XIII. 2. Maktab ta’limiga tayyorlashda ta’lim-tarbiyaviy
jarayonning o‘rni va o‘ziga xosligi
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda maktabgacha ta'lim
muassasasida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiyaviy jarayonlar o‘ziga xos
xususiyatga ega. Bu o‘ziga xoslik maktab ta'lim- tarbiya ishlaridan
nusxa ko‘chirish emas, balki bolalarning maktabda muvaffaqiyatli
o‘kishi uchun zarur bo‘ladigan og‘ishmay shakllantirishga
mo‘lja1langan faoliyat va xulq- atvorni maxsus tashkil etishdir. Bu
bolalar faoliyatining barcha turlarini murakkablashtirishda, bolalar
tomonidan amalga oshirishning murakkab usullarini egallashlarida,
faoliyat jarayonida hamkorlikning yangi usullarini o‘zlashtirishda,
bolalar faoliyati va xulq-atvorining jamoatchilik yo‘nalishini
rivojlantirishda, ijtimoiy-foydali asoslarini ilgari surishda namoyon
bo‘1adi. Bu jarayon bo‘1ajak maktab majburiyatlarini hisobga olib
talablarning so‘zsiz ortib borishi bilan ifodalanadi. O‘z ahamiyatiga
ko‘ra bolalarning mustaqilliklari, o‘yin, o‘qish va mehnatning sifat va
natijaliligi birinchi o‘ringa chiqadi. Bu quyidagilarda namoyon
bo‘ladi:
Kun tartibining o‘zgarishida-bola yuvinish, kiyinish, ovqatlanish
jarayonlarini tez sur’atda bajarishga o‘tadi, faoliyatning bir turidan
ikkinchi turiga tezroq moslashadi. Tarbiyachining bolalar bilan
muloqot usuli o‘zgaradi, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan
munosabatiga xos ayrim xususiyatlarni kasb etadi (bolalarga
qo‘yi1adigan talab ortadi, ularda mustaqillik rivojlanadi). Bolalarni
maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo‘lgan
ta’1im olishga, o‘qishga ishtiyoq, qiziqish sezilarli darajada kuchaydi.
Bu o‘rinda bolalarni ruhan ta’linı jarayoniga kirishishga tayyorlash
maqsadida dastlabki o‘quv elementlarini o‘rgatish lozim.
Maktabgacha ta'lim muassasasidagi mashg‘ulot1ar vaqti ortadi.
Bunda bolalarni voqelikning turli sohalari haqidagi tasavvurlarini
245
yanada kengaytirish va to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantirishga oid
ishlar olib boriladi. Bolalar bilimlarini o‘rgani1ayotgan narsa va
hodisalardagi muhim belgi hamda munosabatlarni ajratish asosida
yanada umumlashtirish va tizimlashtirish muhim vazifa hisoblanadi.
Bolalarni maktabda o‘qishga tayyorgarligining yana bir muhim
tomoni –atrof-olam, narsa va hodisalarni tegishli mezonlarda
umumlashtira va tabaqalashtira bilish hisoblanadi. Istalgan o‘quv
fanini egallash bolada mazkur o‘quv o‘quv fanida ko‘rib chiqilayotgan
voqelikhodisalarini ajratish va uni o‘z bilish obyektiga aylantirish
qobiliyatining mavjud bo‘lishini nazarda tutadi. Bu tizimlashtirish,
umumlashtirish, tahlil qobiliyati ma’1um darajada rivojlanishini talab
qiladi. Asosiy maqsad olingan bilimlar ko‘magida mazkur masalalarga
nazriy yondashuv masalalarini shakllantirishga yordam beradigan
umumiylashtirilgan tasavvur va elementar tushunchalarning tarkib
topishini ta'minlashdir.
Bolalarning maktabda savodini chiqarish uchun tayyorgarlikka
oid jadal ish olib boriladi, bu sohalar bo‘yicha dastur talablarini
egallash, keyinchalik matematik rivojlanishlari muhim bo‘1gan butun
sonlar qatori, qonuniyatlari, bolalar uchun yangi voqelikning miqdoriy
tomonlarini bilish vositasi sifatida o‘lchov faoliyati, qism va butun,
o‘lchov va o‘lchash o‘rtasidagi funksional bog‘liqliklar va shu kabilar
haqidagi qoidalarni anglashlarida yordam beradi. Bular bolalarning 1-
sinfdagi matematik bilimlar mazmunini ongli, faol egallashlarini
ta’minlaydi.
Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik mashg‘ulotlarida - bolalar
nutq va til voqeligi sifatidagi yangi lingvistik munosabat asoslarini
o‘zlashtira boshlaydilar. Bolalar tomonidan nutqning tuzilishi, uning
og‘zaki va tovush tarkibini oddiy o‘zlashtirish sodirbo‘ladi,so‘z til
voqeligi degan ilk tasavvur tarkib toptiriladi. Kesma harflar
yordamida tovush-harf, bo‘g‘in tuzishga va uni o‘qishga o‘rgatiladi,
namunadagidek turli so‘zlarni yozish, chizish masalalari shakllanadi.
Bolalar tegishli atamalar: gap, tovush, bo‘g‘in, harf, so‘z tarkibi
kabilarni egallab oladilar. Bu ish maktabda savodni egallash va ona
tilini o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir.
Mashg‘ulotlar jarayonida bolalarning analitik-sintetik faoli-
yatlarini rivojlantirishga tahlil, umumlashtirish, qiyoslash, tasniflash
usullarini takomillashtirishga doimo e’tibor qaratiladi. Bunda
bolalarni bevosita bilishdan bilvosita bilishga ko‘chirishning roli
246
kattadir. Bu yoshdagi bolalar kattalarning miqdoriy o‘zaro
munosabatlarining o‘lchashlar vositasida aniqlashni, narsalarni ko‘rib
chiqish yoki qiyoslashda kuzatishlar chizmalaridan foydalanishni,
narsalarning sifat va xususiyatlarini baholashda ijtimoiy ishlab
chiqilgan etalonlardan foydalanish kabilar o‘rganib boriladi.
Mashg‘ulotlarda bolalarda o‘quv faoliyati va uyushgan xulq-atvor
malakalarini maqsadga muvofiq shakllantirish davom ettiriladi. Bunda
bolalarning:
– O‘quv vazifalarini qabul qilish ko‘nikmalari.
– Tarbiyachining tushuntirish va ko‘rsatmalariga muvofiq harakat qila
olishlari.
– Butun mashg‘ulot davomida mashg‘ulot mazmuniga qiziqish.
– Diqqat-e’tiborni saqlash.
– Ishni oxiriga yetkaza bilish.
– Vazifani bajarish jarayoni va uning natijasini topshiriqqa muvofiq
baholash.
– Tarbiyachi savollariga baland ovozda mantiqli javob berish.
O‘z fikrini tushunarli va savodli ifodalay olish jihatlari ish
samaradorligi belgisi hisoblanadi.
Tarbiyachi bolalar mustaqilligini rivojlantirar ekan, ular o‘z
faoliyatlarini rejalashtiradi hamda izchil tarzda o‘rganib boradi. Bu
ko‘nikmalar barcha faoliyat turlarida amalga oshirilib, bolalar
dastavval tarbiyachi tomonidan taqdim etilgan reja asosida harakat
qilishni, so‘ngra tarbiyachi bilan birgalikda reja tuzishni, so‘ngra o‘z
faoliyatlarini
mustaqil
rejalashtirishni
o‘rganadilar.
Bolalar
faoliyatining natijaliligiga talab ortib boradi. Tarbiyachi ish natijalarni
baholashda quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
– Bola tomonidan topshiriqni bajarishdagi aniqlik.
– Bajarilgan ish sifati.
– Ishning zarur sur’atini saqlash ko‘nikmas.
– O‘zini-o‘zi nazorat qilish.
O‘zini-o‘zi nazorat qilish ta’sirini tarbiyachi asta-sekin natijani
nazorat qilishdan topshiriqni bajarish jarayonidagi harakat usullarini
nazorat qilishga va so‘ngra nazoratdan oldingi elementlarga tomon
rivojlantiradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya va pedagogik
jarayonlarda o‘qitish muammolarini ilmiy asosda ishlab chiqqan
pedagog
olimlar
(A.P.Usova,
N.B.Mchedlidze,
V.I.Loginova,
247
Yu.K.Batanekev va boshqalar) “Pedagogik jarayon yaxlit, dialektik va
rivojlanuvchi hodisadir. Uning rivojlanish jarayonida asosiy tashkil
qiluvchi qismlari: tarbiya va o‘qitish, bolalarning uyushtirilgan va
mustaqil faoliyatlari, ayrim faoliyat turlari (o‘yin, o‘quv, mehnat)
o‘rtasidagi nisbat o‘zgaradi”, –deb ta’riflanadi.
Tarbiyachi bolalarga tanishtiradigan ijtimoiy hodisalar sohasi
jiddiy kengayadi. O‘zbekistonning qadimiy shaharlari, Buyuk Ipak
yo‘1i, O‘zbekistonning mustaqilligi, gerbi, bayrog‘i, madhiyasi
haqida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bosh-
qarilishi,buyuksiymolar, mashhur sarkardalar, xalq amaliy san’ati,
an’anaviy bayramlar haqidagi bilimlarga tayanadi.
“Konstitutsiya saboqlari” bu ilk iqtisodiy tarbiya mashg‘ulotlari
orqali bo‘lajak o‘quvchilarda huquqiy ong, huquqiy madaniyat,
huquqiy tarbiya shakllantiriladi. O‘zbekistonning o‘z milliy so‘mi va
iqtisodiyot saboqlarining ilk elementlari hodisalarga qiziqishlarini
rivojlantiriladi, fuqarolik hissiyoti asoslari: vatanparvarlik, mehnat
ahliga hurmat, mamlakat xalqlarini sevishni tarkib toptiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat haqidagi bilimlarini
tizimlashtirishning asoslari: jonli va jonsiz tabiat hodisalari, o‘simlik
va hayvonot dunyosi, o‘z tana a’zo1ari, ularning tuzilishi va
xususiyatlari, yashash muhiti, himoya vositalari, oziqlanishi haqida
bilim beriladi. Bolalarda kattalar mehnati haqida bilimlarni
shakllantirishda tizimlashtirishning asosini mehnat buyumlari, kishilar
ehtiyojini qondirish uchun mehnat mahsulotlariga aylantirish
aloqalarini tushunish tashkil etadi. Mashg‘ulotlarda o‘zIashtiriladigan
bilim va ko‘nikma1ar bolalarning amaliy faoliyatlari bilan bog‘1anadi.
O‘lchash usullarini bolalar o‘yin va mehnat faoliyatida o‘sim1iklar va
ularni parvarish qilish haqidagi bilimlarni tabiat burchagidagi
navbatchilikda, gulzordagi mehnat ishlarida, turli material xususiyat
va sifatlari haqidagi bilimlarni o‘yin va qurishyasash va boshqa
faoliyat turlarida qo‘1laydilar.
Dostları ilə paylaş: |