Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. O‘yin faoliyatiga ta’rif bering. 
2. O‘yin turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib bering. 
3. Bolalar o‘yinchoqlariga qo‘yiladigan
asosiy 
talablar nima-
lardan iborat? 
4. Maktabgacha ta’lim tizimida o‘yin texnologiyasining maqsad va 
vazifalari nimadan iborat? 
5. Interfaol o‘yinlarning o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat? 


233 
XIII. MODUL. BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA 
TAYYORLASHDA TA’LIM-TARBIYAVIY JARAYONNING 
O‘RNI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: 
maktab ta’limi, bolalar 
faoliyati, psixologik jihatlar, davlat talablari, imkoniyat, ta’1im 
muassasasi, prinsiplari asosida, yosh xususiyatlar, izchillik, pedagogik 
jarayon, ong, hissiyot
XIII. 1. Bolalarni mahtab ta’limiga tayyorlashning nazariy 
asoslari 
Respublikada maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha qabul qilingan 
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan 
Davlat talablari, “Ilk qadam” tayanch dasturi bolalarni maktab 
ta’limiga tayyorlashdek zarur ishni ta’minlaydi. Ya’ni, bu o‘rinda 
maktabgacha ta’1im muassasasi va maktab ishidagi izchillik katta 
ahamiyat kasb etadi. Bu izchillik ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari 
orqali ta’minlanib, izchillikni amalga oshirishning mavjud 
imkoniyatlari, ta’lim tizimi va uning tarkibiy va g‘oyaviy tuzilishi 
prinsiplari asosida amalga oshiriladi. 
Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalari tarbiyaning bolalar 
yosh xususiyatlari hisobga olingan umumiy maqsad va vazifalaridan 
kelib chiqib belgilanadi. Bu esa maktabgacha ta’lim muassasasi va 
maktab o‘rtasida izchillikni ta’minlashning asosiy negizi hisoblanadi. 
Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktabdagi ta’lim-tarbiya vazifa, 
shakl hamda metodlarining turli yosh bosqichlarida bola shaxsini har 
tomonlama shakllantirishni amalga oshirish maqsadlarida o‘zaro 
aloqasini qaror toptirish izchillik ifodasi hisoblanadi. 
Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab izchilligi quyidagi 
tamoyillarga asoslanadi: 
– Maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiyaviy jarayonda 
bolalarning umumiy rivojlanishining zaruriy darajasiga erishish uchun 
maktabga qo‘yi1adigan talablarga yo‘na1ganligi. 
–Bola shaxsini bosh1ang‘ich ta’lim maqsad va vazifalariga 
muvofiq keluvchi sifat jihatidan shakllantirish. 
Bunda asosan maktabgacha ta’lim muassasasi va maktabdagi 
pedagogik jarayonda ta’lim-tarbiyaning shaxsni uzluksiz yuksalib 
boruvchi shakllanishini ta’minlovchi yaxlit, dinamik va istiqbolli 
tizimni amalga oshirish uchun sharoit yaratadi. Maktabgacha ta’lim 
muassasasi va maktab o‘rtasidagi izchillikning qaror topishi tayyorlov 


234 
guruhi bolalari va l-sinf bolalalariga ta’lim-tarbiya berish sharoitlarini 
yaqinlashtiradi, Shunga ko‘ra maktab ta’1iınining yangi sharoitlariga 
o‘tish bola uchun sezilarsiz bo‘1gan psixologik qiyinchiliklar bilan 
amalga oshiriladi. Bunda bolalarning yangi sharoitlarga tabiiy kirib 
borishlari ta’minlanadi, bu esa o‘quvchi1arga maktabga birinchi 
kelgan kunlaridan boshlaboq ta’lim-tarbiya berish samaradorligini 
oshirishga yordam beradi. 
Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktabdagi butun pedagogik 
jarayonning bola shaxsini har tomonlama rivojlan- tirishga 
yo‘nalaganligi ular o‘rtasida ta’lim-tarbiya izchilligiga erishishning 
asosiy sharti hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar egallagan 
xulq-atvor va kattalar va tengqurlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar 
shakllari, ma’naviy tasavvurlar va hissiyotlar boshlang‘ich sinflarda 
amalga 
oshiriladigan 
axloqiy 
tarbiyaning 
o‘quvchilarda 
rivojlantirishdagi ma’naviy xatti-harakat, ong, hissiyot va 
munosabatlarning zamini hisoblanadi. 
Maktab maktabgacha davrlarda shakllantiriladigan jamoatchilik 
xususiyatlarini sifat jihatdan yanada rivojlantirish uchun zarur 
sharoitlar yaratadi, o‘quvchi shaxsi jamoatchilikga yo‘na1ganligini 
qaror toptirishni ta’minlaydi. Maktab o‘quvchilarda yuksak insoniy 
hissiyotlar: vatanpar varlik, mehnatsevarlik va milliy istiqlol 
g‘oya1ari, o‘z vatani oldidagi o‘z burchlarini his etish kabi hissiyotlar 
tarkib 
toptiriladi. 
Bularning 
asosini 
maktabgacha 
yillarda 
shakllantirilgan ota- onaga, oilaga muhabbat, kattalarga hurmat, 
tabiatni sevish, uni asrash kabilar tashkil etadi. 
Maktab ta’limida bolalarning estetik tarbiyasiga doir ishlar davom 
ettirilib, o‘quvchi1arda estetik tasavvurlar, voqelikni estetik ko‘ra 
bilish chuqurlashtiriladi. Musiqa, tasviriy san'at darslarida, badiiy 
faoliyat turlarida amaliy ko‘nikma1ar takomillashtiriladi, ijodiy 
qobiliyatlari rivojlanadi. Axloqiy munosabatlar, xulq-atvor etikasi 
tarbiyalanadi. Mehnat ahliga ijobiy munosabatni shakllantirish, 
malaka va ko‘nikmalari shakllantiriladi. Mehnat ta’limidagi izchillik 
amalga oshiriladi, mustaqillik, uyushtira olish, tashkilotchilik kabilar 
rivojlanadi. 
Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab dasturlarining 
izchilligi 
Maktabgacha ta’Iim muassasasi va maktabda amalga oshirila-
digan ta’lim-tarbiyaviy ish mazmunini belgilovchi dastur aloqasi 


235 
izchillik asosini tashkil etadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi va 
boshlang‘ich sinflarning amaldagi dasturlarini qiyoslash ular o‘rtasida 
ma’lum izchil aloqa borligini ko‘rsatadi. Bu quyidagilarda namoyon 
bo‘ladi: 

Maktab va maktabgacha ta’1im muassasasi dasturlariga asos qilib 
olingan falsafiy va psixologik nuqtayi nazarlar birligi. 

Ta’lim-tarbiyajarayonidagi 
prinsiplar 
birligi 
(mazmunning 
tarbiyamaqsadivavazifalarigamuvofiqligi,ilmiyligi, 
ta’1imning 
tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyatlari). 

Fanlar o‘rtasidagi izchillik. 
Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktabda ona tilining 
boshlang‘ich kursini o‘qitishga bolalar nutqini har tomonlama rivoj-
lantirib borish g‘oyasi asos qilib olingan. Maktabgacha ta'1im 
muassasasida 1ug‘atni rivojlantirish, tovush madaniyatini shakl-
lantirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, bog‘lanish1i 
nutqni shakllantirish, ijodiy hikoya qilish, badiiy adabiyot bilan 
tanishtirish, o‘qish va savodga tayyorgarlik, oddiy tahlil va sintez 
qilish ko‘nikmalari rivojlanadi. 
Maktabda bu asosda yangi vazifalar hal etiladi: 
–Yozma nutq va harfiy yozuv malakalari shakllantiriladi. 
–Morfologik va sintaksis elementlar o‘rganiladi. 
Maktabgacha ta’1im muassasalarida boshlangan lug‘at boyligini 
yanada oshirish, nutqning ifodaliligi va mantiqiyligi ustidagi ish 
maktabda davom ettiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida 
elementar matematik bilimlarni rivojlantirishda bolalarning mantiqiy 
tafakkurini va hisoblash malakasini o‘stirish bo‘yicha o‘nlik tartibini 
aniqlash, yigirmagacha bo‘lgan sonlarni to‘g‘ri sanash, misollarni 
raqamlar yozilgan kartochkalar yordamida ifodalab berish, bir amali 
masalalarni qo‘shish va ayirish orqali tuzish va yechish, shartli 
o‘1chov yordamida predmetlarni o‘1chash, yil va hafta kunlari, 
ularning ketma-ketligi, kundalik faoliyatlarini taqsimlash, vaqt, butun 
va qism haqidagi bilimlari maktabda takomillashtiriladi. 
Maktabgacha ta’liın muassasasi va boshlang‘ich sinflardagi 
tabiatshunoslik bilimlari llar ikkala holatda ham organizm va muhit 
birligiga tayanadi. Jonli va jonsiz tabiat hodisalari, tabiat kishilar 
mehnatining bir-birini taqozo etishi shu asosda qaraladi. Maktabgacha 
ta'1im muassasasi va maktabda o‘qitish izchilligi asosini tashkil 
etuvchi yagona nazariy yondashuvlar, dasturlar mazmunida, bolalalar 


236 
imkoniyatlari va bilimlarining tuzilishlarini hisobga olib turlicha hal 
etiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilimlarining asosiy mazmunini 
atrof dunyo haqidagi xilma-xil tasavvurlarning keng doirasi va ayrim 
elementar tushunchalar tashkil etadi. Voqelikning turli sohalari 
haqidagi tasavvurlarning umumiy tizimi bolaga dunyoni to‘g‘ri anglay 
olish va umumiy rivojlanishning zarur darajasini ta’min1aydi, bu esa 
zamonaviy ta’1im mazmunini egallashga katta imkoniyat yaratadi. 
Maktabda o‘quvchilar bilimlarining mazmuni yuqori darajaga 
ko‘tarila borib, voqelikning turli sohalariga oid bilimlarini yanada 
kengaytirish va chuqurlashtirish jarayoni faol sodir bo‘ladi, ayni shu 
vaqtda o‘quvchilar oldiga bilimlarni nazariy nuqtayi nazardan anglash 
masalasi ko‘nda1ang qo‘yi1adi. 
Maktabning 
ta’limiy 
jarayonida 
o‘quvchi1arda 
ilmiy 
tushunchalarni shakllantirish bosh vazifa hisoblanadi. O‘quvchilarning 
dunyo haqidagi bilimlarini tabaqalashtirish l-sinfdan boshlab, fanni 
o‘tishda, fan asoslarini maqsadli o‘rganishda o‘z aksini topadi. 
Bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish, tizimli hamda ilmiy 
tushunchalarni o‘z1ashtirishda o‘qishda qo‘11aniladigan metod va 
shakllarning ahamiyati kattadir. 
O‘qitish metodlardagi izchillikning sharti ularlıi bolalarning 
bilim, malaka va ko‘nikmalarini ongli, mustaqil egallashlari, bolalarni 
maktabda va maktabgacha ta’lim muassasasida ham aqliy qobiliyatlari 
va ijodiy faolliklarini rivojlantîrishga yo‘nalgan1igining birligidir. 
Maktabgacha ta’lim muassasasida qo‘llaniladigan o‘qitish metodi va 
usullari bolalarning keng aqliy hamda ma’naviy-irodaviy 
rivojlanishlariga yordam beradi va shu orqali ularning yangi 
mazmunini egallashga darsda o‘qituvchi bilan ıııurakkabroq o‘zaro 
aloqa shakllariga tayyorgarliklarini ta’min1aydi. Mashg‘ulot1arda 
tarbiyachining bolalarni bilish va amaliy faoliyatlariga rahbarlik 
usullaridagi bu istiqbollilik ikki tomonlama metodlardagi izchillik 
asosini tashkil etadi. Maktabdagi dars va maktabgacha ta’lim 
muassasasidagi mashg‘ulot bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega, 
ammo shu bilan birga uyushtirilgan ta’limning asosiy shakllari sifatida 
ulargagina xos bo‘lgan ichki umumiy xususiyatlar majmuiga egadir. 
Bularga: 
– Mashg‘u1ot va darsning mazmunan dasturlashganligi va vaqt 
jihatdan cheklanganligi. 
– Ta’1imda pedagogning yetakchi roli. 


237 
– Ilmiy asoslangan o‘qitish metodi va usullaridan foydalanish. 
–Ta’lim jarayonida pedagogik, innovatsion va axborot texno-
logiyalarini qo‘llash. 
Bu umumiy xususiyatlar ta’lim shakllaridagi izchillik uchun 
zamin yaratadi. 
Maktabgacha ta’1im muassasasidagi o‘qitish jarayonida bolalarda 
o‘quv faoliyatning dastlabki elementlari tarkib toptiriladi, o‘z xatti-
harakatlarini ixtiyoriy boshqara olish ko‘nikma1ari, maqsadga 
yo‘nalgan aqliyfaoliyattakomillashadi, bu esa bolaning maktab 
ta’limining yangi sharoitlariga faol kirishib ketishi uchun zarur 
bo‘lgan psixologik jihatdan tayyorlaydi. 
Bolalarning maktabda o‘qishga tayyorgarligi Maktabgacha
yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bu-o‘qitish
samaradorligini oshirishdagi muhim jihat hisoblanadi. 
Maktabda o‘qishga tayyorgarlik - bu maktabgacha ta’lim 
muassasasi va oilada bolalarga berilgan ta’lim-tarbiyaning muhim 
natijasidir. U maktab bolaga qo‘yadigan talablar majmuyi orqali
aniqlanadi. Bu talablarning o‘ziga xos tomoni o‘quvchining yangi 
sotsial-psixologik o‘rni, u bajarishi lozim bo‘lgan yangi vazifa va 
burchlarni o‘zida mujassam qiladi. 
Maktabda o‘qishga tayyorgarlik tushunchasi. 
Bola hayotida maktabdagi o‘qitish jarayoni atrofdagilar bilan 
munosabat tizimini o‘zgarishiga aloqador muhim davrdir. Bunda 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘quv faoliyati bola hayotida mar-
kaziy o‘rinni egallaydi. Bunda erkin o‘yin faoliyatini farqli ravishda 
inajburiy faoliyat egallaydi. Endi 1-sinf o‘quvchisidan quyidagi jiddiy 
munosabatlar talab etiladi: 

Ta’lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolalar kundalik hayot 
jarayonini qayta quradilar; 

Kun tartibi o‘zgaradi; 

Erkin o‘yinlar vaqti qisqaradi; 

Bolaning mustaqilligi va uyushganligi, uning ishchanligi, 
intizomliligiga talab ortadi; 

O‘quvchining o‘z xatti-harakati, majburiyatlarini bajarishga 
mas’uliyati ortadi. 
O‘quvchining bu yangi holati uning shaxsini alohida ma’naviy 
jihatdan yo‘nalganligini yaratadi. Unda o‘z Vatani, oilasi va kishilar 
oldidagi burch va majburiyatlarni anglay olish, mamlakat taraq-


238 
qiyotiga o‘z hissasini qo‘shish kabi ijobiy sifatlar rivojlanib boradi. 
O‘quvchi o‘zining jamiyat uchun kerakligini tushuna boradi. 
Maktab o‘quvchidan aqliy faoliyatning murakkabroq shakllarini, 
axloqiy-irodaviy sifatlarning yuksakroq rivojlangan darajasini, o‘z 
xatti-harakatini boshqarish qobiliyatini, katta ishchanlik qobiliyatini 
talab qiladi. 
Maktabgacha ta’Iim muassasasining vazifasi – Davlat talablari 
asosida maktab talablariga muvofiq ravishda maktabda o‘qishga 
tayyorgarlikni tarkib toptirishdan iborat. Bolalarni maktab ta’limiga 
tayyorlash: 
Maktabgacha ta’1im muassasasida ta’1im tarbiyaviy ishni 
umumiy va har tomonlama rivojlantirishning yuqori darajada 
ta’minlanishi; 
Maktabning boshlang‘ich sinflarida o‘zlashtirish1ari lozim 
bo‘lgan o‘quv fanlarini egallashga maxsus tayyorlashni ta’minlashni 
nazarda tutadi. 
Pedagog olimlar va psixologlar (L.A.Venger, A.V.Zaparojes, 
G.M.Lyaminya) va zamonamiz pedagog olimlari (F.R.Qodirova) 
tomonidan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning quyidagi 
jihatlari ta’riflangan: 

Maktab ta’limiga umumiy tayyorgarlik. 

Maktab ta’1imiga psixologik tayyorgarlik. 

Maktab ta’1imiga maxsus tayyorgarlik. 
Maktab ta'1imiga umumiy tayyorgarlikni amalga oshirishda quyidagi 
omillar muhim hisoblanadi: 

Bolaning maktabda o‘qishga axloqiy-ma’naviy tayyor- garligi. 

Bolaning maktabda o‘qishga aqliy tayyorgarligi. 

Maktabgacha yoshdagi bolaning maktabda o‘qishga jismoniy 
tayyorgarligi. 
Maktabda o‘qishga axloqiy-ma’naviy tayyorgarlik tushunchasi - 
bola o‘z xatti-harakat, iroda, hissiyotlar, insonlarga nisbatan muloqot 
qilishda o‘z fikrini ayta bilishi, o‘zini shaxs sifatida anglashi, 
o‘qituvchi va sinfdagilar bilan o‘zaro munosabatlarini axloqiy asosda 
qurishga imkon beradigan darajada erishish tushuniladi. 
Maktabdagi axloqiy-ma’naviy tayyorgarlik mazmuni o‘quvchi 
tutgan o‘rindan kelib chiquvchi bola shaxsi va xulqiga qo‘yiladigan 
talablariga nisbatan aniqlanadi. Bu talablar: 
– Tartibli va intizomli bo‘lish. 


239 
– O‘quv jarayonini mustaqil va mas'uliyatli bajarish. 
– O‘z xatti-harakati va faoliyatini boshqarish. 
– O‘qituvchi va o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlarda madaniy 
xulq qoidalariga rioya qilish. 
–Maktab mulkiga tartibli va ehtiyotkorona munosabatda bo‘1ish. 
Bu talablarni bajarishga tayyorgarlik, avvalambor, oilada, maktab-
gacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan maqsadli, tizimli ta’lim-
tarbiyaviy jarayonda amalga oshirilishi lozim. 
Axloqiy-ma'naviy tayyorgarlik maktabgacha yoshdagi bola 
shaxsiy xulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon bo‘1adi. 
Bunda o‘quvchi bilan ishlashda quyidagilarni hisobga olish zarur: 
– Xulq-atvorni ongli boshqarishga ko‘mak1ashish. 
– Daf’atan asabiylashib ketishga erk bermaslik. 
– Kutilgan maqsadga erishishda qat’iyatni namoyon etishdagi yordam. 
Bo‘lajak o‘quvchi xulq-atvoridagi ixtiyoriylikning rivojlanish 
asosini Maktabgacha ta’lim yoshi oxiriga kelib tarkib topadigan 
sabablar iyerarxiyasi, o‘zaro bo‘ysunuvchilari tashkil etadi. 
Sabablarning o‘zaro bo‘ysunganligi bu yoshdagi bolalarning ushbu 
daqiqadagi o‘z ishtiyoqlarini ma’naviy ahamiyatli maqsadlar yo‘lida 
yengish uchun irodaviy, ongli intilishga aloqadordir. Ma’lumki, 
maktabgacha yoshdagi bolani xulq-atvori ixtiyoriylikning yuqori 
darajasi bilan ajralib turadi, ammo bu davrda maktabdagi yangi xulq-
atvor turiga o‘tishni ta’minlaydigan ixtiyoriy xulq-atvor mexa-
nizmining tarkib topishi muhimdir. Ma’naviy-axloqiy tayyorgar-
likning qaror topishida quyidagi uch jihat: 
– Mustaqillik. 
– Uyushganlik. 
– Intizomlilik muhim ahamiyat kasb etadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolada mustaqillikni tarbiyalash va 
shakllantirish maktabgacha ta'lim muassasalarida amalga oshiriladigan 
barcha ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarda o‘z aksini topadi. Bola 
maktabda o‘z xulq-atvori va boshqa jarayonlarda mustaqil bo‘lishga 
intiladi. Mustaqillik bilan uzviy bog‘1angalı xulq-atvordagi 
uyushganlikva 
intizomlilik 
bola 
xulq-atvoridagi 
maqsadga 
yo‘na1ganlik, ongli ravishda o‘z xatti-harakatini tashkil etish va uni 
nazorat qila olish kabi qobiliyatlar tarkib topadi. Bu esa bolaning 
ma’naviy-axloqiy jihatdan maktab ta’limiga tayyor ekanligni bildiradi. 
Maktabgacha yoshdagi bolaning o‘z tengqurlari va kattalar bilan 


240 
o‘zaro munosabatlarini qoidalarga muvofiq ravishda tashkil etish - 
ma’naviy-axloqiy tayyorgarlikning muhim tarkibiy qismidir. Bunda 
maktabda o‘qish jarayonida o‘z tengqurlariga nisbatan xayrixoh, 
xushmuomalalik, g‘amxo‘rlik bildirish va hurmat bilan munosabatda 
bo‘lish, tashkilotchilik ko‘nikınalari shakllanadi. Shuningdek, 
o‘quvchi bilan o‘qituvchining o‘zaro munosabatida, o‘qituvchining 
bahosi o‘quvchi bilimi va uni o‘quv majburiyatlarini bajarish 
sifatining xolis mezoniga aylanadi. 
Maktabgacha axloqiy-irodaviy tayyorgarlik bola ongi va axloqiy-
hissiy rivojining muayyan darajasi bilan ham ifodalanadi. Bunda 
bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi kattalar va tengdoshlariga 
nisbatan o‘zaro hurmat bilan qarash, kattalar bilan muloqot qilish 
doirasini kengaytirish, taassurotlari bilan o‘z hissiyotlarini o‘rtoqlasha 
olish nizoli vaziyatlardan mustaqil chiqa olish, jamoada o‘zini tuta 
bilish va o‘z xatti-harakatini tanqidiy baholay olish kabi axloqiy 
hissiyotlar va axloqiy o‘z-o‘zini anglash bola tomonidan o‘quvchining 
yangi ijtimoiy-psixologik mavqeyini ko‘tarinki ruh bilan qabul 
qilishni, o‘quv mashg‘ulot1arini bajarishning muhimligini tushunishni 
ta’min1aydi. Bu esa o‘quvchi1arda o‘z vatani oldidagi shaxsiy 
ınas’uliyat hissiyotini uyg‘otishda asos bo‘1adi. Bolaning axloqiy-
irodaviy tayyorgarligi uning mehnatga nisbatan munosabatida ham o‘z 
aksini topadi. Bu mehnat qilish ishtiyoqi, to‘g‘ri va tartibli bajarilgan 
mehnatdan qoniqish hissiyoti, atrofdagilar mehnatiga hurmat va zarur 
mehnat ko‘nikmalarini egallashdir. 
Bo‘lajak o‘quvchi mustaqil tartibli kiyinishi, o‘z narsalari, o‘quv 
anjoınlarini saranjom saqlash, orasta bo‘lib ko‘rinishi kabi mehnat 
ko‘nikmalarini u oilada va maktabgacha ta’lim muassasasida 
egallagan ko‘nikmalariga tayangan holda amalga oshiradi. O‘quvchini 
o‘qitishda u maktabgacha ta'1im muassasasida egallagan birgalikdagi 
mehnat malakalari ishni rejalashtirish, vazifalarni taqsimlash, o‘z 
holatlarini o‘rtoqlari bilan kelishish, ishni oxiriga yetkazish katta o‘rin 
egallaydi. 
Xulosa qilib, bolaning maktabda o‘qishga ma'naviy-axloqiy 
tayyorgarligi uni maktab yillarida axloqiy-irodaviy rivojlantirishning 
muayyan yakuni sifatida namoyon bo‘ladi. U maktab ta’limi nuqtayi 
nazaridan bola shaxsi va xulq-atvorining o‘z mazmuniga ko‘ra 
bolaning maktab sharoitiga moslashish, o‘z majburiyatlarini 
mas’uliyatli bajarish, o‘qituvchi va o‘quvchilarga nisbatan axloqiy 


241 
munosabatini shakllantirish uchun zamin tayyorlaydi. Ma’naviy-
axloqiy tayyorgarlik bolani maktabda o‘qishga aqliy va jismoniy 
tayyorgarligi bilan uzviy aloqadordir. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin