Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


XI. 2. O‘yinning maktabgacha ta’1im muassasasi pedagogik



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

XI. 2. O‘yinning maktabgacha ta’1im muassasasi pedagogik 
jarayonidagi o‘rni 
O‘yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar muassasasi 
hayotini u bilan boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham o‘yin 
bolalar hayotining kun tartibiga doimiy qilib kiritilgan. O‘yinlar uchun 
nonushtagacha va undan keyin, mashg‘ulot1ardan so‘ng, sayrlardan 
so‘ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt ajratiladi. Ertalab o‘ta 
harakatchanlikni talab qilmaydigan o‘yinlar uchun sharoit yaratish 
maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko‘proq didaktik o‘yinchoqlar, 
stol ustida o‘ynaladigan stol-bosma o‘yin1ari, syujetli-rolli o‘yin1arni 
o‘ynagan ma’qul. Sayr davomida harakatli o‘yinlarni, qurish-yasash 
o‘yinlarini tashkil etish foydalidir. Kun tartibida o‘yin uchun maxsus 
vaqt belgilash o‘yinning mustaqil faoliyat sifatida mavjud 
bo‘1ishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida, 
tarbiya vositasi sifatida qo‘llanilishining eng muhim pedagogik 
shartidir. 
Bolalar o‘yinning o‘ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi 
hayotni, kishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish 
jarayonidagi o‘zaro munosabatlarini aks ettiradi. O‘yin paytida xona 
bolalar uchun dengiz, o‘rmon, metro, temir yo‘l vagoni bo‘lishi 
mumkin. Bola hech qachon jim o‘ynamaydi, bitta o‘zi o‘ynasa ham u 
o‘yinchoq bilan gaplashadi, o‘zi tasvirlayotgan qahramon bilan 


195 
muloqot o‘rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma- hammaning 
o‘rniga o‘zi gapiraveradi. So‘z obrazning yaxshiroq ochilishiga 
yordam beradi. 
Nutq o‘yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali 
bolalar fikr almashadi, o‘z his-tuyg‘u, kechinmalarini o‘rtoqlashadi. 
So‘z bolalar o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnati1ishiga, tevarak-
atrofdagi hayot voqealariga bir xilda munosabatda bo‘lishga yordam 
beradi. Bolalarning o‘zi yaratgan o‘yindan kelib chiqadigan yoki 
kattalar tomonidan taklif etilgan o‘yinning g‘oyasi, mazmuni, o‘yin 
harakatlari, rollar, o‘yin qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi 
qirralardir. 
O‘yin g‘oyasi - bu nima o‘ynashni belgilab olish: “do‘kon, 
“shifoxona”, “uchuvchilar”, “bolalar muassasasi” va shunga 
o‘xshashlar. Bolalar o‘yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi. O‘yin 
bolalarning qiziqarli ermagigina bo‘1ib qolmay, shu bilan bir qatorda 
u bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. 
Ammo o‘yin kattalar tomonidan tashkil etilib, unga rahbarlik 
qilingandagina ijobiy natija beradi. 
Pedagog bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan, quyidagi talablarga 
e’tibor berishi zarur: o‘yin mazmunining ta’lim-tarbiya beruvchi 
ahamiyatga ega bo‘lishi, aks ettirilayotgan narsalar haqidagi 
tasavvurlar to‘g‘ri va to‘la bo‘lishi, o‘yin harakatlariga faol, ma’1um 
maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Hamma va 
ayrim bolalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda o‘yinga 
rahbarlik qilish, o‘yinchoqlarni va boshqa kerakli materiallardan 
maqsadga muvofiq foydalanish, bolalarning o‘yinda xayrixoh va 
xursand bo‘lishlarini ta’minlash lozim. 
Pedagog bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsining 
hamma tomonlariga: ongiga, his-tuyg‘u1ariga, irodasiga, xulqiga 
ta’sir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy 
tomondan tarbiyalashda foydalanishi lozim. 
O‘yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, 
chuqurlashib boradi. O‘yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola 
o‘zining butun diqqatini o‘yinga qaratishi lozim. Bola o‘ynayotganda 
kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari, munosabatlari to‘g‘risidagi 
tasavvuri yetarli emasligini sezib qoladi, buning natijasida kattalarga 
savol bera boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob 
berib, ularning bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi. 


