Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktab ta’limiga 
tayyorlashning mazmun-mohiyatini yoriting? 
2. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhitning 
ahamiyati nimalardan iborat? 
3. Tayyorlov guruhida qanday ta’limiy-tarbiyaviy ishlarning vazifalari 
nimalardan iborat? 
4. MTM bilan maktab o‘rtasidagi aloqa shakllari qaysilar? 
5. Maktabgacha ta’lim tayanch dasturini asosiy bo‘1im va mazmunini 
izohlang. 
6. Dasturni takomillashtirish bo‘yicha sizning fikringiz. 
7. Inklyuziv ta’1im tamoyillarini izohlang. 
8. Tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta'limiga tayyorlashda qanday 
ishlar amalga oshiriladi? 
9. Tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’1imiga tayyorlashda qanday 
qobiliyatlarni shakllantirish zarur? 
10. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash qaysi guruhdan boshlanadi? 
 


267 
XV. MODUL. MAKTABGACHA TA’LIM 
TASHKILOTLARI VA MAKTAB HAMKORLIGI 
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: 
bolalarni maktabga 
tayyorlash vazifalari, maktabgacha ta’lim muassasasi bilan maktab 
aloqasining shakllari.
XV.1. Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab hamkorligi 
Maktab ta’limiga tayyorlashda bolalar faoliyatini tashkil etishning 
ahamiyati. 
Zaruriy faoliyatning barcha turlarini yanada takomillashtirish va 
shu asosda qimmatli ma’naviy sifatlar – mustaqillik, uyushganlik, 
jamoatchilikni shakllantirish, maktab yoshidagi bolalarni tarbiya-
lashning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Faoliyatga qatnashish mak-
tabgacha yoshdagi bolalar shaxsini shakllantiradi. Tarbiyachining 
rahbarligi faoliyat mazmunini va uni amalga oshirish usullarini yanada 
boyitishga, faoliyatni birgalikda rejalashtirish, faoliyat jarayonida 
hamkorlik hissi, umumiy intilishlar bilan ma’lnm natijalarga erishish 
xulosalarini shakllantirishga yo‘llangan bo‘ladi. 
O‘yin faoliyatida: 

o‘yinlarda ijtimoiy hayotning ijobiy hodisalarini aks ettirish; 

o‘yinda kelishish; 

syujetni hamkorlikda aniqlash; 

rollarni haqgo‘ylik bilan taqsimlash; 

o‘yin tuzilishi mustaqil tayyorlash; 

syııjet mazmrınini faol rivojlantirish; 

o‘yinda bir-birini tııshunishga erishish; 

do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash; 

o‘yinning ma’nosini to‘liq amalga oshirish; 

o‘yinchoq va materiallarni joy-joyiga eslatishlarsiz olib borib 
qo‘yish; 

o‘yin qoidalariga to‘liq rioya qilish kabi ko‘nikmalar o‘yin 
faoliyatini muvaffaqiyatli egallaganliklarining ko‘rsatkichi bo‘lib 
hisoblanadi. 
Mehnat faoliyatida: 

mehnat 
majburiyatlarini 
(o‘z-o‘ziga 
xizmat 
ko‘rsatish, 
navbatchilik, ish o‘rnini tartibli saqlash) yaxshi bajarish; 

bajarilgan ish sifat va natijasi; 

vazifalarni o‘zaro adolatli taqsimlay olishlari; 

do‘stona ishlay olishlari; 


268 
Mehnat jarayonida madaniy xulq-atvor qoidalariga rioya qilishlari 
orqali tarbiyachi bolalarda mustaqillikni, tirishqoqlikni, uyushganlik 
va javobgarlikni his qilish mas’uliyatini shakllantirishda foydalanadi. 
Bolalarning jamoa mehnatlari mazmunlari va uyushtirilishi 
murakkablashib, bolalar guruhlariga birikib ishlashadi, bunda hamkor-
likdagi mehnat amalga oshiriladi. Bolalarning jamoa mehnati faoliyati 
asoslarini muvaffaqiyatli egallashlari, mehnatda mustaqillik va 
uyushganlikni shakllanganligining ko‘rsatkichi bolalarning mehnat 
maqsadini tarbiyachi bilan birgalikda rejalashtirishlari va uning 
natijasini tasavvur qilishlari, zarur materiallarni ajrata olish, 
vazifalarni mustaqil taqsimlash va mehnat natijasini to‘g‘ri baholay 
olishlari lozim. Mehnat burchagida bolalarga tushunarli bo‘lgan 
mehnat turlari bilan mustaqil shug‘ullanish uchun barcha zarur 
narsalar bo‘lishi kerak. Bolalarga uskuna, o‘yinchoq, qo‘llanmalarni 
guruh xonasida tartibli saqlash uchun mas’uliyat hissi shakllantiriladi, 
bu maqsadda har haftada guruh xonasini jamoa bo‘lib yig‘ishtirishda 
qatnashadilar. 
Bunda 
bolalarning 
badiiy-estetik 
didlari 
ham 
rivojlantiriladi. Guruhda estetik muhitni yaratishda ishtirok etishlari 
ta’minlanadi, kattalar mehnati haqidagi tasavvurlari kengaytiriladi, 
kishilar mehnatiga hurmat hissini tarbiyalash, ishlab chiqarish 
korxonalari qurilishlari umumlashtiriladi. Madaniy-maishiy xizmat 
xodimlarining mehnatlari to‘g‘risida tushuncha hosil qilinadi. 
Shunday qilib, maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etiladigan 
jarayonlarning butun tizimi maktabgacha yoshdagi bola ongi, xulq-
atvori va shaxsini qayta qurishga, bolalarda mehnat ta’limining yangi 
sharoitlariga faol har tomonlama tayyorgarlikni shakllantirishga xiz-
mat qiladi. 
Bolaning maktab ta’limiga maxsus tayyorgarligi mehnatda 
o‘qishga umumiy, psixologik tayyorgarligiga qo‘shimchadir. U bola-
larda matematika, ona tili kabi o‘quv fanlarini o‘rganishi uchun zarur 
bo‘lgan maxsus bilim, ko‘nikma va malakalarning mavjudligiga ko‘ra 
aniqlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarda eng oddiy 
matematik tasavvurlarni tarkib toptirish, nutqni o‘stirish, o‘qish va 
savodni egallashga tayyorlanish yuzasidan o‘tkaziladigan jadal ish 
bolalarni maktabda o‘qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini 
ta’minlaydi. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin