Bolaning maktabda o‘qishga aqliy tayyorgarligi
Bolalarni maktab ta’limiga aqliy jihatdan tayyorgarligining
ahamiyati o‘quv faoliyatining yetakchi turi hisoblanadi. Bu
o‘quvchilardan jiddiy aqliy mehnatni, aqliy qobiliyatni va bilish
foaliyatini talab qiluvchi o‘quv jarayonida kelib chiqib belgilanadi.
Maktabga aqliy tayyorgarlik quyidagi tarkibiy qismlardan tarkib
topadi:
Bolada atrof-olam haqida yetarlicha keng bilim boyligining
mavjudligi. Bilimlarning bu zaxirasi o‘qituvchi ishini tashkil etishda
zaruriy asos hisoblanadi;
Bolalarbilimlariningyetarli darajada hisoblashtirilganligi. Bu bola
voqelikning nisbatan yirik sohalarini (jonli va jonsiz tabiat, inson
faoliyati, narsalar olami va h,k.) ayrim tomonlarini farqlay olishi;
Bola egallagan bilimlarining sifati. Bunda bilimlarning sifat
ko‘rsatkichi, ongli ravishda egallanganligi, tasavvurlarning aniq va
tabaqalashtirilganligi, oddiy tushunchalar mazmuni va hajmining
to‘liqligi, muntazamlilik (funksional, makon va zamon munosabatlari,
sabab, oqibat va shu kabilarni aks ettira bilish qobiliyati).
Bolaning bilish faoliyatining muayyan darajada rivojlanganligi.
Bunda bilish jarayonlarining o‘sib boruvchi ixtiyoriyligi: mavzuni
ma’no jihatidan ixtiyoriy eslab qolish va takror ifodalash, narsa va
hodisalarni rejali idrok etish, amaliy masalalarni maqsadga muvofiq
hal etish qobiliyati, bilish jarayonining sifatini oshirish, sezgilarning
aniqligi, idrokning to‘liq va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va
takror ifodalashning tez va aniqligi, bolada atrof-olamni bilish
munosabatlari, bilimlarni egallash va maktabda o‘qishga intilishning
mavjudligi
muhim
ahamiyatga
ega.
Psixolog
olimlarning
(L.I.Bojovich, L.A.Venger, A.A. Lyublinskaya) fikricha, maktabgacha
yoshdagi bolalarda bilim olishga bo‘1gan qiziqishni, ishtiyoqni,
o‘qishga va maktab qoiclalarini bajarishga istakni tarbiyalash,
maktabga ijobiy munosabatni, kitobga qiziqishni tarkib toptirish,
o‘quvchilarda barqaror o‘quv qiziqishlari va maktabdagi o‘quv
jarayoniga mas’uliyatli munosabatni hosil qilishning muhim zamini
hisoblanadi.
242
Bo‘1ajak o‘quvchini maktabga aqliy tayyorgarligida tafakkur
faoliyatining umumiy darajasi muhimdir. Bunda maktabgacha ta’lim
muassasasidagi ta’lim-tarbiyaviy va pedagogik sharoitlarda olib
boriladigan har tomonlama ishlar asos hisoblanadi. Bolalarning
tafakkur faoliyatlarini shakllantirishda tahlil qilish, sintez, oddiy
umumlashtirish, qiyoslash qobiliyatlari tarkib toptiriladi.
Aqliy faoliyatning elementar mustaqilligini ta’min1ashda bola o‘z
amaliy faoliyatini mustaqil rejalashtirish va uni reja asosida amalga
oshirish ko‘nikmasi, oddiy bilish vazifasini qo‘yish va uni hal eta
olish ko‘nikma1ari rivojlantiriladi.
Bolalar muntazam ta’lim olish jarayonida, maktabgacha davrning
oxiriga kelib, o‘quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini:
Tushunarli o‘quv vazifasini qabul qilish.
Tarbiyachining ko‘rsatmalarini tushunish va aniq bajarishni.
Kattalar tomonidan ko‘rsati1gan usullardan foydalangan holda
ishni bajarish va natijaga erishish.
O‘z xatti-harakati, xulq-atvori, faoliyati va topshiriqlarni bajarish
sifati ustidan nazorat qilish ko‘nikmasi.
O‘zining va boshqalarning ishlariga tanqidiy baho bera olish
qobiliyatlarini egallay olishlari.
Tarbiyachi tomonidan qo‘yilgan rna’lum talab va qoidalarga ongli
ravishda bo‘ysunish ko‘nikmasini tarkib toptirish zarurdir.
