Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

 
 


264 
Kuzatishning asosiy xususiyatlari: 
– Mohiyatan bola haqida ma’lumot to‘plash va baholash aniq 
maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. 
– Ma’lumot1arni to‘plash va tahlil etish muntazam amalga oshirilishi, 
doimiy xarakterga ega bo‘lishi lozim; 
– Kuzatish jarayonida to‘plangan ma’lumot1ar hujjatlashtirilishi va 
tahlil qilinishi zarur. 
– Bola haqidagi bilimlarning asosini turli vaziyatlardagi kuzatish 
natijalari tashkil etilishi bolaning haqiqiy imkoniyatlarini bilish va 
tushunish, uning rivojlanish doirasini hamda uning ilgarilab borish 
yoki aksincha qiyinlashtiruvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. 
– Bola haqida ma'lumot to‘plashda har tomonlama yondashuv, uning 
ayrim xislatlariga (ijobiy va salbiy bo‘lishidan qat’iy nazar) sun’iy 
ravishda alohida urg‘u berishga yo‘l qo‘yınaslik lozim. 
– Bolaga xos xususiyatlar tahlilini uning eng yaxshi, kuchli 
jihatlaridan boshlamoq maqsadga muvofiqdir, chunki aynan shunday 
yondashuv bolani tushunishda va pedagog faoliyatida o‘ziga xos 
tayanch sifatida xizmat qiladi. 
– Kuzatish mezonlari (bola haqida ma’1umot to‘plash yo‘nalishlari) 5-
7 yoshli bolaning ruhiy-jismoniy rivojlanishiga oid bilimlarga 
asoslanishi zarur. 
Guruhdagi bolalar sog‘lig‘ining holati haqida tarbiyachi daftarga 
qayd etib boradi. Pedagog bolalar bilan yakkama- yakka 
shug‘ullanishi uchun maxsus daftarga bola rivojlanishining ayrim 
sohalarida alohida e’tibor qilish lozim bo‘1gan bolalar haqida 
ma’1umot qayd etib boradi. Pedagog daftardagi ma’1umotlardan 
pedagogik maqsadlarni qo‘yish va bolaning rivojlanishiga xizmat 
qiladigan faoliyat tarzlarini rejalashtirishda foydalanishi mumkin. 
Pedagog bolalar bilan ularning qiziqishlari bo‘yicha intervyu 
va suhbatlar o‘tkazib turadi. Bolalar kattalar bilan o‘z fikrlari, g‘oya 
va ishlari bo‘yicha gaplashishni xohlaydilar, bunday hollarda pedagog 
bolalarga samimiyat va hurmat bilan munosabatda bo‘lishi o‘zini 
qiziqtirgan mavzu bo‘yicha bolalar so‘zlarini tinglashi, ochiq savollar 
berishi, suhbatga undashi lozim. Bunday tadqiqotning maqsadi 
bolalarning xususiyatlari va ehtiyojlari haqida ko‘proq bilishdan 
iborat. 
Agar bola qisqa muddatli guruhlarda qatnashayotgan bo‘1sa 
pedagog tomonidan “Portfolio” hujjatini tutadi. Bu bolaning qisqa 


265 
muddatli guruhga kelganidan tortib, yakunlagunga qadar yutuqlari va 
ishlarining individual to‘p1amidir. Portfoliodan rivojlanishning o‘z-
o‘ziga baho berish vositasidan foydalanish, unga bolaning o‘z fikr-
mulohazalarini aks ettirishga harakat qilib, so‘zlar va sonlarni 
yozishga urinishlarini, nutq namunalarini ham kiritish mumkin. 
Bundan tashqari ota-onalarning ruxsati bilan bola faoliyatini aks 
ettiradigan fotosuratlarni, og‘zaki nutqlari yozib olingan audio-
disklarni tanlab olish mumkin. Bolalarga tegishli bo‘1gan portfolio 
ota-nalarga ko‘rsatilishi lozim. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin