Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


XII. 2. Maktabgacha ta’lim tizimida o‘yinlar texnologiyasi



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

XII. 2. Maktabgacha ta’lim tizimida o‘yinlar texnologiyasi 
O‘yin texnologiyasining nazariy asoslari. Bugungi kunda ta'lim 
tizimida, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimida ham yan gi 
pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan keng foydalanilmoqda. 
Bu texnologiyalarning mazmun-mohiyatini, asosiy tamoyillarini, 
qonuniyatlarini, ulardan samarali foydalanish yo‘I1arini amaliyotchi-


228 
tarbiyachi va o‘qituvchilarga yetkazib berish pedagogika fani oldida 
turgan dolzarb muammolardan biridir. 
«Texnologiya» yunoncha so‘z bo‘lib, «techne» - «mahorat», 
«san’at» va «logos» – «tushuncha», «o‘rganish» demakdir. 
Texnologiya so‘zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish usullari va 
vositalari haqidagi bilimlar yig‘indisi, shuningdek, obyektda sodir 
bo‘1adigan sifat o‘zgarishlari tushuniladi. 
Ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta’lim maqsadiga erishish 
quroli, ya’ni oldindan loyihalashtirilgan ta'1im jarayonini yaxlit tizim 
asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga 
erishishning metod, usul va vositalari özimini, ta'lim jarayonini 
boshqarishni ifodalaydi, 
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bola 
shaxsini rivojlantirish orqali ta'1im maqsadiga erishishni ta’min-
lashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quyidagilardir: 
kafolatlangan yakuniy natija, ta'limning samaradorligi, qaytuvchan 
aloqaning mavjudligi, ta'1im maqsadining aniq shakllanganligi. 
O‘yin texnologiyasi ham o‘yin metodidan o‘zining aniq maqsadi, 
amalga oshirish kerak bo‘1gan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi 
va o‘zaro bog‘liq1igi, oldindan belgilangan natijalarga erishish 
kafolati bilan farq qiladi. 
L.S. Vigodskiy o‘yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy 
buyurtmalarni o‘z1ashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi. 
Har qanday o‘yin muayyan vazifalarni bajaradi: 
– maftunkorlik; 
–kommunikativlik; 
–o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish; 
–tashxis; 
–o‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi muloqot; 
–ijtimoiylashuvlik. 
S.A. Shmakovning ta’kidlashicha, o‘yinlar quyidagi to‘rt asosiy 
xususiyatga ega: 

erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni bola o‘yinni o‘zi tanlaydi, 
unda faol ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda, yakuniy natija 
emas, balki o‘yin jarayoni muhim ahamiyatga ega; 

ijodiy xarakter, ya’ni o‘yin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga 
katta imkoniyatlar mavjud; 


229 

emotsional ta’sir – bola o‘yinda markaziy o‘rin egallashni 
xohlaydi, g‘olib bo‘lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshirishga 
yordam beradi; 

asosiy va qo‘slıimcha qoidalar o‘yin mazmuni, uning mantiqiy 
ketma-ketligini belgilaydi. 
O‘yin strukturasiga maqsad, rejalashtirish, maqsadga erishish, 
natijalarni tahlil qilish kabi komponentlar kiradi. O‘yinning eng asosiy 
xususiyati uning ijodiyligidadir. U o‘zaro kurash, musobaqalashish, 
raqobat shaklida namoyon bo‘1adi. 
Nazariy jihatdan o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi 
sifatida qarash mumkin. O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab 
olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni 
qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘la 
amalga oshiradi. 
O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musoba-
qalashish shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z 
imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib 
chiqadi. 
Jarayon sifatida o‘yin tuzilmasi (G.K, Selevko ta’biricha) quyi-
dagilarni qamrab oladi: 

o‘ynash uchun olingan rollar; 

bu rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin harakatlari; 

haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish; 

o‘yinda ishtirok etuvchilarning real o‘zaro munosabatlari; 

o‘yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun). 
Har qanday texnologiyada, jumladan, o‘yin texnologiyalarida 
ham, o‘quv maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologiyaning 
asosiy negizidir. Maqsad to‘g‘ri qo‘yilishi uchun tarbiyachi bolaga 
nimani o‘rgatmoqchi bo‘lganligini bilishi kerak. Bitta mashg‘ulotda 
bitta maqsad qo‘yilishi maqsadga muvofiq. Masalan, bolalarni 3 
raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berish va 
h.k. 
O‘yin texnologiyalari (ayniqsa, bog‘cha bolalari uchun) 
rivojlantiruvchi maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, 
tafakkurini rivojlantirish) amalga oshirishi ham mumkin. Bunda o‘yin 
jarayonida yakuniy natija muhimroq bo‘ladi. 
4. Maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik o‘yinlarning shakllari 
va amalga oshirish metodlari. 


230 
Pedagogik ijrochilik o‘yinlarini bola uch yoshdan boshlab 
o‘zlashtira boshlaydi. Shu yoshga kelib bola odamlar o‘rtasidagi 
munosabatlar bilan tanisha boshlaydi, hodisalarning ichki va tashqi 
tomonlarini ajrata boshlaydi, o‘zida ichki kechinmalarni seza 
boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi. 
Maktabgacha yoshda bolalar o‘yin faoliyatini o‘zlashtira borib 
ijtimoiy qadrli va ijtimoiy baholanuvchi faoliyatga tayyorlana 
boshlaydilar. Maktabgacha ta’1im tizimida qo‘llaniladigan pedagogik 
o‘yinlarning quyidagi turlari mavjud: 

Bolalar kayfiyatini ko‘taruvchi 

Bolalarni o‘zligini namoyon etishga chorlovchi. 

Bolalarda o‘ziga ishonch hissini shakllantiruvchi, jismoniy va 
intellektual muammolarni yo‘qotishga qaratilgan. 

Maktabgacha 
bolalar 
xatti-harakatidagi 
cheklanishlarni 
tavsiflovchi (diagnostika). 

Bolalar shaxsi strukturasiga ijobiy korreksiyalar beruvchi. 

Millatlararo bag‘rikeng1ikni shakllantiruvchi. 

Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllanti ruvchi 
o‘yinlar. 

Pedagogik o‘yinlarni quyidagicha tasniflash mumkin. Faoliyat 
turlariga qarab: ijtimoiy intellektual, mehnat, ijtimoiy va 
psixologik o‘yinlar. 

Pedagogik jarayonlarning xarakteriga qarab: ta’1im-tarbiyaviy, 
rivojlantiruvchi, ijodiy, psixotexnik o‘yinlar. 

O‘yinlar metodlariga qarab: predmetli, sujetli, badiiy rolli, 
hodisalarni tasavvur etuvchi va dramalashtiruvchi o‘yin1ar. 

Predmetlar asosidagi o‘yinlar: matematik, biologik, ekologık, 
musiqali, texnikaviy, jismoniy tarbiyalovchi, iqtisodiy tejamkorlik 
va ishbilarmonlik, tadbirkorlikni rivojlantiruvchi o‘yinlar. 
O‘yin vositalari bo‘yicha: o‘yin vositalari (koptok, piramida, kub 
va boshq.) bilan amalga oshiriladigan o‘yin1ar va o‘yin vositalarisiz 
amalga oshiriladigan o‘yinlar xontaxta ustida, xonada va dalada 
o‘yna1adigan o‘yin1ar, kompyuter va televizor o‘yin1ari kabi texnik 
vositalar. 
Maktabgacha ta’1imda yoshi kattalarning to‘plagan tajribasini 
kichik yoshdagilarga singdirish jarayonida o‘yinlar ta’lim ınetodi 
sifatida namoyon bo‘ladi. O‘yin metodlariga qarab maktabgacha 


231 
ta’lim vazifalaridan kelib chiqib, predmetli, sujetli- ishchan, 
dramalashtirilgan o‘yinlardan keng foydalaniladi. 
Maktabgacha ta’1imda rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlarni 
o‘quv tarbiya jarayonida qo‘1lash quyidagi o‘ziga xos xarakterga ega 
bo‘ladi. Birinchidan, rivojlantiruvchi pedagogik o‘yin1ar maxsus 
topshiriqlar majmuasidan iborat bo‘1adi. Ikkinchidan, o‘yin 
faoliyatidagi topshiriqlar rangli kublar, ornament, rasm va jimjimador 
predmetlar vositasida amalga oshiriladi. Uchinchidan, topshiriqlar 
mustaqil bajarilishini ta'min1ash maqsadida ularni osondan qiyinga 
tomon, aniq vaqt oralig‘ida sifatli bajarilishini ta’minlash darkor. 
Maktabgacha ta’1im muassasalarida interfaol o‘yinlardan foydalanish 
ijobiy natijalarga olib keladi. Bu o‘yinlar jarayonida bola passiv 
obyektdan faol subyektga aylanadi. Tarbiyachining asosiy vazifasi esa 
o‘yinni tashkil etish, bolalar ijodiga sharoit yaratishdan iborat. 
Interfaol o‘yin1ar jarayonida bola mustaqil fikrini to‘g‘ri bayon 
etishga, boshqalarni tinglashga o‘rganadi, boshqacha qilib aytganda 
interfaol o‘yinlar orqali kelajakda har bir bola uchun zamin bo‘lgan 
ijobiy sifatlar shakllantiriladi. Interfaol o‘yinlarni samarali o‘tkazish 
uchun quyidagi qoidalarga e’tibor berish lozim: 

Mashg‘ulot oldidan bolalar o‘yin qoidalari va mazmunini qay 
darajada tushunganliklarini aniqlash. 

Bolalarning 
yosh 
xususiyatlari 
va 
bir-birlariga 
bo‘1gan 
munosabatlarini hisobga olish. 

Har bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini e’tiborga 
ohsh. 

O‘yin jarayonida bolalarga qiziq bo‘lgan materiallardan foyda-
lanish. 

Diqqat va e’tiborni jalb etadigan uslublarni izlab topish. 

Bolalarga rollarni to‘g‘ri taqsimlash. 

O‘yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bilish. 

O‘yinning asosiy bosqichlari haqida tasavvurga ega bo‘lish va 
natijalarini prognoz qilish. 


232 
Pedagogik nuqtayi nazardan to‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin bolaning 
axloqiy, irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga unda bilim 
olishga, atrofdagi olam sirlarini ochishga qiziqish uyg‘otadi. Shuning 
uchun maktabgacha ta'1im muassasalarida o‘yin texnologiyalaridan 
keng foydalanish kerak. 
O‘yinlar texnologiyasi tushunchasi pedagogik texnologiyaning 
tarkibiy qismidir. O‘yin texnologiyasi an’anaviy tarzdagi o‘yin 
metodidan o‘zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo‘lgan 
jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o‘zaro bog‘1iqligi, oldindan 
belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi. 
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, yuqoridagi nazariy 
asoslardan foydalanish maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayoni samara-
dorligini oshirishga xizmat qiladi. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin