgan
odamlarni hech qachon esidan chiqarmaydi. Go‘zal bog‘lar yaratish,
yurtni gullar bilan burkash qadimdan eng yaxshi odatlarimizdan biri
bo‘lib kelgan.
Yaqin va O‘rta Sharq xalqlarining
qimmatli va nodir yozma
yodgorliklaridan biri Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida
Amir Temurning davlat faoliyati va harbiy yurishlari bayon qilinishi
186
bilan bir qatorda, XIV asr oxiri va XV asr boshlarida O‘rta Osiyodagi
madaniy hayotga doir bir qancha noyob ma’lumotlar ham keltirilgan.
Ajdodlarimizning yuksak did va nafosat nigohi bilan yaratilgan bog‘-
rog‘lari, ulkan qurilishlari hozirgi kunda ham Samarqand-u Buxoroni,
ko‘hna Urganch, Xivani bezab, yer yuziga zeb berib turibdi. Bu nodir
obidalar bobokalonlarimiz el-yurt obodonchiligiga alohida e’tibor
qilganliklaridan dalolat beradi.
“Zafarnoma”da Sohibqiron Amir Temur
tomonidan barpo etilgan
“Bog‘i shamol”, “Bog‘i dilkusho”, “Shahrisabz qo‘rg‘oni” va Oqsaroy
kabi obidalar haqida batafsil hikoya qilinadi.
Bunday misollarni keltirishimizdan maqsad o‘tmish ajdodlarimizdan
bizgacha urf-odat bo‘lib yetib kelgan obodonchilik ishlaridan hozirgi
yoshlarni xabardor etish, ularni ana shu ishlar misolida tarbiyalashdir. Ular
ham Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy
kabi el farvonligi, yurt obodligi uchun kurashuvchi zabardast o‘g‘il-qizlar,
oliyhimmat inson, tabiatga mehr-muruvvatli kishilar bo‘lib yetishsinlar.
Dostları ilə paylaş: