269
XV. 2. Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari
Mamlakatimizda mustaqillik yo‘lidagi ilk qadamlardanoq
jamiyatning barcha sohalarini qamrab olgan siyosiy va iqtisodiy tub
islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ta’lim sohasida, jumladan, uning
birinchi pog‘onasi hisoblanmish maktabgacha ta’lim sohasida ham
katta o‘zgarishlar qilinmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda
ta’lim
muassasalari
faoliyatini
me’yorlashtiruvchi
“Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “O‘zbekis-
ton Respublikasi maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom,
“Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat
talablari” kabi muhim davlat hujjatlari qabul qilindi. Isloh etish
jarayonida bolalarga ta’lim va tarbiya berish vazifalari, mazmuni,
shakl va uslublari, shuningdek, pedagogika fani taraqqiyotining
ustuvor yo‘nalishlari qamrab olinmoqda.
Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash
ko‘nikmasi, kattalar hamda sinfdosh o‘rtoq1arini tushunish, ular bilan
hamkorlik qilish talab etiladi. Shuning uchun bolaning maktabga
qadam qo‘yayotganida nechog‘li bilimga ega ekanligi emas, balki
uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof-olamga moslashish
ko‘nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi muhimroq
hisoblanadi. Bolani biror narsaga o‘rgatishgina emas, unda o‘z
kuchiga ishonchni orttirish, o‘z g‘oyasini himoya qilish, mustaqil
ravishda bir qarorga kelish ko‘nikmasini shakllantirish ham muhimdir.
“O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi
Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda ota-onaning
mustaqil ravishda ta’lim-tarbiya berishi orqali yoki maktabgacha
ta’lim muassasalarida, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassa-
salariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassa-
salarida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar
yoki markazlarda oladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab ta’limiga o‘tishi
hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy
o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha
yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasida yoki oilada
maktab ta’limiga tayyorlash, uni murakkab bo‘lmagan bilim,
ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Bunday
tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos
bo‘lishga yordam beradi. Shunga binoan, MTM bilan maktab
270
o‘rtasidagi bog‘liqlik bir tomondan, bolalarni maktab ta’limi
talablariga javob beradigan darajada umumiy rivojlantirib va odobli
qilib tarbiyalagan holda maktabga o‘tkazishni, ikkinchi tomondan,
o‘qituvchining katta maktabgacha yoshdagi bolalarning egallagan
bilim, malaka sifatlariga va tajribalariga tayanib, ulardan o‘quv-
tarbiyaviy jarayonda samarali foydalanishni taqozo etadi.
MTM bilan maktab o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik katta
nıaktabgacha yoshdagi bolalar va maktabning boshlang‘ich sinf
o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berish sharoitini yaqinlashtirishga
yordam beradi. Shunday ish tutilganda bolalarning maktab sharoitiga
moslashishi ancha yengillik bilan o‘tadi. Bolalar maktab sharoitiga
tabiiy moslashib ketadilar, bu esa o‘z navbatida maktabda o‘qishning
birinchi kunidan boshlab ta’lim-tarbiya ishining samarasini oshiradi.
Zero, maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari birinchi sinfda
bolalar oldiga qo‘yiladigan talablarni yaxshi bilishlari, maktabga
tayyorlov guruhidagi bolalarni shunga muvofiq ravishda ta’lim
olishga tayyorlashlari kerak. Maktab bilan MTM o‘rtasidagi uzviy
aloqa murakkab va ko‘p tomonlama tuzilishga ega. Unda ta’lim-
tarbiyaviy ishlarning mazmuni, metod va usullari, tashkiliy shakllari,
shuningdek, bolalarni tarbiyalash shart-sharoitlari va pedagogik talab
kabi yetakchi tomonlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bunda
quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak:
Maktab talabi nuqtayi nazaridan bolalar bilimlarni chuqurroq
egallab olishlari lozim.
MTM nuqtayi nazaridan bolalarni maktab talabi darajasidagi bilim,
malaka, ko‘nikmalar bilan qurollantirish zarur.
Bolalarning maktabga ruhiy tayyorligi. Bu yerda vazifa bolalar
mehnatning har qanday turiga tayyor turishlari, ularda aqliy
mehnat, bilishga qiziqishni o‘stirish, kelajakdagi mustaqil fao-
liyatga tayyorlashdan iborat.
MTMda beriladigan ta’lim rivojlantiruvchi tarzda bo‘lishi kerak.
MTM bilan maktab o‘rtasida izchil aloqa o‘rnatish, uzviylik
MTM va maktabda shaxsni har tomonlama shakllantirish uchun
imkon yaratadi. MTM maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda
boshlang‘ich sinf ta’limi maqsad va vazifalariga mos keladigan sifat
jihatdan yangi xususiyatlarni shakllantiradi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar egallagan xulq-atvor
shakllari, kattalar va tengdoshlari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabat
271
shakllari, axloqiy his-tuyg‘u va tasavvurlar maktabning boshlang‘ich
sinflarida bolalarga yangi axloqiy xulq-atvor shakllarini ularning
ongini, his-tuyg‘ulariııi tarbiyalash uchun manba bo‘lib xizmat qiladi.
Maktab bolalarda axloqiy tasavvurlar va xulq-atvorda birlik
bo‘lishini tarbiyalash, o‘z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarlikni
seza bilish, jamoatchilik xislatlari, sifat jihatdan yangi bo‘lgan xulq-
atvor shakllarini tarkib toptirish uchun shart-sharoit yaratadi.
Maktabda vatanparvarlik, baynalmilallik, o‘z vatani oldidagi burchini
chuqur anglash kabi his-tuyg‘ular shakllanadi. Bunday yuksak hislar
bolalarning MTMda ota-onalariga, oilasiga muhabbat, kattalarga
hurmat, ona tabiatga mehr va shu kabi axloqiy hislari asosida
shakllanadi.
Maktabda bolalarni estetik tomondan tarbiyalash bo‘yicha izchil
ish olib boriladi. Bolalar musiqa va ashula darslarida musiqa asbob-
anjomlari bilan tanishadilar, ashula aytadilar, marsh sadolari ostida
yuradilar, o‘yinga tushadi san’at darsida esa o‘quvchilar chizmachilik
va rasm solishni, naqqoshlik, rang-tasvir, manzarali-amaliy san’at
natyurmortni, portretni bir- biridan farqlashni o‘rganadilar. O‘qish
darsida bolalar adabiy janrlar bilan tanishtiriladi. Amaliy mashg‘u-
lotlarda ularning badiiy, ijodiy qobiliyatlari yanada rivojlantiriladi.
Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalash, mehnat ahliga ijobiy muno-
sabat, mehnat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish ishlari ham
maktabda o‘rgatilib boriladi.
Maktab bilan MTM o‘rtasidagi mehnat tarbiyasi bo‘yicha uzviy
bog‘liqlik mehnat tarbiyasining mazmunini murakkablashtirishga, uni
ijtimoiy foydali tomonga qaratishga, bolalarning mehnatdagi
mustaqilligi, o‘z-o‘zini tashkil eta bilishga, axloqiy munosabatlarning
ongli tus olishiga olib keladi. Mehnat faoliyati yanada tarkib topa
boradi. Maktabdagi hamma o‘quv-tarbiyaviy jarayonlar bola shaxsini
har tomonlama shakllantirishni rivojlantirish bo‘yicha izchillik asosida
olib boriladi.
Maktab bilan MTM o‘rtasidagi uzviy aloqa asosini MTM va
maktabda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlari mazmunini
belgilovchi dasturlar o‘rtasidagi bog‘liqlik tashkil etadi.
Hozirgi boshlang‘ich sinflar dasturi bilan MTM dasturini olib
solishtiradigan bo‘lsak, ular o‘rtasida bir qancha o‘zaro bog‘liqlarni
ko‘ramiz. Bu, eng avvalo, dasturlarda asos qilib olingan prinsiplarning
umumiyligi bilan belgilanadi. Ularning mazmuni bolalarni har
272
tomonlama tarbiyalash maqsad va vazifalariga mos kelish prinsipi,
hayot bilan borliq, ilmiylik prinsiplari, ta’limning tarbiyalovchi va
rivojlantiruvchi xususiyatga egaligi va falsafiy, ruhiy nuqtayi
nazarlarning birligida namoyon bo‘ladi.
Birinchi sinf o‘quv dasturi ayrim predmetlar bo‘yicha MTM
dasturi bilan solishtirilganda ularda umumiylik ko‘pligini ko‘ramiz.
Masalan, MTMda ona tiliga o‘rgatish va boshlang‘ich sinflardagi ona
tili darsiga bolalar nutqini har tomonlama rivojlantirish kabi umumiy
g‘oya asos qilib olinadi.
MTMda bu ish bolalarning lug‘atini boyitish, tovushlarni to‘g‘ri
talaffuz qilishga, ifodali o‘qishga o‘rgatish, bog‘langan nutqni
shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Maktabda esa bolalarda mana
shu MTMda egallagan bilim, malaka, tushunchalarga asoslanib,
yozma nutq malakasi, orfografik xat malakasi shakllantiriladi, ularga
morfologiya va sintaksis elementlari o‘rgatiladi. Shu bilan bir qatorda
MTMda boshlangan bolalar lug‘atini boyitish, nutqning ifodaliligi,
bog‘langan nutqni rivojlantirish davom ettiriladi. MTMda ham,
maktabda ham tabiatshunoslik to‘g‘risidagi bilimlar organizm bilan
muhitning birligi to‘g‘risidagi umumiy g‘oyaga asoslangan holda olib
boriladi. Shu asosda bolalarga jonli va jonsiz tabiat, tabiat va kishilar
o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘risida bilim va tushunchalar beriladi. Bunda
dasturlar mazmunida birlik o‘rnatishda maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalar bilan maktab yoshidagi bolalarning yoshlari, bilimlaridagi farq
xususiyatlari e’tiborga olinishi kerak. Maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalar egallashlari lozim bo‘lgan bilim va tushunchalar mazmunini
tevarak-atrofdagi hayot to‘g‘risidagi tasavvurlar va ayrim oddiy
tushunchalar tashkil etadi.
Bunday tasavvur va tushunchalarning bolalar tomonidan egallab
olinishi, ya’ni bolalarda har xil sohalar bo‘yicha o‘zlashtirgan umumiy
tasavvurlar sistemasi ularning kelajakda umumiy rivojlanishi uchun
nihoyatda zarur bo‘lib, bularsiz ular hozirgi zamon boshlang‘ich sinf
ta’limidagi kerakli bilimlarni egallay olmaydilar.
Maktabda esa o‘quvchilarning bilimi yangi bosqichga ko‘tariladi
va kengayadi, shu bilan birga ular egallayotgan bilimlarini nazariy
jihatdan anglay boshlaydilar, ilmiy tushunchalarni shakllantirısh
maktabda olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishning markaziga
qo‘yiladi. Maktabda bilimlar asosini egallash yanada aniqroq tusga
kira boradi.
273
MTM bilan maktab o‘rtasidagi izchillik ta’limning shakl va
uslublarida ham o‘z aksini topadi.
Ta’1im berish uslublaridagi izchillikning muhim sharti
bolalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarni ongli egallab olishlariga
erishish, bog‘chada va maktabda ularning aqliy qobiliyatlarini va
ijodiy faolliklarini o‘stirishdir. MTM va maktabning boshlang‘ich
sinfiga qo‘llaniladigan juda ko‘p usullar bir xil bo‘lib, ular bolalarning
aqliy, axloqiy-irodaviy rivojlanishlarini yaxshilashga qaratilgan, shu
bilan birga ularning yangi mazmundagi bilimlarni egallashga, amaliy
faoliyatga, bilishga qiziqishini oshirib, o‘qituvchi bilan dars
jarayonida yuzaga kelaıligan munosabatlarning murakkabroq
shakllarini egallab olishlariga yordam beradi.
Tarbiyachining mashg‘ulotlar jarayonida bolalarning amaliy
faoliyatlariga, bilish jarayoniga bunday rahbarlik qilishi maktab va
MTM o‘rtasidagi ta'1im usulidagi izchillikning asosini tashkil etadi.
Maktabdagi dars, MTMdagi mashg‘ulot bir muncha o‘ziga xos
xususiyatlarga ega, shu bilan birga ta’limning tashkiliy asosda olib
borilishida esa umumiylik sezilib turadi. Mashg‘ulot va darslarning
mazmuni aniq dastur asosida olib borilishi, aniq belgilangan vaqt
ajratilishi, pedagogning rahbarlik roli, ta’limning ilmiy asoslangan
metod va usullaridan foydalanish, ta’lim berish jarayonida bolalarda
o‘quv faoliyati elementlari, o‘z xulqini ixtiyoriy boshqarish qobiliyati,
ma’lum maqsadga qaratilgan aqliy ish bilan shug‘ullanish qobiliyati
tarbiyalab boriladi. Bular hammasi bolani maktab ta’limiga faol
kirishib ketishga tayyorlaydi.
Maktab va maktabgacha ta'lim muasassasi ishidagi izchillikni
amaliy ro‘yobga chiqarishning muhim shartlaridan biri tayyorlov
guruh
tarbiyachilari
hamda
1-sinf
o‘qituvchilari o‘rtasidagi
hamkorlikni o‘rnatishdir. Bu aloqalarning ahamiyati keyingi yillarda
Respublikamizda qabul qilingan ta’lim sohasidagi tub islohotlarda o‘z
aksini topgan. Hozirgi davrning o‘ziga xos xususiyati maktabgacha
ta’lim muassasasi va maktab bilan ommaviy yaqinlashuvi, pedagoglar
jamoasining samarali hamkorliklari hisoblanadi.
Hamkorlikning asosiy vazifasi bolalarni maktab ta’limiga
tayyorlashda yakdillikka erishish, bolani maktab ta’limiga tayyor-
lashning yuqori darajasini ta’minlash bo‘lib, bu keyinchalik maktabda
muvaffaqiyatli o‘qishga olib keladi. Hamkorlikning mazmuni hamda
shakllari shu vazifalardan kelib chiqib:
274
– Axborot - innovatsion, pedogagik.
– Ilmiy - uslubiy.
– Amaliy.
Birinch haftada o‘qituvchining tayyorlov guruh dastur talablarini
chuqur bilishi, shu o‘rinda tayyorlov guruhi tarbiyachilarning ham l-
sinf dastur mazmuni bilan tanishishi, mashg‘ulotda va dars jarayonida
axborot, pedagogik va interfaol usullardan foydalanish darajasi,
bolalarni har tomonlama tarbiyalashda birlikka erishish muhimdir.
Dostları ilə paylaş: |