Maktabga aqliy tayyorgarlik quyidagi ko‘nikmalar asosida
amalga oshiriladi:
Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik.
Bilish jarayoni: atrof-olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni
anglash.
Elementar matematik bilim va ko‘nikmalar.
Tasviriy faoliyat.
Musiqa.
Nutq o‘stirishda:
Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish.
Lug‘at ustida ishlash.
Nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish; Bog‘1anishli nutqni
shakllantirish.
Ijodiy hikoya qilish.
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish ishlari olib boriladi.
243
Nutqning qanchalik yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi bolaning
maktabga aqliy tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ona tilidagi hamma tovushlarni aniq talaffuz qilish, lug‘atning
boyligi, o‘z fikrini mantiqiy grammatik to‘g‘ri bayon qila bilish,
madaniy
nutq
muomalasi
-
bularning
barchasi
maktabda
muvaffaqiyatli o‘qishning zaruriy sharti hisoblanadi. Shuningdek,
kesma harflar yordamida tovush- harf tahlil va sintez bo‘yicha
mashqlarni bajarishga o‘rgatish, kesma harflardan bo‘g‘in tuzdirish va
o‘qitish, unli va undosh tovushlar xususiyatlari, o‘z ismini va 2-3 ta
so‘zlarni bosma harflarda mustaqil o‘qishga o‘rgatib boriladi. Bu
tayyorgarlik davridagi tushunchalar maktab davrida mustahkamlanib,
chuqurlashtirib boriladi.
Elementar matematik bilim va ko‘nikmalar bo‘limida son-sanoq,
kattalik, geometrik figuralar, tevarak-atrofni mo‘ljaIga olish, vaqtni
chamalash, qurish-yasash faoliyatlari orqali amalga oshiriladi.
Bolalarda pul qiymatlari, narx, plastik kartochka, terminal haqida
dastlabki tushunchalar beriladi. Yil fasllari, yi1 taqvimi, hafta kunlari,
soat turlari bilan tanishtiriladi.
Tasviriy faoliyat mazmuni yanada murakkablashadi. Inson
qiyofasi detallashtirilgan holati, san’at asarlari bilan tanishtiriladi.
Bunda predmetli va voqeaband rasm chizish, bezakli rasm, plastilin
(loy) bilan ishlash, applekatsiya, qurish-yasash, qurilish materiallarini
konstruksiyalash, qog‘ozdan konstruksiyalar hosil qilish, tabiiy
materiallardan,
qurish-yasash
materiallaridan,
konstruktorlik
detallarni, qurilish ınateriallaridan konstruksiyalar hosil qilish va
badiiy qo‘1 mehnati o‘rgatiladi.
Musiqa mashg‘ulotIarida: musiqa tinglash, musiqiy-ritmik
harakatlar, qo‘shiq aytish, bolalar cholg‘u asboblarida chalish, turli
harakatli o‘yinlar o‘rgatiladi.
Shuningdek, Ona Vatan, mashhur sarkardalar, buyuk siymolar,
xalq amaliy san’ati, an’anaviy bayramlar, kattalar mehnati, transport
va aloqa vositalari, buyumlar.haqida bola o‘z tanasining qismlarini
o‘rganish orqali boshlang‘ich sinf ta’limiga tayyorlanadi. Bu bilim va
ko‘nikma1ar bolalarni l-sinfdagi tegishli o‘quv fanlarini egallashlari
uchun tayyorgarliklarini tashkil qiladi.
Ko‘pchilik psixolog-pedagog olimlarning (A.M.Leushina,
D.B.Elkonin, L.E.Jurova, F.R.Qodirova) ta'kidlashicha, maktab- gacha
ta’]im muassasasida va maktab ta’1imidagi o‘qitishdagi bog‘liqlik
244
maktabda fanlarni o‘qitish uchun zamin yaratishga xizmat qiladi.
Shunday qilib maktabdagi o‘qishga aqliy tayyorgarlik bolalarni aqliy
va nutqiy rivojlantirishning o‘zaro bog‘1angan tarkibiy qismlaridan
tarkib topadi. Bilish faoliyati, bilish qiziqishlari, bola tafakkuri
usullari, atrof-olam haqidagi anglangan, tizimlashtirilgan tasavvurlar
hamda elementar tasavvurlar, nutq va elementar o‘quv faoliyati
umumiy darajasining birligi bolalarda maktabdagi o‘quv materialini
egallashga aqliy tayyorgarlikni vujudga keltiradi.
Dostları ilə paylaş: |