196 
Tarbiyachi o‘yin orqali bolalarda ona-vatanga, o‘z xalqiga boshqa 
millat kishilariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi. 
O‘yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, to‘g‘rilik, o‘zini tuta 
bilishlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. 
O‘yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-biriga 
bo‘lgan munosabatini shakllantiruvchi o‘ziga xos maktabdir. O‘yinda 
bola kishilarning axloq-odob normalarini, mehnatga munosabatlarini 
bilib oladi. Tarbiyachi bolalar o‘yiniga rahbarlik qilayotib, ularni 
jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O‘yin jarayonida bolalar o‘z 
xohishlarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o‘yinda o‘rnatiIgan 
qoidalarga rioya qilishga o‘rganadilar. 
Ammo o‘yinga to‘g‘ri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga 
ham olib kelishi mumkin. Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan 
tarbiyalashda o‘yindan keng foydalanadi. Juda ko‘pchilik o‘yinlar 
bolalardan faol harakat qilishni talab etadi, bu esa o‘z navbatida 
organizmda modda almashinishini yaxshilaydi, qon aylanishini 
tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasining 
to‘g‘ri o‘sishini, harakatlari chiroyli bo‘1ishini ham ta'minlaydi. O‘yin 
orqali tarbiyachi bolalarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat 
hosil qiladi, bu esa bolaning asab-ruhiy, jismoniy tarbiyasini 
yaxshilaydi. 
O‘yin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng 
qo‘llaniladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayotni, voqelikni obrazlar, 
rollar orqali ham aks ettiradilar. O‘yinda bolalarning avval olgan 
taassurotlari orqali obraz yaratishlari - xayol juda ham katta 
ahamiyatga ega. Bolalar juda ko‘p o‘yinlarda avval o‘rgangan ashula, 
she’r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. Bundan tarbiyachi 
bolalarda estetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi. 
O‘yin vaqtini tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta 
bilan mashg‘ulot o‘rtasida bolalar o‘yiniga 8-10 daqiqa vaqt beriladi. 
Bunda bolalar ko‘pincha avval boshlagan o‘yinlarini davom 
ettiradilar. Sayrda bolalarning o‘ynaslılari uchun 1 soat -1 soat 20 
minut vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki nonushtadan keyin 
ham bolalar o‘yiniga vaqt beriladi. Bunda bolalar ko‘proq syujetli-
rolli o‘yinlarni, qurilish materiallari, qo‘g‘irchoqlar bilan, stol usti 
o‘yinchoqlari o‘ynashlari mumkin. Slıu bilan birga ermak o‘yinlardan 
ham foydalaniladi. 


197 
Ammo o‘yin bilan ta’lim o‘rtasidagi bog‘liqlik bola ulg‘aygan 
sari o‘zgarib boracli. Kichik guruhda o‘yin ta’lim berishning asosiy 
shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg‘ulotlarda 
ta’limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning 
o‘zlarida maktabdagi o‘qishga ishtiyoq uyg‘onib qoladi. 
Ammo bolalar uchun o‘yinning qadri yo‘qolmaydi, balki 
mazmuni o‘zgaradi. Endi bolalarni ko‘proq fikriy faollikni talab 
etuvchi o‘yinlar, sport tarzidagi o‘yinlar qiziqtira boshlaydi. 
Shunday qilib, pedagogika fani o‘yinga bola shaxsini har 
tomonlama shakllantirish vositasi va ular hayotini tashkil etish shakli, 
bolalar jamoasini shakllantirish vositasi deb qaraydi. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin