188
tarbiyalash kabi vazifalarni amalga oshirishda tabiat burchagining
ahamiyati kattadir.
Tabiat burchagining muhim tomoni yana shundaki,
uni bolalar
har kuni ko‘radilar. Tarbiyachi rahbarligida bolalar tabiat
burchagidagi o‘simlik va hayvonlarni sistemali ravishda kuzatib va
parvarish qilib boradilar, Natijada o‘simlik
va hayvonot dunyosining
rang-barangligi, ularning o‘sishi va rivojlanishi, ular uchun qanday
shart-sharoitlar kerakligi to‘g‘risidagi tasavvur va tushunchalarni
egallab boradilar. Tarbiyachi bolalarni solishtirma analizga o‘rgatadi,
ular o‘rtasidagi
umumiylik va farqlarni, ularga xos belgilarni bilib
oladilar.
Tarbiyachi bolalar diqqatini o‘simliklarning chiroyli gullashiga,
barglarining shakli va tusiga, akvariumdagi
baliqlarning chiroyli
ko‘rinishiga va chaqqon harakatiga jalb etadi. Natijada bolalar bu
go‘zallikdan quvonishga o‘rganadilar hamda ularning estetik didi
o‘sadi.
Bolalar tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlarni tarbiyachi
rahbarligida
sistemali ravishda kuzatib, parvarish qilib borishlari
natijasida ma’lum malaka va ko‘nikmalarni ham egallab boradilar,
ularga nisbatan barqaror qiziqish va g‘amxo‘rlik hissi uyg‘onadi.
Bolalarning
tabiatga
mehr-muhabbatini
o‘simliklar
va
hayvonlarni parvarish qilish, ularni asrab-avaylash bo‘yicha
mehnat
faoliyatlarini tashkil etish bilan birga qo‘shib olib borish kerak.
Tarbiyachi bolalarni tabiat bilan tanishtirish ishini ularning yosh
xususiyatlari, pedagogik, fiziologik imkoniyatlarini e’tiborga olgan
holda tashkil etadi.
Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarda
ekologik tarbiyani
rivojlantirish orqali ularning tabiatga bo‘lgan mehrini, shakllantirish
va kelajakda tabiiy fanlarni o‘zlashtirishi uchun poydevor yaratiladi.
Bolalarga ekologik tarbiya berishda va zamonaviy usullardan
foydalanish yaxshi samara beradi.
Dostları ilə paylaş: