XI. 4. Ijodiy o‘yinlar turlari
Ijodiy o‘yinlarda bolalarning tevarak-atrofdan olgan taassurotlari
aks ettiriladi. Ijodiy o‘yin bolalarning mustaqil o‘yini bo‘lib,
o‘yinning mazmunini ular o‘zlari o‘ylab topadilar. Bu o‘yinda
bolalarning erkinligi, mustaqilligi, tashkilotchilik va ijodkorlik
qobiliyatlari to‘laligicha namoyon bo‘ladi. Ammo o‘yinda hayotiy
taassurotlar aynan aks ettirilmaydi, balki bolalar ongida qayta ishlab
chiqiladi. Bu bolalarning o‘yin g‘oyasini yaratishlarida, uning
mazmunini tuzib, tasvirlovchi vositalarni tanlashlarida va shunga
o‘xshashlarda namoyon bo‘Iadi.
Ijodiy o‘yin turlari: Syujetli-rolli o‘yin maktabgacha yoshdagi
bolalarning asosiy o‘yin turlaridir. Syujetli-rolli o‘yin o‘z xususiyatiga
ko‘ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak-atrofdagi kattalar va
tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o‘yin mazmuniga manba bo‘lib
xizmat qiladi. Bolalarning tevarak-atrofdagi hayotdan, tengdoshlari,
kattalar faoliyatidan olgan taassurotlari ijodiy o‘yinda qayta ishlanadi,
to‘1diriladi, sifat jihatidan o‘zgartiri1adi. Bolalarning bunday o‘yinlari
tevarak-atrofdagi borliqni bilishning amaliy shaklidir.
Bolalar o‘yinining o‘ziga xos tomoni unda tasvirlovchi
vaziyatlarning mavjudligidir. Tasvirlovchi vaziyat bolalarga o‘yin
jarayonida yuklangan rol va o‘yin syujetidan tashkil topadi va har xil
buyumlardan foydalanishni ham o‘z ichiga oladi. O‘yinning syujeti
bir-biriga hayotiy aloqador bo‘lgan qator voqea- hodisalar
199
yig‘indisidir. Rol syujetli-rolli o‘yinnirıg asosiy zanjiri hisoblanadi.
O‘yin bolada qanoatlanish, xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning
uchun bolani qiziqtirib, unda yaxshi kayfiyat uyg‘otadi, bola
organizmidagi hayotiy faoliyatni yaxshilaydi. Bola o‘ynayotganda har
xil harakatlar qiladi: yuguradi, sakraydi, tor joydan, ingichka taxta
ustidan o‘tadi, engashadi, yuqoriga tirmashib chiqadi va hokazo.
Bolaning aqliy tomondan rivojlanishi uchun ham o‘yin hatta
ahamiyatga ega. O‘yin natijasida bolaning bilimi kengayib boradi.
Rolli o‘yinlar bola kuzatııvchanligilıi, qiziquvchanligini, oilish
doirasini rivojlantiradi, boyiiadi.
O‘yinda bola o‘z oldiga maqsad qo‘yadi, bu boladan aql, idrok
ishlatislıni talab qiladi, topag‘onlikka o‘rgatadi. O‘yin jarayonida juda
ko‘p gaplashishga, tortishislıga, bahslashishga, aytib berishga to‘g‘ri
keladi. Bolalar o‘zi yasayotgan narsalarini yaxshiroq yasash, qurish
uchun juda ko‘p o‘ylab, fikrlashishlariga to‘g‘ri keladi. Bular
hammasi bola tafakkuri va xayolining rivojlanishida muhim
ahamiyatga egadir.
Bola o‘z o‘yinida borliqni aks ettirib, olgan rolining mazmuni
bilan bog‘liq bo‘lgan u yoki bu hissiyotni boshdan kechiradi. Masalan,
Dilnoza ona-bola o‘yinida ona rolini o‘ynayotib, bolalarini
ovqatlantiradi, kiyintiradi, ular bilan yaxshi munosabatda bo‘1ib
erkalaydi, ular bilan gaplashadi, kitoblar o‘qib beradi. Bu o‘yin bolada
muloyimlilik, g‘amxo‘rlik, e’tiborlilik kabi yaxshi hislarni uyg‘otadi.
Rolli-syujetli
o‘yin1arning o‘ziga xos xususiyati. Rolli
o‘yinlarning boshqa o‘yinlarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatga egaligi
ularda syujet, rol va xayol qilingan vaziyatning mavjud bo‘lishidir.
Bolalar biror narsa yoki voqea to‘g‘risida yetarlicha tasavvurga
ega bo‘lgandagina syujet, fikr, yuzaga keladi. Masalan, bolalar
"paroxod” o‘yinini o‘ynamoqchi bo‘lishdi. Bunga o‘yinning qanday
borishi to‘g‘risida syujet kerak. Syujet bolalarning bilimiga bog‘liq
bo‘ladi. Bolalarda avval g‘oya paydo bo‘1adi, keyin mazmun
rivojlanadi. Ba’zan bolalar o‘yinning qanday borishini oldindan
belgilab oladilar. Masalan, Afrikaga “bormoqchi” bo‘lsalar, sayohat
vaqtida qilinadigan ishlarni oldindan belgilab oladilar. Bundan
ko‘rinib turibdiki, rolli o‘yin jamoatchilik xususiyatiga ega, chunki
bolalar bir-birlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladilar.
Rolli o‘yinda har bir bola o‘ziga olgan rolni bajaradi masalan,
ona, haydovchi, tarbiyachi, enaga, san’atkor va hokazo. Rolli
200
o‘yinlarda didaktik, qoidali – harakatli o‘yinlardagi singari qat’iy
o‘rnatilgan qoida bo‘lmaydi. Bunda ko‘pincha bolalar o‘z xayol
qilgan narsalari bo‘yicha harakat qiladilar. Masalan, “raketa tushib
oyga uchadilar”, “paroxodda suzadilar”, “kasalni davolaydilar”.
Ammo bolalarning xayollari bilan o‘ynash1ari ularni real voqealikdan
uzoqlashtirib yubormaydimi degan savol tug‘iladi, yo‘q, bolalar
o‘zlari buning o‘yinIigini yaxshi biladilar. Slıu bilan birga bolalarning
kechinmalari, hayajonlari, qilgan harakatlari hammasi rostakam,
sidqidildan bo‘ladi. Masalan, “doktor” rolidaga bola kasal to‘g‘risida
qayg‘uradi. O‘yin mavzusi bolalar olgan taassurotning kuchli,
bolalarning qiziqishlari bilan belgilanadi. O‘yinda bolalar aks
ettiradigan ijtimoiy-siyosiy voqealar bolalarning bilim doirasi va
hayotiy tajribasining kengayib borishiga bog‘liq bo‘ladi.
Rolli o‘yinlarining mazmuni va mavzusi o‘zgarishi bilan bir
qatorda uning tuzilishi va o‘yin shartlari o‘zgaradi, bolalarning
mustaqilligi va tashabbuskorligi ham o‘sib boradi. Avvalgi bolalar
o‘z-o‘zicha alohida-alohida o‘ynaydilar. Sekin-asta rolli o‘yin1arning
paydo bo‘lishi, o‘yinda kishilar o‘rtasidagi munosabatni aks ettirish
birgalikda bajariladigan o‘yinni keltirib chiqaradi. Avvaliga katta
bo‘lmagan guruhchalar 2-3 kishidan iborat bo‘lib o‘ynashadi, katta va
tayyorlov guruhlariga kelib kattaroq jamoaga birlashadilar. O‘yinda
har xil rollar orqali o‘zaro munosabatda bo‘lish bolalarda o‘rtoq1ik
munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi.
O‘yinning tuzilishi va mazmuni o‘zgarishi bilan o‘yinchoqning
roli va bolalarning unga nisbatan talabi ham orzgarib boradi va h.k.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda ijodiy o‘yinning rivojlanib borishi.
Uch yoshdagi bolalarning o‘yinlari yangi tus oladi: bola qo‘g‘irchoqni
va o‘zini kishilarning nomi bilan atay boshlaydi: masalan, bola
mashina yasab uni boshqara boshlaydi. Kattalar undan sen kimsan,
deb so‘rasa, “Haydovchiman” deb javob beradi. Yoki qizcha
qo‘g‘irchog‘iga ovqat pishirayapti. “Sen kimsan?”– degan savolga
“Men oshpazman” deb javob beradi.
Bolalar o‘z o‘yin1arida sekin-asta murakkab bo‘lmagan syujetli
o‘yinlarni o‘ynay boshlaydilar. Bunda asosan kundalik turmushda
takrorlanib turadigan voqealar aks etadi. Bolaga ovqat berishadi,
uxlashga yotqizishadi, mashinada tortishadi. Yana ovqat berishadi va
uxlatishadi. Yoki qo‘g‘irchoq kasal bo‘lib qolsa, darrov uning qo‘li,
oyog‘i bog‘lanadi, yolg‘ondakam dori beriladi.
201
Uchinchi yoshning oxiriga kelib bola rol tanlay boshlaydi. “Men
oyisiman”, “Men – vrachman” deb bular birdaniga enaga, tarbiyachi,
doktor bo‘lib qolishi mumkin.
Bola to‘rt yoshga o‘tganda syujetli-rolli o‘yin1ar ancha rivojlana
boshlaydi. O‘yinlar mavzui har xil bo‘lib, boyib boradi. Bu yoshdagi
bolalar o‘z o‘yinlarida oila, MTMni, avtobusda, tramvayda kelayotgan
kishini aks ettiradilar.
Tevarak-atrofni kuzatish natijasida tasavvurlari kengayadi, bu
ularning o‘yin mazmuniga ta’sir etadi: bayramlar, do‘kon,
transportning har xil turlarini aks ettira boshlaydilar. Ammo bu yoshda
ular hayotdagi voqealar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni hali tushunib
yetolmaydilar. Bola besh yoshga qadam qo‘yganda undagi
kuzatuvchanlik tafakkuri rivojlanganligi, bilim doirasi kengayganligi
sababli o‘yin mazmuni ham murakkablashib boradi. Xayolning
rivojlanib borishi orqasida ertak va hikoyalar mazmuni bo‘yicha
murakkab bo‘lmagan o‘yinIarni o‘ynashadi.
O‘yin mazmuni bilan bir qatorda bolalarda hislar ham
rivojlanib boradi. Kundalik hayotga nisbatan bolalarda hissiyot yuqori
bo‘ladi. O‘yin birinchidan, xursandchilik bilan hamohang kechadi.
Ikkinchidan, bolalar kattalarning hislarini o‘z o‘yinlarida aks
ettiradilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy o‘yin juda
liam yaxshi rivojlanadi. Bu o‘yin1arda bolalar o‘zlari eshitgan,
ko‘rgan voqealar, hikoyalar, kitoblar va boshqa manbalardan olgan
bilim, malakalarini, his-hayajonlarini to‘la qo‘llay boshlaydilar. Bu
yoshdagi bolalar o‘yinlarida berilgan ta'1im- tarbiyaning natijasi
yaqqol ko‘ı inib, sezilib turadi.
Bolalar kim bilan o‘ynashi to‘g‘risida va o‘yinning qanday
borishi to‘g‘risida o‘zaro kelishib oladilar. O‘yin1ar uzoqroq davom
etadigan bo‘lib boradi. Bitta o‘yinni uzoq vaqt, hatto bir necha kun
o‘ynash mumkin, bunda har gal o‘yinga yangilik kiritib boriladi. Uzoq
davom etadigan o‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinlarining
yuqori bosqichi hisoblanadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar
o‘yinlariga to‘g‘ri rahbarlik qilib borilsa, ularning mustahkam jamoasi
yuzaga kelib, u o‘z an’anasiga, o‘z qoidasiga ega bo‘1adi. Bolalarda
birgalikda ijod qilish qobiliyati rivojlanadi, ular o‘rtoqlarining fikri
bilan kelishadigan, fikriga quloq soladigan bo‘1ib boradi. Bolalar
jamoasining shakllanishi uzoq vaqtni talab etadigan murakkab
ishBolalar o‘rtasida murakkab munosabatlar yuzaga kela boshlaydi.
202
Har bir bolaning o‘ziga xos xususiyati yaqqol namoyon bo‘lib
boradi. Bunda bolalar faol tashkilotchi, o‘ziga ishonadigan va
aksincha, tortinchoq, indamaslarga bo‘linadi. Fao1 bolalar har doim
o‘yinni o‘z xohishiga qarab tanlaydi, qiziqarliroq rolni talab etadi.
Ular ba'zan o‘yinni buzishadi, o‘rtoqlarini xafa qilishadi, ammo
tarbiyachining ta’siriga tez berilishadi. Ularning ijobiy xususiyatlari,
sog‘lom qiziqishlari bo‘1adi, tarbiyachi mana shular asosida ularning
ongi va hissiga ta’sir etadi.
O‘yin mavzusi o‘zgarishi bilan o‘yinda qatnashuvchilarning ham
o‘zaro munosabatlari o‘zgarib boradi. Kichkina bolalarning har biri
o‘z holicha o‘ynasa, keyinchalik 2-3 kishi bo‘lib o‘ynay boshlaydi,
o‘rta maktabgacha yoshga kelganda o‘ynovchilar soni ko‘payib,
o‘rtoqlik munosabatlari tarkib topa boshlaydi, bunday munosabatlar
o‘yinga mavzu tanlashda, rollar va o‘yinchoq1arni taqsimlashda
yuzaga keladi. O‘yinning tuzilishi va mazmuni rivojlanib borishi bilan
o‘yinchoqning roli va unga talab ham o‘zgarib boradi. Kichkina
bolalar o‘yinini ko‘pincha o‘yinchoq belgilaydi. Bitta o‘yinchoq bir
nechta vazifani bajarishi mumkin. O‘rta va katta maktabgacha
yoshdagi bolalarda o‘yin to‘g‘risidagi fikr avval tug‘iladi. Keyin
o‘ynay boshlaydi. O‘yinchoq o‘yin mazmuniga qarab tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: |