Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


O‘yinchoqqa quyidagi talablar qo‘yiladi



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

O‘yinchoqqa quyidagi talablar qo‘yiladi: 
Pedagogik talab
.
O‘yinchoq obrazi va mazmunining bola 
tarbiyasiga muvofiqligi, jamiyatimiz g‘oyasi nuqtayi nazariga mos 
kelishi, g‘oyaviy jihatdan qimmatli bo‘lishi pedagogik talabning 
muhim belgisi hisoblanadi. O‘yinchoqbolada olijanob tuyg‘ularni 
uyg‘otishi, boshqa millat bolalari bilan do‘stona munosabatlarni 
tarbiyalash, voqelikka nisbatan olijanob tuyg‘ular uyg‘otishi, ijobiy 
axloqiy tajriba to‘plashga yordam berishi lozim. Bolaning faollikka 
bo‘lgan intilishini qoniqtirishi va uni uyg‘otishi kerak. Obrazli 
o‘yinchoq real haqiqatni ifoda etadi, buyum, uning xususiyatlari va 
hayotdagi ahamiyatini aks ettiradi. 
Gigiyenik talablar.
O‘yinchoq qanday materialdan va rangdan 
tayyorlanganligi, bolaning hayotiga hech qanday xavf solmasligi, 
yaxshi tozalanishi mumkinligi asosiy talablardan hisoblanadi. 


222 
Badiiy talablar.
Shakl, bo‘yoq va bezaklarning har tomonlama 
uyg‘un1ashuvi, bir-birini rang va shakl jihatdan to‘ldirib, ta’kidlab, 
o‘yinchoqning badiiy ifodaliligini oshiradi. O‘yinchoqlarning tuzilishi 
va bezalishi bolalarning turli yosh bosqichlarida idrok etish 
xususiyatlariga to‘la mos kelmog‘i lozim. 
To‘g‘ri tanlangan o‘yinchoq 
bolaning jismoniy, axloqiy, aqliy 
va badiiy-estetik tarbiyasi rivojiga ijobiyta'sirko‘rsatadi.Bolani aqliy 
jihatdan tarbiyalashda didaktik o‘yinchoqlarning butun bir tizimi katta 
ahamiyat kasb etib, sensor va nutq rivojiga ta’sir etadi, fikrlash 
jarayonlari va diqqatini tarbiyalaydi, buyum va uning xususiyatlariga, 
qurilishiga bo‘lgan qiziqish shakllanadi, bilimi, tushunchalari boyib 
boradi. O‘yinchoq bolani quvontiradi, atrofdagilarga nisbatan ijobiy 
munosabat hosil qiladi, birgalikda o‘ynash tuyg‘usini uyg‘otadi va 
ijobiy his-tuyg‘ularni tarkib toptiradi. Axloqiy his-tuyg‘uIarni 
shakllantirishda qo‘g‘irchoq muhim ahamiyatga ega. Milliy qo‘g‘ir-
clıoq bolalarni boshqa millatga mansub bo‘lgan tengdoshlariga 
bo‘lgan ijobiy munosabatini tarbiyalash manbalaridan hisoblanadi. 
San'atning birinchi yorqin obrazli va eng tushunarli buyumi bo‘1gan 
o‘yinchoq estetik hislar va kechinmalarni uyg‘otadi, estetik tarbiyani 
to‘p1ashga yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi. Shu o‘rinda 
bolalarga yaqin va tushunarli bo‘lgan xalq o‘yinchoq1arining 
ahamiyatini alohida ta'kid1ash lozim. O‘yinchoq bolalarni turli rang-
barang harakatlarga undaydi va bolaning faol harakatga bo‘lgan 
ehtiyojini qolıdiradi. Tezkor javob reaksiyasini, harakatlarning 
aniqligi va muvofiqlashtirishini rivojlantiradi. 
Ilk yoshdagi bolalarga mo‘ljal1angan ko‘p o‘yinchoqlar 
(shaqqildoqlar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshq.) bolada 
ko‘rish va eshitish diqqatini rivojlantiradi, ushlash harakatlari va 
buyumli harakatlarni o‘stirishga yordam beradi. Syujetli-obrazli 
o‘yinchoq1ar syujetli-rolli o‘yin uchun foydalaniladi. U bolalarda 
ijobiy xarakter qirralarini, mulo- yimlik, g‘amxo‘rlik, yordam berishga 
ehtiyoj, shuningdek kattalar mehnatiga hurmat va tengdoshlari bilan 
o‘ynay olish malakalarini tarbiyalaydi. 
Texnika o‘yinchoqlari bolalarda texnikaga va texnika asboblariga 
bo‘1gan qiziqishni uyg‘otib, ularni o‘z o‘yinlarida qo‘1lay olish 
imkonini yaratadi. Bolalarga texnikaga bevosita aloqasi bor 
buyumning (mashinalar, mexanizmlar, transport turlari, aloqa 


223 
vositalari) tashqi ko‘rinishi, obrazini va unga xos harakatlarini 
tanishtiruvchi texnik o‘yinchoqlar yaqin turadi. 
Qurish-yasash 
o‘yinchoq1ari 
bolalardagi 
qurish-yasash 
qobiliyatlarini rivojlantiradi hamda ijodkorlikka intilish uyg‘otadi. Bu 
o‘yinchoq1arni o‘ynash buyumning asosiy vazifalariga taqlid qilish 
imkonini yaratishi lozim (avtomobilda g‘ildiraklar lıarakatlanishi, 
eshik ochilishi). 
Qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinchoqlarning asosiy 
2 turi mavjud:
kublar, prizmalar, konuslar, piramida,slindrlar, plastinkalar, 
geometrik shakllar to‘plami. 
turli blok - devor, kolonka, tom, ark va boshqa arxitektura va 
qurilish materiallari. Mayda (stol o‘yinlari uchun) va yirik (polda va 
maydonchada) o‘ynashga mo‘lja1langan bu qurilish materiallarining 
rangi har xi1 bo‘lishi mumkin. 
Didaktik o‘yinchoqlarning asosini xalq o‘yinchoq1ari tashkil 
qiladi. Ularni o‘ynashda bola o‘z-o‘zini nazorat qiladi. Xilma-xil 
mozaykalar sensor qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ulardagi o‘yin 
vazifasi naqshlar, rasmlarni tanlash va joylashtirishdan iborat. 
Harakatli o‘yinlarga mo‘ljallangan o‘yinchoq1ar: suv, qum bilan
o‘yna1adigan 
o‘yinchoq1ar, 
koptoklar, 
arg‘anıchilar, 
lıambaraklar va boshqalar. Ularning asosiy vazifasi bolalarni jismoniy 
jihatdan tarbiyalashdir. 
Musiqali va teatrlashtirilgan o‘yinchoqlar bolalarning musiqaviy 
ohang va ritmni eshita olish qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi. 
Katta yoshdagi bolalar ertaklarni salınalashtiradilar. 
Qum bilan o‘ynash. Qum bolalarning o‘ynashlari uchun eng 
qulay o‘yin vositasi hisoblanadi. Qum maxsus yashiklarda nam 
holatda saqlanadi. Qumni saqlashga gigiyenik talablaı qo‘yi1adi: 
qum turli xil tosh, shishalardan tozalangan bo‘1ishi; b) qum faqat 
namroq holda saqlanishi; d) bolalarning salomatligiga xavf solmasligi 
kerak. 
Kichik yoshdagi bolalar qum bilan o‘ynashlari uchun bayroq- 
chalar, o‘yinchoqlar tayyorlab qo‘yilishi kerak. 


224 
Suv bilan o‘ynaladigan o‘yinlar. Bu o‘yinlar bilan kichik yoshdan 
boshlab shug‘ullanish mumkin. Suvda qo‘g‘irchoqni cho‘mi1tirish, 
o‘yinchoqlar bilan o‘ynash, katta yoshdagi bolalar esa suvda 
cho‘milishlari mumkin. 
Qor bilan o‘yna1adigan o‘yin1ar bolalarda quvnoq kayfiyatni 
uyg‘otadi. Buning uchun yog‘och belkurakcha, qorni tashish uchun 
quticha ortilgan chana bo‘1ishi shart, Kattalar yordamida qor 
uyumlaridan turli shakllar, qorbobo, qorqiz, hayvonlarning qiyofasini 
yasaydilar. 
Milliy xalq o‘yinlari. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida 
tarbiyalashda milliy xalq o‘yinlarining ahamiyati kattadir. Bu o‘yinlar 
ikki guruhga bo‘linadi: 
Milliy harakatli o‘yinlar. 2. Milliy xalq o‘yinlari. 
Milliy harakatli o‘yinlar sport turlari hamda xalqimiz qadriyatlari 
bilan aloqador bo‘1ib, ular asrlar davomida davrlarga mos ravishda 
rivojlanib, takomillashib, e’zozlanib kelingan. U bolalarning jismonan 
baquvvat, sog‘lom, jasur, qat’iyatli, chaqqon, uddaburon bo‘lib 
o‘sishlarida muhim omil hisoblanadi. Xalq milliy o‘yinlarida 
millatning o‘tmish tarixi, ma’naviy va madaniy rivojlanishining 
xarakter - xususiyatlari, urf-odatlari, an‘analari jamlangandir. 
Xalq milliy o‘yinlari orqali bolalarni ma’naviy, aqliy, jismoniy, 
estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida ularda o‘z Vatanini 
sevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdodlarimiz meros-


225 
larini hurmat qilish, milliy kuy va qo‘shiqlardan zavqlanish tuyg‘u-
1ari, shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, sabr-
toqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib 
boradi. 
Xalq milliy o‘yin1arini maktabgacha ta’lim muassasalarida 
tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim: 
– xalq milliy o‘yin1arining turlari va ularni tashkil etish yo‘llari, 
usullari hamda uslublarini ishlab chiqish; 
– milliy o‘yinlarni tashkil etishda ma'naviy qadriyatlar va urf-
odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish; 
– maktabgacha yoshdagi bolalarni Nlilliy istiqlol ruhida tarbiyalashda 
xalq miltiy o‘yinlarîdan maqsadli foydalanish; 
– xalq ertaklari, xalq og‘zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish; 
– bolalarning o‘ynash1ari uchun shart-sharoit (o‘yin uchun jihozlar, 
atributlar) yaratish; 
– maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va mahallalar o‘rtasida milliy 
o‘yinlar bo‘yicha ko‘rik tanlovlar va musobaqalar o‘tkazish. 
Milliy harakati o‘yinlar bolalarning yosh xususiyatlariga 
o‘yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi. 
1-2yosh1i bolalar bilan o‘ynaladigan o‘yin turlari. «Barmoq- qa-
barmoq», «G’oz-g‘oz», «G‘oz tursin», «Bo‘p-bo‘p», «Toy-toy», 
«Poyezd», «Achom-achom» o‘yinlari go‘dak endi bir-ikki qadam 
tashlashni o‘rganayotgan vaqtda gavdasini to‘g‘ri tutishga yordam 
beradigan o‘yinlar hisoblanadi. 
3-4 yoshli bolalar bilan o‘ ynaladigan o‘ yin turlari: "O‘t o‘yin", 
“Kesak qo‘ydi", “Ko‘z boylag‘ich", “Choriy chambar”, “Avval- 
akam”, “Tayoq irg‘ifish”, “Quloq cho‘zish”, “Chitti gul”, “Xolam 
mehmonga keldi”, “Uchdi-uchdi”. 
4-5 yoshli bolalar bilan o‘yna1adigon o‘yin turlari: “Chir- 
Aylanma", “Chillak”, “Tortishmachoq”, “Lafta”, “Dor o‘yin”, 
“Ko‘pkari”, “Berkinmachoq”, “Jami”, “Chertan devor gir-gir aylan”. 
Katta yoshdagi bolalar uchun o‘yinlar: “Chavandozlar”, “Doiraga 
tort”, “Do‘ppi yashirma”, “Sapalak”, “Besh tosh”, “Oq terakmi kork
terak”. Bu o‘yinlar orqali bolalarda chaqqonlik, o‘z-orzini bosh-
qara olish va o‘ziga ishonch tarbiyalanadi, qat’iyatlilik ko‘nikma-
1ari shakllanadi, fikrlashga o‘rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari 
rivojlanadi, hozirjavob bo‘1ishga tayyorlanib boradi. 


226 
Xalq harakatli o‘yinlarni tashkil etish va bolalarga o‘rgatishda 
quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur; 

Bolani ruhiy jihatdan o‘yinga tayyorlash. 

O‘yin jarayonida bolalarning jismoniy tayyorgaligi va yosh 
xususiyatlariga e’tibor berish. 

Har bir o‘yinning pedagogik tomonlarini nazardan qo chirmaslik. 

O‘yinlarni ijtimoiy-foydali mehnat bilan bog‘lagan holda hayotga 
tatbiq etish. 

O‘yin davomida o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash. 
Jamoa bo‘lib birgalikda harakat qilish, jamoa manfaatiga hurmat 
va e’tiborli bo‘1ish. 
O‘zbek xalqining ermak va ovutmachoq o‘yinlari bilan, asosan, 
bolaning ilk yosh davridan boshlab shug‘ul1anib boriladi. Bu o‘yinlar 
asosan kattalarning bevosita rahbarligida harakat va so‘zlarning 
uyg‘unlashuvi bilan o‘ynati1adi. Masalan: “Barmoqlar”, “sichqon-
sichqon” o‘yinlari orqali bolalarda xushchaqchaqlik kayfiyatlari hosil 
qilinib tasavvurlari o‘sib boradi. Xalqimizda “Bolaning ilonni 
changallaydigan davrida” ibora bor. Bu hikmat hali qo‘rqish hissini 
bilmaydigon davrida, ya’ni yaxshi-yoınonni ajrata olmaydigan vaqtida 
qo‘1lani1adi. Xuddi shu davrida “Sichqon- sichqon” o‘yini qo‘l 
keladi. 
Ilk yoshdagi bolalar dastro‘moldan yasalgan “Sichqon”ning 
harakatlanislıidan qattiq zavqlanib, qiyqirib yayraydilar. “Sich-
qon”ni harakatlantiruvchi katta odam uning juda chaqqonligini 
namoyish etishi kerak. Bu ovutmachoq go‘dakka sichqon shakli va 
uning juda to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga ko‘maklashadi. Ermak 
o‘yinlardan «Oymoma», «Bog‘ga kirsam maylimi», «Alla», «Aji-aji», 
«Boylandi», «Chapakka-xo chapakka» orqali bolalarni muloqotga 
o‘rgatib boriladi. Bu jarayonda bolalarning eshitish, ko‘rish, sezish, 
his qila olish kabi sensor qobiliyatlari faollashadi. Bolalarning nutq 
faolligini o‘stirish maqsadida aytishma o‘yinlaridan keng 
foydalaniladi. Bunday o‘yinlarga «Boylandi», «Xolam keldi», 
«Mundi-mundi», «Bulbulim-bulbulim», «Ko‘z boy1og‘ich», «Oq 
sholi, ko‘k sholi», «Ada hormang»1ar kiradi. Yana xalqimizda azal-
azaldan o‘ynab kelinadigan so‘z o‘yinlaridan «Yarashtirgich»lar hali-
hanuzgacha bolalar orasida «tinchlik–yarashuv» timsoli sifatida 
qo‘l1aniladi. Bu o‘yinlar bolalar tilidan ana shunday jaranglaydi:


227 
Karimga berdim toychoq, 
U olavermadi har choq. 
Toychog‘imni kim olsa, 
Men u bilan chin o‘rtoq. 
Yalinchoq-yalinmachoq, 
Pista po‘choq. 
Qilichm, to‘qmoq, qirq yilgacha o‘rtoq, 
To‘qmoq, to‘qson yilgacha o‘rtoq. 
Bolalarning matematik tasavvurlarini o‘stirishga yordam 
beradigan o‘yin turiga «Sanamalar» kiradi. Bu o‘yin jarayonida 
bolalar she’riy satrlar orqali son-sanoqdan topishmoq tarzida foyda-
lanib qatnashadilar. Bunda bolalarning tasavvurlari, fikrlash doiralari 
kengayib, she’riy ohangda to‘g‘ri javob qaytarishga o‘rgatilib boriladi. 
Asosan bu o‘yinlar quyidagicha ja ranglaydi: 
Dadam-u oyim,
Bor ikkita singlim.
Bahodir, Dildor,
Bog‘chaga ketar, 
Sanab ko‘r chaqqon,
Bizlar nechta jon? 
O‘zbek xalqi nihoyatda so‘zga chechan, topqir bo‘lib, o‘zining 
alyor-u qo‘shiqIariga boydir. Bu fikrimizning isboti sifatida xalq 
orasida mashhur bo‘lgan «Qiqillama1ar»ni misol sifatida keltirish 
mumkin. Bu so‘z o‘yinlarida sodir bo‘1ayotgan voqea-hodisalar, 
kechinmalar she’riy ohangda ijro etiladi. Masalan: 
Shov-shov etadi ariq,
Karim ekadi tariq. 
Echki keladi ma’rab,
O‘z egasiga qarab. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘yinlar maktabgacha yoshdagi 
bolalarni 
ma'naviy 
axloqiy 
pedagogik-psixologik 
jihatdan 
tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin