Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

XI 6. Qurilish o‘yinlari 
Qurilish o‘yin1ari ham ijodiy o‘yinlar sirasiga kiradi. Ularda 
bolalar atrof-muhitdagi buyumli dunyo haqidagi taassurotlarini aks 
ettiradilar, mustaqil tarzda turli narsalar yasaydilar, bunyod etadilar. 
Qurish-yasash o‘yin1arida bir xi1 buyumlarning boshqalari bilan 
almashinishi yuz beradi. Kichik va o‘rta guruh yoshidagi bolalarda 
qurilish o‘yinlari rolli o‘yin1ar bilan bog‘lanib ketadi. Qurilish 
o‘yinlari samarali faoliyat hisoblanib, bolalarda bunyod etilgan 
inshootni mavjud 
buyum va narsalar, inshootning qurilishiga asos 


205 
bo‘lib xizmat qilgan tasavvur bilan qiyoslash, taqqoslash ko‘nik-
ma1arini shakllantirishga imkon beradi. U bolalarda kuzatuvchanlikni 
rivojlantirishga yordam beradi. Qurilish materiallari turli xildagi 
geometrik shakllardan iborat. Bolalar har bir shaklning o‘ziga xos 
xususiyatlarini yaxshi bilib olishlari lozim, aks holda hech qanday 
qurilishni amalga oshirib bo‘1maydi. 
Bolalar qurgan narsalar amaliy jihatdan yaroqli bo‘lishi va 
ulardan o‘yinda foydalanish uchun konstruktorlik malakasiga ega 
bo‘1ish kerak. Bundan bolalarga qurishning asosiy usullarini o‘rgatish 
zarurligi kelib chiqadi. Qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan 
o‘yinlarda bolalarning texnikaga qiziqishi ortadi, kuzatuvchanligi 
rivojlanadi, ular geometrik jismlarning eng oddiy xususiyatlari bilan 
tanishadilar. 
Qurilish o‘yinlari bolalarning mehnat faoliyatiga yaqin bo‘1ib, 
ularni mehnatga tayyorlaydi. Qurilish materiallari bilan o‘yna1adigan 
o‘yinlar 
bolalar 
tafakkurini 
rivojlantiradi: 
kuzatilayotgan 
inshootlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish, tahlil va 
sintez qilishga, solishtirishga, o‘xshash va farq qiladigan tomonlarini 
aniqlashga majbur etadi, vazifalarni to‘g‘ri hal qilishga o‘rgatadi. 
Qurilish 
materiallari 
bilan 
o‘ynaladigan o‘yinIar geometrik 
jismlarning xususiyatlarini, ular bilan ishlashni, fazoviy nisbatlarni 
(uzoq-yaqin, baland-past, o‘ng-chap, uzun-qisqa, keng-tor) amalda 
olib borishga yordam beradi. Bunday o‘yin orqali bolalarni 
maktabdagi politexnika ta'limiga tayyorlash vazifasi ham amalga 
oshiriladi. 
Bolalar qurish-yasash jarayonida bir jamoaga birlashadilar, 
natijada ularning nutqlari rivojlanadi. Qurilish materiallari bilan 
o‘ynash bolalarning ma’naviy dunyosiga ham ta’sir etadi: bolalar 
bilan biron inshootni kuzata turib, davlatimizning xalq farovonligi 
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotganligini tushuntiradi. Qurilish 
materiallari bilan o‘ynash bolalarda mehnatsevarlik, mustaqillik, 
tashabbuskorlik, ishga javobgarlikni his etgan holda munosabatda 
bo‘lishi hamda irodaviy sifatlarni tarbiyalaydi. O‘yinning qizig‘i 
shundaki, u bolalarga zo‘r zavq-shavq bag‘ishlaydi. 
Bolalarni ba'zi bir qurilish inshootlari bilan tanishtirish orqali 
estetik tarbiya vazifalari ham amalga oshiriladi. Bolalarda estetik 
hissiyotni tarbiyalash uchun faqat bitgan qurilish inshootini kuzatish 
yetarli emas, balki qurilishning borishi, ishning tashkil etilishini 


206 
kuzatish, bunda bolalarning o‘zlarini qatnashtirish muhim ahamiyatga 
ega. 
O‘yin uchun sharoit yaratish. Qurilish materiallari bilan o‘ynashni 
rivojlantirish uchun unga muvofiq shart-sharoit yaratish zarur. 
Qurilish materiallari butun guruh bolalarining bir vaqtda o‘ynashi 
uchun yetarli bo‘1ishi kerak. 
Guruh xonasida qurilish materiallarini saqlaydilar, uni quradigan 
va bir necha kungacha saqlab qolishning iloji bo‘lgan joy bo‘lishi 
kerak. 
Qurilish materiallari uchun har bir detalga alohida xonachalari 
bo‘lgan g‘i1dirakli shkaf bo‘lgani yaxshi. Uni bolalar xohlagan 
tomonlariga surib olib boradilar. Shkaf ichini tartibli saqlash zarur. 
Qurilish 
materiallari 
saqlanadigan 
burchakda 
mayda 
o‘yinchoq1ar, o‘yinchoq1i odamlar, qushchalar, hayvonlar, transport 
bo‘1ishi mumkin. 
Bolalar ning o‘zlari o‘yinchoq yasashlari uchun har doim kerakli 
material bo‘lishi zarur. 
Ona o‘lkamizni, uning poytaxti Toshkentni, transportning har xi1 
turlarini tasvirlovchi albomlar, fotosuratlar bo‘lishi kerak. 
Qurilish materiallaridan barpo etilgan inshootlar namu- nalari 
tasvirlangan albom. Qurilish jarayonini, binolarning bezatilishini 
bolalar bilan kuzatish kerak. 
Qurilish usullarini o‘rgatish lozim. 
Qurilish materiallaridan ishlangan buyumlarni bir necha kungacha 
hatto undan ko‘proq muddat saqlash kerak. 
Qurish-yasashga o‘rgatishning asosiy usullari. Bolalarni qurish-
yasashga o‘rgatish uchun tarbiyachi turli xil usullarni qo‘1laydi: 
Tarbiyachi har bir harakatni tushuntirgan holda qurib ko‘rsatadi. 
Tarbiyachi biron narsani o‘zi qurib ko‘rsatadi va bunga kirgan har 
bir qismni tahlil qilib beradi. 
Tayyor qurilish namuna sifatida ko‘rsati1adi. 
Qurish-yasashning ayrim qismlarini ko‘rsatadi (tomini yasashni, 
qanday yopish kerakligini, biror detalni qaysinisi bilan almashtirish 
mumkinligini tushuntiradi). 
Tarbiyachi ataylab chala qiirib qo‘yi1gan qurilishni bolalarga 
qurib bitkazishni taklif qiladi. 
Nima uchun qurish lozimligini, tining mavztisini aytadi. 
Har kim xohlagan mavzuda qurishni taklif qiladi. 


207 
Tayyor qurilishni: u qanday qismlardan iborat ekanligini, nimalar, 
qanday detallar ishlatilganini tahlil qilib beradi. 
Qurish-yasash usullari bolalarga mashg‘ulotlarda o‘rgatilad. 
Bolalarning qurish materiallari bilan o‘ynaydigan o‘yin1ariga 
rahbarlik usullari ularning yoshiga bog‘liq. Kichik guruhda bolalar 
uncha murakkab bo‘lmagan qurilishlarni bajaradilar. Ular uchun stol 
ustiga qo‘yib o‘ynaladigan mayda qurilish materiallari zarur. Bitta stol 
atrofida birdaniga 6-8 bola ishlashi mumkin. Stol ustini qurilish 
materiallari egallab olmasliklari uchun stolningu boshi bilan bu 
boshiga pastgina skameyka yoki taburetka qo‘yiladi. Bolalar 
o‘z1arining qurilish materiallarini yashigi bilan qo‘yib qo‘yadi1ar. Bu 
birinchidan, stol ustida bolalarning bemalol ishlashlari uchun yaxshi, 
ikkinchidan, bolalarga yashiklardan kerakli qurilish materiallarini 
olish qulay. Bog‘cha maydonchasida o‘ynash uchun kub, gula, 
silindrga o‘xshash alohida qurilish materiallaridan foydalanish zarur. 
Xuddi shunday materiallar guruh xonasida ham bo‘lishi kerak. 
Yilning ikkinchi yarmida bu materiallarni mashinalar qurish uchun 
kvadrat, to‘g‘ri burchak, har xil o‘rtasi teshik dumaloq shakldagi faner 
parchalari bilan to‘1dirish lozim. Bolalarning qurilish materiallari 
bilan o‘ynashlari uchun tik turdagi daraxtlar, hayvonlar, mashinalar, 
qo‘g‘irchoqlar ham kerak bo‘1adi. Tarbiyachi bu materiallardan nima 
qurish mumkinligini bolalarga ko‘rsatadi: qo‘g‘irchoqqa stol, stul, 
karovat yasash, ular uchun bog‘ va bog‘ning ichiga o‘rindiqlar 
qo‘yish, mashinaga garaj yasash va hokazo. 
Bolalarni qurilish materiallari bilan o‘ynashga qiziqtirish uchun 
tarbiyachi ular bilan birgalikda o‘ynaydi va bu materiallardan hamma 
bolalar foydalanishlarini kuzatib turadi. Yirik qurilish materiallari 
bilan guruh xonasidagi gilam ustida, yozda esa bog‘cha hovlisida 
qurish mumkin. MTM maydonchasida yozda qum va suv bilan, qishda 
qor bilan o‘ynash katta o‘rin egallaydi. 
Qum bilan o‘ynash. Qum bolalarning yozda o‘ynashlari uchun 
yaxshi material. Har bir guruh uchun ikkitadan qum yashigi bo‘lishi 
maqsadga muvofiqdir. Shunda hamma bolalar o‘ynash imkoniyatiga 
ega bo‘ladilar. Qumda o‘ynash uchun turli xil o‘yinchoqlar kerak 
bo‘ladi: qumdan har xil shakl yasaydigan mayda tunuka mashinalar
rezina yoki sellyuloiddan yasalgan odamchalar, hayvonlar shakli, 
plastilindanyasalganqo‘g‘irchoq mebeli, qurish-yasash materiallari, 
uni bezaydigan narsalar: har xil faner taxtachalar (8\8, 10\10, 5\10, 


208 
4\10 sm) va yog‘och kaltakclıalar (10, 15, 20 sm) hammasi har xil 
rangdagi moyli bo‘yoqqa bo‘ya1gan bo‘lishi kerak. Shu materiallarni 
bolalar qumga o‘rnatib yo‘llar, hayvonlar uchun saroy va devorlar 
qurishadi. Qurgan narsalarini bezash uchun kichkina bayroqchalar 
kerak bo‘ladi. Qumni tovlash uchun bolalarga kichkina yog‘och 
kurakcha beriladi. 
Bahorda va kuzda (yer namligida) bolalarning qum o‘yinlari 
maxsus qirg‘og‘i ko‘tarilgan stollarda tashkil etiladi. Qum bilan 
o‘ynashda gigiyenik qoidaga rioya qilish kerak. Qum har doim toza va 
nam bo‘lishi, bolalar jazirama quyosh tagida o‘ynamaslik1ari lozim. 
Kichik bolalar qum bilan o‘ynaganda oldiga ma’lum maqsad 
qo‘ymaydi. Tarbiyachi bolalarni qiziqtirish uchun o‘zi «quradi» va 
bolalarga qurishni taklif qiladi. Masalan qumni to‘plab atrofni 
tekislashadi, bir yonini teshib eshik ochishadi. Keyin bu uychani har 
xi1 rangdagi mayda bayroqchalar bilan bezashadi, keyin shu uy oldiga 
devorlar, bog‘1ar qurishadi, uyga qo‘g‘irchoq1ar ko‘chib keladi. 
O‘yinni o‘zgartirish uchun o‘yinchoqlarni vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib 
turish kerak: mashinalar uchun garaj, hayvonlar uchun hayvonot bog‘i 
va boshqalar. Tarbiyachi o‘yinga kichik bolalarning hammasini jalb 
etishi kerak. 
O‘rta guruhda qum kichik guruhga nisbatan ko‘p to‘ki1adi. 
Yashik oldiga buferda ham o‘yinchoq1ar uchun javoncha bo‘1adi. Bu 
yoshdagi bolalar o‘yinning mazmuni murakkablashib borishi uchun 
tarbiyachi yordam beradi: qumdan nimalar qurish mumkinligini 
ko‘rsatib, bolalarga ko‘mak1ashadi, ularning o‘yinlarida qatnashadi. 
Katta guruh bolalari qumdan katta inshootlar quradilar. Shuning 
uchun bu guruh bolalarining qumi yashikda emas, balki bog‘cha 
maydonchasining biron joyiga ancha ko‘p miqdorda to‘ki1adi. Bu 
bolalar uchun qumdan tashqari loy ham bo‘lishi keyak. O‘yinga 
qo‘shimcha materiallar tabiat materiallari, ip, yog‘och, faner va 
boshqalar ham zarur. O‘ynab bo‘1gandan keyin bularning hammasini 
maxsus ajratilgan joyga olib borib qo‘yish kerak. Bolalar shahar 
ko‘chalarini, xo‘jalik dalasi, hayvonot bog‘i, baland binolarni 
quradilar. Buning uchun qumdan, loydan va tabiat materiallaridan 
foydalanadilar. Tarbiyachi bu materiallardan qanday qurishni 
ko‘rsatib beradi. 
Suv bilan o‘ynash. Bolalar suvni juda yaxshi ko‘rishadi. Ularning 
suv bilan o‘ynashlari uchun bog‘cha hovlisida maxsus suv havzasi 


209 
tashkil qilinadi, guruh xonasida esa oyoqli qurilma ustiga vanna 
o‘rnatiladi. Suv bilan o‘ynash uchun sellyuloiddan, rezinadan 
yasalgan o‘yinchoq1ar: baliqchalar, o‘rdakcha, g‘ozcha, vannasi bor 
qo‘g‘irchoqcha, qayiqchalar (yasalgan va sotib olingan), suvda suzib 
yuradigan narsalar kerak. Kichik bolalarning suv bilan o‘ynaydigan 
o‘yinchoqlari oddiy bo‘lib, unda o‘yinchoq1arning suzishini tomosha 
qiladilar. Bolalar suv bilan o‘ynab kichkina-kichkina syujetni aks 
ettiradilar: baliq va o‘rdakcha1arni ovqatlantirib, qo‘g‘irchoqni 
vannada cho‘miltirishadi, qayiqda yo‘lovchilarni uchirishadi. 
O‘rta va katta guruh bolalarining suv bilan o‘yini ancha 
murakkablashadi. Ular daryoda paraxodlarni yurgizishadi, paraxod 
to‘xtaydigan bandargohlar qurishadi. Suzadigan o‘yinchoqlarni 
harakatga keltirishadi. Suv bilan o‘ynash natijasida bolalar suvning 
xususiyatini, nimalar cho‘kib, nimalar suzishini bilib olishadi. Suv 
bilan o‘ynash juda foydali, shuning uchun bolalarning guruh-guruh 
bo‘lib suv bilan o‘ynashlari uchun imkoniyat yaratib berish kerak. 
Qor o‘yinlari. Qishda bog‘cha maydonchasida qor bilan o‘ynash 
bolalar uchun eng qiziqarli faoliyat turi hisoblanadi. Har bir bolada 
yog‘och belkurakcha va qorni tashish uchun yashikcha bilan chana 
bo‘lishi kerak. Kichkina bolalar kattalar yig‘ib qo‘ygan qor uyurnini 
yog‘och belkurakchalari bilan kovlashadi. Qorni tepaga sochib, uning 
to‘kilishini kuzatishadi, yashiklarga qor solib, boshqa joyga tashishadi 
va hokazo. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin