Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


XIII. 3. Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

XIII. 3. Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi 
Maktabning bola shaxsiga quyadigan asosiy talablaridan biri 
psixalogik tayyorgarlikdir. Bolaning psixologik tayyorligi uning 
jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini o‘zgarishi va kichik maktab yosh 
davridagi bolalar o‘quv faoliyatining o‘ziga xosligi bilan uzviy bog‘liq 



248 
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, maktabga psixologik tayyorgarlik
doimiy hisoblanmaydi, balki u doimo o‘zgarib boyib boradi. 
Psixologik tayyorlikning tarkibiy jihatlari: intellektual (aqliy), 
ma’naviy va irodaviy tayyorgarlikdan iboratdir. 
Aksariyat hollarda bolaning aqliy rvojlanganlik darajasi haqida 
gapirilganda uning so‘z boyligi zaxirasi bilan aniqlanadigan aqliy 
bilimlari miqdoriga ko‘proq e’tibor beriladi. Ota-ona, hatto ayrim 
o‘qituvchilar ham bola qanchalik ko‘p bilsa, u shunchalik rivojlangan 
bo‘ladi, deb o‘ylaydilar. Aslida esa unday emas, fan-texnika, 
ommaviy axborot vositalarining keng tarqalganligi tufayli bugungi 
kun bolalari go‘yo ma’lumotlar ummonida suzib yurgandek 
bulmoqdalar. Bu esa ulardagi so‘z boyliklarning keskin o`sishiga asos 
bo`lmokda, lekin bu ularning tafakkuri ham shunday jadallikda 
rivojlanayapti, degan gap emas. 
Maktabda amal qilinayotgan o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish 
boladan narsalarni taqqoslay bilish, tahlil qilish, umumlashtirish, 
mustaqil xulosalar chiqarish kabi bilish jarayonlarining yetarlicha 
rivojlangan bo`lishini taqozo etadi. Shuning uchun ham hozirgi kunda 
maktab amaliyotchi psixologlari tomonidan bolalarni birinchi sinfga 
qabul qilish jarayonida keng foydalanilayotgan psixodiagnostik 
vositalar, testlar, so`rovnomalar, asosan bolada yuqorida keltirib 
o‘tilgan 
xususiyatning 
rivojlanganlik 
darajasini 
aniqlashga 
mo‘ljallangan metodikalardan iboratdir. 
5-7 yosh bolaning maktabga intellektual (aqliy) tayyorligining 
yana muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu ulardagi obrazli tafakkurning 
oliy darajada rivojlanganligidir. Bola atrof-muhitdagi narsa-hodisalar 
o‘rtasidagi eng muhim xususiyatlarni, munosabatlarni farqlay olish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu o‘rinda bolalar chizmali tasvirlarni 
shunchaki tushunibgina qolmay, balki ulardan muvaffakiyatli foyda-
lana oladigan bo‘ladilar. 
Biroq ularning tafakkuri umumlashtirish xislatlariga ega bo‘la 
borsada, predmetlar va ularning (tafakkuri) o‘rnini bosuvchilar bilan 
aniq xatti-harakati obrazliligicha qolaveradi. 
Maktabgacha yosh davridayoq bola kichik maktab yosh davrida 
yetakchi faoliyat turi bo‘ladigan – o‘quv faoliyatiga tayyorlangan 
bo‘lishi lozim. Bunda bolada ma’lum bir tegishli masalalarning 
shakllangan bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bunday malakalarning 
asosiy xususiyatlaridan biri bolaning o‘quv topshirigini ajratib olishi 


249 
va faoliyatni mustaqil maqsadga aylantira olishidir. Bunday jarayonlar 
birinchi sinf o‘quvchilaridan topshiriqda o‘zi belgilagan o‘zgarish, 
yangilik alomatlarini kidirib topa bilish va ulardan hayratlanishni, 
qiziqishni talab qiadi. Bunday topshiriqlar amaliy ishlarga aylantirilsa 
yoki o‘yin tarzida bajarilsa, osonroq kechadi va bola o‘zlashtiradi. 
Yuqorida to‘xtalib o‘tganimiz intellektual tayyorlik bolaning 
maktabda muvofaqqiyatli o‘qib ketishi uchun yagona zamin emas. 
Agar bola zarur malaka va ko‘nikmalar zahirasiga ega bo‘lsa, 
unda intellektual rvojlanganlik darajasi ham yuqori bo‘lsa-yu 
o‘quvchilikning ijtimoiy holatiga shaxsan tayyor bo‘lmasa, maktabda 
o‘qib ketishi qiyin kechadi. Agar o‘qituvchi yoki ota-ona uni o‘qishga 
qiziqtira olmasalar, o‘quv vazifalarini zo‘ma-zo‘raki, sifatsiz, qo‘l 
uchida bajaradilar. Bundaylarda zarur natijalarga erishish qiyin bo‘-
ladi. 
Eng yomoni, bu yoshda maktabga borishni xohlamaydigan 
bolalar ham uchrab turadi. 5-7 yoshli bolaning maktabga borishdan 
bosh tortishi asosan uni tarbiyalashda ota-onalar tomonidan yo‘l 
qo‘yilgan xatoning oqibati hisoblanadi. Ayrim ota-onalarda 
maktabgacha yosh davridagi bolani maktab bilan qo‘ritish hollari ham 
kuzatiladi. 
– Ikkita gapni eplab gapira olmasang, maktabda qanday o‘qiysan? 
– Sanashni bilmaysan-u, maktabga qanday borasan? 
– Maktabga borsang, o‘rtoqlaring bu qilig‘ingdan kulishadi! 
– Hech narsani bilmaysan, maktabga borsang bizni uyaltirasan! 
kabi ta’na-dashnomlar, bolada maktabdan qo‘rqish, undan 
xavfsirashning shakllanishiga asos bo‘lishi mumkin. Shunday qo‘rquv 
bilan maktabga borgan bolalarning maktabga bo‘lgan munosabatini 
o‘zgartirish, ularda o‘ziga nisbatan ishonch uyg‘otish uchun haddan 
ziyod kuch, vaqt, mehnat, sabr-toqat, chidam, e’tibor zarur bo`ladi. Bu 
esa bolada oldindan maktabga nisbatan ijobiy munosabatni 
shakllantirishga qaraganda shubhasiz, murakkab jarayondir. 
Bolani 
birinchi 
sinfda 
o‘qitishda 
yuzaga 
keladigan 
qiyinchiliklarning sababi kattalarning bola bilan bo`ladigan mulo-
qotlari shakli u yoki bu vaziyatga bog‘liq bo‘lmagan holda, shaxsiy 
ahamiyatga ega bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bunday muloqot 
bolaning kattalar e’tiboriga va hamdardligiga bo‘lgan ehtiyojlarni 
kattalar tomonidan qondirilishi bilan harakterlanadi. Muloqotning bu 
shakliga erishgan bolalar uchun kattalarga e’tibor, ular murojatini 


250 
tinglash va tushunishga intilish va kattalar tomonidan ham ularga 
nisbatan shunday e’tibor ko‘rsatilishiga bo‘lgan ishonch xosdir. 
Bunday bolalar kattalarning turli vaziyatlarda (ko‘chada, uyda, 
mehmonda, ishxonada) o‘zlarini qanday tutishlarini farqlay oladilar. 
Kattalarning bunday xulqni anglash evaziga bolalar ham kattalarga, 
o‘qituvchilarga, shu vaziyatga mos ravishda munosabatlarni namoyon 
qiladi. Agar bolada kattalarga nisbatan bunday munosabatlar 
shakllanmagan bo‘lsa, unga mos ravishda kattalarga nisbatan ham 
tegishli munosabat yuzaga kelmaydi, bu esa albatta bola bilan olib 
boriladigan ta’lim jarayonini murakkablashtiradi. 
Ota-onalar har bir bola ruhiy rivojlanishida o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega ekanligi va bu xususiyatlar ularning u yoki bu 
faoliyat turini egallashida namoyon bo‘lishini yodda tutishlari lozim. 
Ba’zi bolalar endigina birinchi so‘zlarni o‘zlashtirganlarida ularning 
tengqurlari allaqachon ma’lum bir iboralar bilan gaplasha oladigan 
bo‘ladilar. 
Ta’lim jarayonida bola imkoniyatlarining namoyon bo‘lishi 
ma’lum darajada nasliy omillar bilan ham bog‘liqdir. Bolalar o‘z tem-
perament xususiyatlariga ko‘ra ham bir-birlaridan ajralib turadilar: 
Xushchaqchaq, sergap, quvnoq, hayotning o‘zgaruvchan 
sharoitlariga tez moslasha oladigan bolalar – sangvinnik tempe-
ramentga mansub bo‘ladilar. 
Ko‘pincha noxush kayfiyatda yuradigan, ta’sirchan, kamgap, sust 
bolalar – melanxolik temperamentga kiradilar. 
Xotirjam, befarq, kamharakat, nutqi sust bolalar flegmatiklardir. 
Jahldor, betoqat, serzarda, harakatchan bolalar xolerik 
hisoblanadilar. 
Bolalar kattalarning yordamiga muhtoj bo‘lishiga qarab ham bir-
birlaridan farq qiadilar. Ba’zi bolalar biror xatti-harakatni bajarishni 
bir necha marta ko‘rsatish, tushuntirish, ketidan ergashtirish kerak. 
Boshqa bolalarga esa bajariladigan ish bir marotaba ko‘rsatilsa yetarli 
bo‘ladi. Shunday bolalar ham borki, ular berilgan vazifani mustaqil 
bajaradilar. Bolalar o‘zlarini qiziquvchanlik, aqliy faolliklariga qarab 
ham bir-birlaridan ajralib turadilar. Ba’zi bolalar ko‘p savol beradilar 
va harakatchan bo‘ladilar, ba’zi bolalarni esa hech narsa 
qiziqtirmaydi. Ota-onalar bolalaridagi o‘ziga xosliklarni qanchalik 
chuqur bilsalar, ularga o‘rgatishni muvaffaqiyatli tashkil qila oladilar. 


251 
Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi keng va 
mukammal bo‘lib rivojlangan bo ‘lishi darkor. Bolalarga qanchalik 
yaxshi bilim bersak, uylaymanki ular kelajakda Vatanga sadoqat 
ruhida, yetuk inson bo‘lib yetishadilar. Demak, tarbiyachi bola 
shaxsida axloqiy his-tuyg‘ularni tarbiyalash uchun hamma vosita va 
metodlarni qo‘llasa, yaxshi xulq namunalarini o‘rgatish ancha oson 
kechadi. 
Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlih psixologik tayyorgarlik 
tushunchasi maktab ta’limi nuqtayi nazaridan 1-sinfga qadam 
qo‘yayotgan 
bola 
psixik 
rivojlanishidagi 
muhim 
sifat 
ko‘rsatkichlarining majmuasi bo‘lib hisoblanadi. Bu tayyorgarlik 
bolaning o‘qishga intilishi, o‘quvchi bo‘1ish ishtiyoqida bilish 
faoliyati va tafakkur operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi, 
bolaning o‘quv faoliyati elementlarini egallash, iroda va ijtimoiy 
rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo‘luvchi asoslangan 
tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi. Bolaning maktab ta’limiga psixologik 
tayyorgarligining barcha komponentlari bolani sinf jamoasiga olib 
kirish, o‘quv materiallarini ongli- faol egallash, maktabga oid 
majburiyatlarni bajarishni qamrab oladi. 
Maktabgacha ta’1im muassasasida bolalarni yangi psixologik 
mavqelarini yaratishdan iborat bo‘lib, uning xususiyati guruhdagi 
barcha bolalar uchun ahamiyatli bo‘lgan kelajakda maktabga kirish 
istiqbolidir. 
Bu 
istiqbol 
bolalar 
kechinmalari, 
qiziqishlari, 
intilishlarining 
birligini 
yaratib, 
tarbiyachilar 
undan 
bolalar 
jamoasining umumiy maqsad — maktabga puxta tayyorlanish asosida 
jipslashtirish maqsadida foydalanadilar. 
Tayyorlov guruhiga o‘tish bolalarda yangi holat kattaliklarini 
anglashlariga asoslangan “yetuklik” hissiyotini yaratadi. Tarbiyachi 
ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolalarning katta ekanliklaridan faxr-
lanish, o‘quvchi bo‘lishga intilish, xatti-harakatlarini ongli ravishda 
boshqarish va javobgarlik hissini tarkib toptiradi. 
“Ilk qadam” dasturida belgilab qo‘yilgan ijtimoiy-hissiy 
rivojlanish talablarini bajarish, bolalarning kattalar va tengdoshlari 
bilan muloqat qilish doirasini kengaytirish, o‘z fikrini mustaqil ayta 
bilish qobiliyati, o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlasha olish, hissiy 
kechinmalarni so‘z bilan ifodalashi, jamoada o‘zini tuta bilishi, o‘zini 
shaxs sifatida anglashi, o‘zini hurmat qilishi, qadr-qimmatini bilishi, 
“men” konsepsiyasi, kattalar yordamida kamchiliklarini bartaraf etish 


252 
kabilar psixologik tayyorgarlik asosini tashkil etadi. Bu yoshdagi 
bolalarda o‘zidan kichiklarga g‘amxo‘rlik hissi jadallik bilan 
rivojlanadi. Ular uchun sovg‘a1ar tayyorlash, “konsertlar” uyushtirish, 
birgalikdagi o‘yin faoliyatlari bo‘lajak o‘quvchi tıchun katta 
ahamiyatga ega. Bu ishlar bo‘lajak o‘quvchining ma’naviy tajriba-
larini boyitadi, shaxsning insoniy xislatlari – xayrixohlik, saxiylik, 
yaxshilik, rahmdillik sifatlarini tarkib toptiradi. Tayyorlov guruhi 
bolalar mavqeyidagi o‘ziga xos xususiyat ularning ijtimoiy zonasini 
kengaytirishdir. 
Shunday 
qilibmaktabgacha 
yoshdagi 
bolalar 
psixologik nıavqeyida bo‘lajak o‘quvchilarda ma’naviy sifatlarni 
shakllantirishning katta imkoniyatlari mavjuddil. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin