253
– Mehnat majburiyatlarini (o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, navbatchilik, ish
o‘rnini tartibli saqlash) yaxshi bajarish.
– Bajarilgan ish sifat va natijasi.
– Vazifalarni o‘zaro adolatli taqsimlay olishlar.
– Do‘stona ishlay olishlari.
Mehnat jarayonida madaniy xulq-atvor qoidalariga
rioya qilishlari
orqali tarbiyachi bolalarda mustaqillikni, tirishqoqlikni, uyushganlik va
javobgarlikni his qilish mas’u1iyatini shakllantirishda foydalanadi.
Bolalarning
jamoa
mehnatlari
mazmunlari
va
uyushtirilishi
murakkablashib,
bolalar
guruhlariga
birikib
ishlashadi,
bunda
hamkorlikdagi mehnat amalga oshiriladi.
Bolalarning jamoa mehnati
faoliyati asoslarini muvaffaqiyatli egallashlari, mehnatda mustaqillik va
uyushganlikni shakllanganligining ko‘rsatkichi bolalarning mehnat
maqsadini tarbiyachi bilan birgalikda rejalashtirishlari
va uning natijasini
tasavvur qilishlari, zarur materiallarni ajrata olish, vazifalarni mustaqil
taqsimlash va mehnat natijasini to‘g‘ri baholay olishlari lozim.
Mehnat
burchagida bolalarga tushunarli bo‘lgan mehnat turlari bilan mustaqil
shug‘ullanish uchun barcha zarur narsalar bo‘lishi kerak. Bolalarga uskuna,
o‘yinchoq, qo‘llanmalarni guruh xonasida tartibli saqlash uchun mas’uliyat
hissi shakllantiriladi, bu maqsadda har haftada guruh xonasini jamoa bo‘lib
yig‘ishtirishda qatnashadilar. Bunda bolalarning badiiy-estetik didlari ham
rivojlantiriladi. Guruhda estetik muhitni yaratishda ishtirok etishlari
ta’min1anadi, kattalar mehnati haqidagi tasavvurlari kengaytiriladi, kishilar
mehnatiga
hurmat hissini tarbiyalash, ishlab chiqarish korxonalari
qurilishlari umumlashtiriladi. Madaniy-maishiy xizmat xodimlarining
mehnatlari to‘g‘risida tushuncha hosil qilinadi. Shunday qilib,
maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etiladigan
jarayonlarning butun
tizimi maktabgacha yoshdagi bola ongi, xulq-atvori va shaxsini qayta
qurishga, bolalarda mehnat ta’limining yangi sharoitlariga faol har
tomonlama tayyorgarlikni shakllantirishga xizmat qiladi.
Bolaning maktab ta’limiga maxsus tayyorgarligi mehnatda o‘qishga
umumiy, psixologik tayyorgarligiga qo‘shimchadir.
U bolalarda
matematika, ona tili kabi o‘quv fanlarini o‘rganishi uchun zarur bo‘lgan
maxsus bilim, ko‘nikma va malakalarning mavjudligiga ko‘ra aniqlanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarda eng oddiy matematik
tasavvurlarni tarkib toptirish, nutqni o‘stirish, o‘qish va savodni egallashga
tayyorlanish yuzasidan o‘tkaziladigan jadal ish bolalarni maktabda
o‘qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini ta’minlaydi.